1.16-rasm. Yupqa magnit plyonkada magnitlanish vektorining burilishi.
§ 1.6 Yarimo'tkazgichlarda Xoll effekti. Xoll effekti haqida tushuncha. Xoll effekti va uning qo'llanilishi.
Agar x o'q bo'ylab elektr toki o'tayotgan yarim o'tkazgichni kuch chiziqlari
z o'q bo'ylab yo'nalgan magnit maydoniga kiritsak, u holda yarim o'tkazgichda у o'q boylab qo'shimcha elektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi. Ana shu hodisa Xoll effekti deb yuritiladi.
Elektronli yarim o'tkazgichni ko'rib chiqaylik:
n-yarim o'tkazgichdan x o'qining musbat tomoniga yo'nalgan elektr toki o'tayotgan bo'lsa, harakatchan elektronlar bu o'qning manfiy yo'nalishi bo'ylab harakat qiladi. Endi yarim o'tkazgichni kuchlanganligi z o'qning musbat yo'nalishi bo'ylab yo'nalgan magnit maydoniga kiritsak, harakatchan elektronlarga F kuch ta'sir qiladi, Bu kuch ta'sirida elektronlar avvalgi yo'nalishidan у o'qining musbat yo'nalishi bo'ylab og'a boshlaydi [7,8]. Natijada yarim o'tkazgichning у o'qining musbat yo'nalishi tomonidagi qismida elektronlarning konsentratsiyasi ortib, qarama-qarshi qismida esa kamayadi. Binobarin, yarim o'tkazgichda у o'qning musbat yo'nalishi bo'ylab yo'nalgan elektr maydoni hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |