Qo’lyozma huquqida udk № Ism familya yoziladi An’anaviy xonandalik qo’shiqlarini inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish


An’anaviy xonandalik san’atida janr x


Download 167.21 Kb.
bet7/22
Sana15.06.2023
Hajmi167.21 Kb.
#1478053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
An\'anaviy xonandalik

1.2. An’anaviy xonandalik san’atida janr xususiyatlar va ijrochilik uslublari
Umumiy san’at qonuniyatini o’rganishda, musiqada janr va uslub muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta janr – bu tur. Uning lug’aviy ma’nosiga ham e’tibor qaratadigan bo’lsak frantsuz tilida genre – tur, uslub3 ma’nolarini anglatadi. Darhaqiqat janr tushunchasi nafaqat musiqashunoslik ilmida, balki adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, falsafa, tasavuf va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi. Aytish joizki, janrda asarning tuzilishi, shakli, ijro holati, ijro sharoiti, ijrochilarning tavsifi, asar qanday holatda va qanday sharoitda kuylanishi, qanday cholg’u asboblar jo’r bo’lishi va hokaza bir qator o’ziga xos xususiyatlarga javob berishi lozim. Janrda musiqiy tilning asosiy elementlari mavjuddir, Musiqada janr deb uning bir turiga oid bo’lgan umumlashmasiga aytiladi.
Janr so’zining yana bir o’ziga xos xossasi “ko’rinish” ma’nosini ham bildiradi. Musiqiy janrlar - bu musiqaning turlari, ko’rinishlari bo’lib, turli xildagi funktsiyalarni bajaradi. Uslub tushunchasi musiqaning ma’lum tarixiy ijtimoiy sharoitida vujudga kelib, rivojlanishi bilan bog’liqdir. Har bir davrning o’ziga xos va mos shart -sharoitlari, muhiti, holatiga mos ravishda mavzulari, musiqasi, xonandalik aytimlari mavjud bo’lib, ularning bastakorlari asosan xalq, qolaversa, ijrochi bastakorlari tomonidan yaratiladi va faqat o’sha davrgagina mansub bo’ladi. O’tgan davrlarda, asrlarda, o’z zamonasida vujudga kelgan ba’zi bir janrlar, keyiigi asrlarda kelib, shubhasiz o’zgaradi yoki yangicha ko’rinish hosil qiladi, yangilanadi va aksincha aholi iste’molidan chiqib ketishi mumkin. Bu borada uslub musiqaning barcha ifoda vositalari bilan juda mustahkam bog’liqlikka ega bo’ladi. Uslub nafaqat musiqa bilan bog’liq bo’lgan atama, shu bilan birga bu atamani hayotdagi boshqa tushunchalar asosida atalishini ko’rishimiz mumkin ham bo’ladi. Biroq, ularni musiqa bilan bevosita bog’lashda uning mazmun-mohiyatini yanada teranroq tushunish imkoniga egamiz.
O’zbek xalq an’anaviy xonandaligi o’ziga xos aholining ijodiy mahsulidir. U juda qadimgi davrlardan buyon mavjud bo’lib, ushbu ijrochilikda ovoz, nafas, cholg’uning bir-biriga hamohangligi, ijroviy tarixi o’ta muhim ahamiyat kasb etib kelgan. An’anaviy xonandalikning aytim jarayonida ijrochilar yakka, juft, guruhli yoki ommaviy tarkibda kuylashlari an’ana bo’lib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-sonli qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorda maqom san’ati deganda O’zbekistondagi mavjud maqom o’zbek-tojik xaqlarining mumtoz musiqa madaniyati shashmaqom va qolaversa, Xorazm maqomlari hamda chormaqom (Farg’ona-Toshkent) maqom maktablarining ijro uslublarini o’ziga xos xususiyatlari to’la namoyon etadigan yuksak mumtoz musiqa san’ati sifatida xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo’lgan milliy maqom san’ati haqida yuksak baho berilib, uning qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda a’lohida o’rin egallashi haqida juda hujjatli fikrlar bildirilgan edi1.
Nazarimizda milliy maqomlarimizga yuksak baho berish vaqti keldi. Asarlar davomida ulug’ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelgan va kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz hatto sharq va dunyo mamalakatlarida ma’lum va mashhurligi hammaga ma’lum. O’zbek-tojik mumtoz musiqa san’atining gultoji bo’lgan “Shashmaqom” YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy ma’naviy merosi sifatida e’tirof etilganligi hamda Reprezentativ ro’yxatiga kiritilgani ushbu nodir san’atning naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Maqom asarlari bu maqomdir. Uni aholi orasida keng tarqalgan an’anaviy xonandalik asarlariga tenglashtirib emas, balki yuqorida qayta-qayta ta’kidlanganidek, maqom atamasi bilan atash lozimdir.
O’zbek musiqa san’ati tarixi ijrochiligida xonandalik san’ati ustozdan -shogirdga an’ana asosida o’tib, shaklanib, rivojlanib, turli sharoitlarga moslashgan holda bizgacha yetib kelmoqda. Xalq ijodiyotidagi folklor aytimlari, og’izaki an’anadagi kasbiy musiqa - maqomlar, akademik vokal va zamonaviy musiqa ijodiyotida o’zida milliy xususiyatlarni to’la namoyon eta olgan san’at turi sifatida an’anaviy xonandalik asosiy o’rinda turadi. Yuqorida tilga olinayotgan har bir yo’nalish o’zining shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o’z uslubi, qonun-qoidalari va shakl-u shamoillariga egaligi xususida musiqashunos olim S.Bekmatov1 o’z tadqiqotlarida keltirib o’tgan. Ular orasida tarixiy tajribalar asosida shakllangan va eng mukammal an’analarni o’zida mujassam etgan an’anaviy xonandalik yo’nalishi o’zining ijrochilik uslubi, shakli, ijro yo’li, aytimning murakkabligi va xalqchilligi bilan a’lohida ahamiyatga ega.
Mazkur yo’nalish azal-azaldan, o’zbek xalqining eng go’zal urf-odatlari, an’ana, qadriyat va milliy ruhiyatini yuzaga chiqarib, xalqimizning boy ma’naviyatini dunyo xalqlari oldida aslligi va o’ziga xosligini ko’rsatib kelmoqda. shu bois ham xonandalik an’anasi va uning aytim yo’nalishlari, uslublari shakllanib, rivojlanib kelmoqda. An’anaviy ashula ijrochiligi san’ati aholi orasida keng ommalashdi. Ayniqsa, ularning xonandalik janri jihatidan keng qamrovligi, ijro uslublarining kengligi, joy va makon an’analarining o’ziga xos mahalliy uslublarida namoyon bo’lishi bilan ahamiyatlidir. Darhaqiqat, natijada mahalliy unsurlar bilan xarakterlanuvchi ijro uslublar, keyinchalik esa ijro maktablari yuzaga keldi.
Andijon, Xorazm, Marg’ilon, Qo’qon xofizlik maktablari yoki Ota Jalol Nazirov, Xamroqul Qori, Usta shodi Azizov, Xojixon Boltaev, Madraxim sheroziy (Yoqubov), Mamadbuva Sattrov, Rasulqori Mamadaliyev, Murodjon Axmedov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Mamatbuva Sattorov, Juraxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Fattohxon Mamadaliyev, Kommuna Ismoilova, Nazira Axmedova, Saodat Qobulova, Berta Dovudova, Faxriddin Umarov, Otajon Xudoyshukurov, Tavakkal Qodirov, Xayrulla Lutfullayev, Kamodiddin Raximov, Sherali Jo’raev, Ortiq Otajonov, Maxmudjon Tojiboev, Munojaat Yo’lchieva va boshqa qator yuzlab xonandalarning ijro yo’llari yuzaga keldi.
Xonandalik san’atining boshqa yo’nalishlari kabi an’anaviy xonandalikda ham bilim hamda amaliy unsurlar alohida o’rin egallaydi. shunday unsurlardan biri va birlamchi jarayon bu shubhasiz -ovozdir. Har bir insonning o’z ovoz rangi mavjud. Biz ularning ovoz rangi asosida bir-biridan farqlaymiz va ajratamiz. Xonanda ovozi rangida xonandaning ijro mahorati, so’z talaffuzi, aytim yo’li, kuy va ohangni ijodiy mahorat tajribasi bilan o’zaro mutanosibligiga bog’liq.
Xonandalik amaliyotining zamirida mavjud bo’lgan ana shu o’ziga xos bosqichlar, tom ma’noda o’ziga xos darajalarni yuzaga keltirganki, ular xalq orasida qo’shiqchi, laparchi, yallachi, doston, termachi, ashulachi, talqinchi, savtxon, nasrxon, zikir, jahrchi, go’yandachi, aytimchi, xonanda va nihoyat hofiz kabi nomlar bilan atalishga olib kelingan. Bular esa o’z o’rnida xonandalik san’atining turlari sifatida amaliyotda shakllangan. Ijrochilarning har biri har tomonlama mukammal xisoblanib, eng yuqori darajasigacha erishishga muyassar bo’lganini esa “hofiz” deb yuritish an’anaga aylangan1. chunonchi, hofiz keng qamrovli hamda ijrochilik mahoratining yuqori bosqichiga erishgan xonandaning o’z sohasi bo’yicha mutaxassis darajasi berilgan atamadir. O’zbek musiqasining ohanglari, eng muhimi, ruhiyati, ayniqsa hofizlikda o’z aksini topgan. Xonandalikda yuqori saviyaga erishib mumtozlik kasb etganlarni, ya’ni mumtoz musiqa namunalarini ijro etuvchi aytim sohiblarini “ashulachi”, “maqomchi” nomlari bilan birga, XIX asrning 30-yillaridan boshlab “hofiz” deb atash tilimizda allaqachon rasm bo’lib ulgurdi.
Yuqorida keltirilgan har bir atamada musiqiy janr xususiyati to’la ifodasini topadigan bo’lsa, “hofiz” ham bu o’rinda qator tarkibiy xususiyatlari bilan bog’liq holda o’zining ayrim jihatlarni namoyon etgan. “Hofiz” - arabcha “xifz” so’zidan olingan bo’lib, aslida “asrovchi”, “yodda saqlovchi” ma’nolarini anglatadi. Shu bois bo’lsa kerak o’tmishda, ijro talqini bilan bog’lik kasb egalari hamda amallarida xifz, ya’ni esda saqlash muhim hisoblangan va talqin etish jihatlarini o’zida mujassam etganlari bu nom bilan atalib kelingan.
XX asrning 30-yillariga kelib mumtoz musiqa merosi va xalq yo’llariga mansub yirik shakldagi ashulalar ijrochilari - mohir xonanda va mashhur ashulachilarni hofiz deb yuritish rasman keng ommalashdi. Xukumat tomonidan ham 1939-yili “Xalq hofizi” deb nomlangan faxriy unvon ta’sis etildi. Unga birinchilar qatorida mashhur xonandalar Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov va Ortiqxo’ja Imomxo’jayevlar sazovor bo’ldilar. Ma’lumki, yer yuzida mavjud xalqlar tarixiy shakllanish jarayonida insoniyatning eng go’zal fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan va qator an’analarni meros sifatida avloddan-avlodga yetkazib, avaylab kelganlar. Ayniqsa, ijtimoiy hayotdagi muhim voqea, omil va tadbirlarni, chunonchi, kundalik turmush bilan bog’liq bo’lgan urf-odat, qadriyat, udumlar va marosimlarni saqlashga katta e’tibor berganlar. Ijtimoiy, iktisodiy-siyosiy vokealar ta’sirida xalqning tili, ma’naviyati, ruhiyati bilan bog’liq xususiyatlarning shakllanishi, rivojlanishi va ular asosida yangidan-yangi oqim, yo’nalishlarning yuzaga kelishi madaniyatning asosiy qonuniyatlaridan biri hisoblangan. Azal-azaldan hayotning turli tarmoqlarida muayyan shart -sharoitlar, voqe’lik, ma’naviy ehtiyojlar bilan bog’liq marosim, tadbir va amallar rang-barang ko’rinishlarda tarkib topgan. Avlodlarning asrlar osha u yoki bu tadbirga amal qilib kelishlari jarayonida ularga bo’lgan ehtiyoj uzilib qolmaslik, marosimlarni sharoit taqozo etgan vaqtda o’tkazib turish va muntazam davom ettirish asta-sekin rasm bo’lib kelgan.
O’zbek xalqi musiqa ijodiyotida xonandalikning bir qator o’ziga xos ijrochilik uslublari yaratilgan. shunday uslublardan biri bu - maxsus tayyorgarliksiz, o’z ijro imkoniyatlarlaridan kelib, bir zumda yaratilgan ashulani to’satdan kuylanishi aholi orasida badixago’ylik deb yuritilgan. Musiqashunoslik ilmida badixago’ylik - maxsus tayyorgarliksiz bir zumda yaratilgan she’r (musiqa yoki qo’shiq) yoki voqea, xodisa munosabati bilan to’satdan aytilgan musiqiy asarga aytilgan. Musiqa ijodiyotida maxsus badixaguylikka asoslangan aytishuv, terma, lapar kabi janrlar katta ashula va baxshilar san’atiga xos bo’lgan namunalar mavjud. An’anaviy xonandalik ijrochiligida ashula namunalari o’ziga xos badixago’ylik tarzida shakllangan. Xonanda ijro etilayotgan asarni o’zining barcha imkoniyatlarini ishga solgan holda o’ziga xos tarzida ijro etib kelgan.
II. BOB. FARG’ONA VODIYSI AN’ANAVIY XONANDALIK SAN’ATI VAKILLARINING RESPUBLIKA MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDA TUTGAN O’RNI VA MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA REPERTUARLARINI O’QITISHNING AHAMIYATI
O’lkamizda musiqiy merosimizning ajralmas qismi bo’lmish hofizlik azaldan muqaddas kasb sanalgan. Islom olamida muqaddas kitobimiz bo’lmish "Qur’on" oyatlarini dilga jo qilib, uning zerizabarlari bilan yoddan ijro etgan allomalarni "Hofizi Qur’on" deb yuritganlar. Mumtoz hofizlarimiz islomiy bilimlardan hamda badiiy she’riyatdan xabardor bo’lganlar. Shuning uchun ham ular ijro etgan qo’shiqlar nihoyatda ta’sirchan bo’lib, tinglovchilarni o’zlariga rom eta olgan. Ularni ulug’ shoirlarimizning beqiyos ma’noga ega bo’lgan g’azallarini kuyga solib ijro etgan qo’shiqlari uchun "Hofiz" degan nomga musharraf bo’lishlari ham qandaydir ramziy ma’no kasb etishi tabiiydir. Bu o’rinda ulug’ alloma Majzubi Namangoniyning quyidagi satrlari ibratlidir: Dema tanbur nolasi yo’l tashlaganda tordin, Bilki kelmish bu tarona san’ati jabbordin. Shundan ko’rinadiki, musiqa inson jismiga jon bilan kirganligini, bunda ilohiy qudrat borligini islom ulamolari ham e’tirof etishgan. Ulug’ alloma Alixon To’ra Sog’uniy "Tarixi Muhammadiy" kitoblarida shahodat berishlaricha, payg’ambarimiz Rasululloh Makkadan Madinaga hijrat qilishib shaharga kirishlaridayoq joriya qizlar childirmalar chalishib, alyorlarni aytishgan ekan: shundan ko’rinadiki, alyor, lapar aytish Payg’ambarimiz (s.a.v) davridan bizga meros bo’lib qolgan ekan. An’anviy qo’shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’lkamizda bu muqaddas san’atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo’lamiz.
Ota Jalol, Ota G’iyos, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Zohidxon xofiz, Madali hofiz, Mulla To’ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir. O’tmishda nota yozuvi rivojlanmagan bo’lib, Ovro’pa musiqa terminlari o’rnida hofizlarimiz «voz maromiga "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Xonaqo’y" deb atalmish nafas olish va ijro yo’llaridan foydalanishgan. O’sha davr hofizlarining ovozlari o’ktam va baquvvat bo’lganligi uchun ular ko’proq "Shikami" yo’lida ijro etganlar. Bu yo’lda ijro etish g’oyatda murakkab bo’lib, shinavandalar tomonidan juda qadrlangan.
Chunki hofiz tovushni ichkaridan tejamkorlik bilan qorin bo’shlig’idan chiqarib qo’shiq aytadi. Shuning uchun ham "Shikami" yo’li chuqur nafas olishga asoslanishi, tiniqligi hamda jarangdorligi bilan "Gulligi", "Binnigi" kabi ashula yo’llaridan farq qiladi. Ustoz hofizlar o’z ijrochilik mahoratlarini oshirish uchun aks sado beruvchi maxsus gumbazli binolarda mashg’ulot o’tkazganar, shu tariqa ovozlariga sayqal berishgan. "Shikami" yo’lidan tashqari farq qiluvchi ikkinchi "Xonaqohiy" yo’li bo’lib, unda hofiz qo’shiqlarini aniq talaffuz etib, tinglovchiga g’azal mazmunini ifodali qilib yetkazgan. Ustoz hofizlarimiz dasturlaridan harxil marosimlarda ijro etiladigan qo’shiqlar ham o’rin olgan. Masalan, Sodirxon hofiz motam marosimlarida kuylanadigan qo’shiqlarni sozsiz, ikki kaftini qulog’iga qo’ygani holda, alamli "Yakka faryod" tarzida "Xo’jandiy" yo’lida ijro etib kelgan. Jurnalist Sherali Sokinning ma’lumotlariga qaraganda, Sodirxon hofiz o’z ashulalarini yil fasllari va hatto kunning ma’lum paytlariga ko’ra tanlab aytgan. Bahor tonglarda " Amin nasrulloyi", "Qiyiq", "Qora tong"ni, peshindan keyin “Gulyor shahnoz"ni, kechqurun "Sarparda", "Rok baland", "Dilxiroj" va boshqalarni kuylagan. Bundan tashqari, ustoz hofizlarimiz qo’shiq ijro etish bilan birga maqomlarni to’liq o’zlashtirib, betakror muallif sifatida maqomlarni yangi sho’balar bilan boyitganlar. 1
Masalan, maqomdon ustoz Ota Jalol Nosirov "Shashmaqom"ning mushkilot qismlarini tartibga solgan, ayrim maqom sho’balarini kengaytirgan, rivojlantirgan va qo’shimcha qismlar bastalagan. Jumladan, ulardan biri "Savti Jaloliy" deb ataladi. Marg’ilonlik Madali hofiz esa "Abdurahmonbegi", "Qalandar", "Tanovar" kabi ijro yo’llarini yangi talqinlari bilan to’ldirib, san’atimiz xazinasini boyitdi. Shu tariqa umrboqiy maqomlarimizga ustoz hofizlarimiz ijrosida qo’shimcha jilo berilib, yanada to’ldirilib ijro etib kelinmoqda. XX asrning 20-30 yillariga kelib an’anaviy qo’shiqchiligimizga ikkinchi bir avlod kirib keldiki, bu ulug’ hofizlarimiz san’atimiz xazinasini o’zlarining mumtoz qo’shiqlari bilan boyitdilar. Ularning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan zikr etib o’tish joizdir. Xorazm vohasidan Matpano ota Xudoyberganov, Kurji ota Avazmatov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Jumaniyoz Hayitboev, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov; Buxoro, Samarqanddan Ota Jalol va Ota G’iyos Abdulg’ani, Mixail Tolmasov, Domla Halim, Qori Karomat, Tillaboy hofiz, Usta SHodi, Tojixon hofiz, Borux Zerkiev; Toshkentdan Mulla To’ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov, Inog’om va Ilhom hofizlar, Abdulqahhor, Sultonxon, Yunus Rajabiy, Boboxon va Akmalxon So’fixonovlar; Xo’janddan To’raxo’ja hofiz, Abduqayum hofiz, Karimjon hofiz, Oalohhon hofiz, Otabola Mirsolih, Mirabdulla, Mirfayoq hofizlar; Farg’ona vodiysidan Mamad bobo Sattorov, Bolta hofiz Rajabov, Erka qori Karimov, Hamroqul qori To’raqulov, Sherqo’zi Boyqo’ziev, Haydarali Hikmatov, Berkinboy Fayziev, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Abdulla Fayzullaev, Boborahim Mirzaev, Ashurali hofiz, Akbar Haydarov, Ortiqxo’ja Imomxo’jaev, Zaynab Polvonova, Rasulqori Mamadaliev singari hofizlar o’zlaridan oldin ijro qilib o’tgan ustozlarning qo’shiqchilik san’atini davom ettirishib, an’anaviy ijrochiligimizda har birlari bir biriga o’xshamagan ajoyib ijro uslublarini ham yaratdilar. Shu bilan birga o’zlari bastalagan asarlari bilan qo’shiqchiligimiz xazinasini boyitdilar.
Bu borada, ayniqsa, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Matpano ota Xudoyberganov, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov, Jo’raxon Sultonov, Yunus Rajabiy ijodlari bunga misol bo’la oladi. Sodirxon hofiz ijro etgan "Ushshoq" "Ushshoqi Sodirxon" nomi bilan mashhur bo’lib ketgan. Hoji Abdulaziz bastalagan "Guluzorim" qo’shig’i, Jo’raxon Sultonov bastalagan va o’zi ijro etgan Guluzorim qani", "Naylayin" qo’shiqlari, an’anaviy merosimiz qatori musiqiy xazinamizdan mustahkam o’rin oldi. Shu o’rinda aytish lozimki, musiqiy san’atimiz rivojiga o’zbek bastakorlari va sozandalari o’zlarining ulkan hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Yunus Rajabiy, To’xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, Imomjon Ikromov, Saidjon Kalonov, Muhammadjon Mirzaev, Muxtorjon Murtazaev, Faxriddin Sodiqov, Abduhoshim Ismoilov singari ko’plab bastakorlar yaratgan qo’shiq va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, an’anaviy qo’shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod qo’liga o’tdi. Orif hoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon Hotamov, Muhammmadjon Karimov, Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Odiljon Yusupov, Fattohxon Mamadaliev, Tavakkal Qodirov, Ro’zimat Jumaniyozov, Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Faxriddin Umarov, Eson Lutfullaev, Ne’matjon Qulabdullaev, Rahimaxon Mazohidova, Olmaxon Hayitova, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov, Kamoliddin Rahimov, O’rinboy Nuraliev, Jo’raxon Rahimov, Ikromjon Bo’ronov, Isroiljon Usmonov, Nazirjon Nazarov, Ibrohimjon Ishoqov, Mo’sajon Oripov, Iskandar Qalandarov singari ustoz hofizlar shular jumlasidandir. Bugungi kunda ustozlar an’anasini davom ettirib, ularning izidan borib, qator san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ortiq Otajonov, Sherali Jo’raev, Xayrulla Lutfullaev, Jo’rabek Nabiev, Alijon Erkaev, G’ulomjon Yoqubov, O’lmasqori Rasulov, O’lmas Saidjonov, Munojot Yo’lchieva, Zamira Suyunova, Nuriddin Hamroqulov, Maryam Sattorova, Ma’murjon To’xtasinov, Mahmudjon Tojiboev, Mahmudjon Yo’ldoshev, Isroiljon va Ismoiljon Vahobovlar, Beknazar Do’stmurodov, Qobiljon Yusupov, Solijon Mamatov, Gulbahor Erqulova, Matluba Dadaboeva, Mahbuba Hasanova, Hurriyat Isroilova, Nasiba Sattorova, Rahmatjon Qurbonov, Abdulhay Karimov, Mashrabjon Ermatov, Erkinjon Ro’zimatov, Mahmudjon Azimov, Ahmadjon Dadaev, Avazbek Mahmudov, Qilichbek Tojiev, Salohiddin Azizboev, Majydxon Saidov, SHarofiddin Ismoilov, O’ktam Ahmedov, O’lmas Olloberganov singari hofiz va xonandalar, ustozlar ijrochilik maktabiga suyangan xolda, o’zlariga xos ijrochilik yo’llari va uslublari bilan qo’shiqchilik xazinasiga xissa qo’shmoqdalar. Musiqiy madaniyat xalq ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bo’lib, uning ma’naviy extiyojini barcha davrlarda beminnat xizmat qilgan. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Shuning uchun dars jarayonida ham sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda o’zbek milliy an’analarimizga, xususan, mumtoz kuy qo’shiqlarimizga e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Bunga zamonaviy musiqa ham zarur. Ikkala janrning bir-biriga bog’liqligi xam shunda. Inson hayotda yashar ekan, zamon bilan xamnafas yashaydi. Ayniqsa, XXI asr texnika davrida zamonaviy texnik vositalarning ko’payishi, unga bo’lgan e’tiborning ortishi tabiiydir. Musiqa san’ati rivoji uchun xam zamonaviy, ham mumtoz kuylar hamda qo’shiklari kerak. Faqatgina uni to’gri olib borish zarur. Yaxshi shoirlar ko’paysa, bastakorlarga ijod keladi. Yaxshi qo’shiq yaratilsa, ko’ngildagi xofizlar, qo’shiqchilar ko’payadi.
Dil tortar zamonaviy qo’shiklari ham insonga ham dalda beradi, ham tarbiyalaydi. Bizga ma’lumki, insonni ma’naviy, axloqiy va ruxiy jixatdan tarbiyalanib borishda Musiqa san’atining tutgan o’rni beqiyosdir. Shu o’rinda, zamonaviy va mumtoz qo’shiqchilik san’ati ommani o’ziga jalb etishda eng oldingi o’rnida turadi, Buning sababi, inson dunyoga kelibdiki, go’dakligidan boshlab ona allasini tinglab voyaga yetib boradi. Birgina manashu allaniag ham zamonaviy, ham xalqona, yani barcha onalarimiz o’ziga xos kuylashlari dilga yoqadi. Onalarning alla qo’shigi orqali millatning ma’naviyati va ruxiyati shakllanishi bilan birga asta-asta bolada estetik histuyg’ular ham yuksalib boradi. Bizning o’zbek musiqa san’atimiz o’ziga xosligi bilan bitmas xazinadir. Zamonaviy estrada qo’shiklarii ham insonga ruh beradi, ham davolaydi, xam tarbiyalaydi. Go’zal mumtoz qo’shiqlari buyuk shoir va bastakorlar tomonidan yaralib, inson qalbida joy olib, xalqning ma’naviy mulkga aylanib ketadi. Bu esa istedodli san’at axli uchun berilgan ilohiy mo’jizadir.
Hozirda yashab ijod etayotgan qo’shiqchilarimiz mumtoz qo’shiq kuylasalar, ba’zi davralarda ularni hurmat qilmaydigan ba’zi yoshlarni ko’rib xayratlanaman. Yosh bo’lishiga qaramay, bemalol maqom qo’shiqlarini yuragidan kuylayotgan honandalarni ko’rsak dilimiz yayraydi. Namangan shaxrida yashab ijod etayotgan Kamoliddin Rahimov xam ana shunday xonandalarimizdan. Agar qo’shiqchilarimiz hoh zamonaviy yo’nalishda, hoh mumtoz yo’nalishda ijod qilayotgan vaqt mobaynida o’ziga xos yo’llarida ijod qilishsa, og’ishmasa xalqning ko’ngliga manzur bo’laverishadi.1
Aynan ushbu tushunchalarni musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarga o’rgatib borish bilan birga milliy ijrochilik san’atining ko’rgazmalilik uslublarida keng foydalanish zarur.Bulardan Mamad bobo Sattorov, Bolta hofiz Rajabov, Erkaqori Karimov, Hamroqul qori To’raqulov, SHerqo’zi Boyqo’ziev, Haydarali Hikmatov, Berkinboy Fayziev, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Abdulla Fayzullaev, Boborahim Mirzayev, Ashurali hofiz, Akbar Haydarov, Zaynab Polvonova, M.Azizova X.Oxunova Rasulqori Mamadaliev singari hofizlar va O’rinboy Nuraliev, Jo’raxon Rahimov, Ikromjon Bo’ronov, Isroiljon Usmonov, Nazirjon Nazarov, Ibrohimjon Ishoqov, singari ustoz hofizlar bugungi kunda ustozlar an’anasini davom ettirib, ularning izidan borib, qator san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilayottgan Sherali Jo’raev, Jo’rabek Nabiev, Munojot Yo’lchiyeva, Nuriddin Hamroqulov, Ma’murjon To’xtasinov, Isroiljon va Ismoiljon Vahobovlar, Qobiljon Yusupov, Solijon Mamatov, Matluba Dadaboeva, Hurriyat Isroilova, Abdulhay Karimov, Avazbek Mahmudov, Qilichbek Tojiev, Salohiddin Azizboev shular jumlasidandir. O’zbekistonda yosh avlodni musiqa-ashula san’ati vositalari orqali tarbiyalash bo’yicha kattagina muvaffaqqiyatlarga erishildi. Ammo mana shu muxim pedagogik jarayonda qator kamchiliklar va hal etilmagan masalalar ham bor. Bizningcha, ular quyidagilardan iborat. Musiqa ta’lim tizimining maqsadi musiqa tarbiya uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, estetik barkamol shaxsni shakllantirishdir.
Uning vazifalari: musiqaga muxabbat hissini, uni tinglash va idrok etish, musiqiy did hamda ehtiyojlarni, chinakam musiqa boyligi bilan soxta musikani farqlash iqtidorini shakllantirishdan, musiqa hayotiga ishtiyoq va unga ijodiy yo’sinda qo’shilish ko’nikmasini tarkib toptirishdan, jamiyatimiz axloqiga xos yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdan, go’zallik yaratishga, go’zallik qonunlari bo’yicha yashashga va kishilar bilan o’zaro munosabatda bo’lishiga havas uyg’otishdan iboratdir.



Download 167.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling