Qo‘lyozma shaklida yozilаdigаn hujjаtlаr qаtоrini tоping
Download 85.11 Kb.
|
1-Topshiriq(II) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Topshiriq. Til va nutq
- Matn yuzasidan topshiriqlar
Assalomu-aleykum hurmatli talabalar! 1-Topshiriq. Rasmiy – idoraviy uslubga xos faqat qo’lda yozilishi zarur bo’lgan ish yuritish hujjatlarini qo’lda yozib,xemisga yuklaysiz.Demak,oldin to’g’ri javobni topamiz. Qo‘lyozma shaklida yozilаdigаn hujjаtlаr qаtоrini tоping A) Аrizа, tаrjimаyi hоl, tilхаt, tushuntirish хаti B) Аrizа, mа’lumоtnоmа, tilхаt, tushuntirish хаti C) Аrizа, tаrjimаi hоl, tilхаt, eslаtmа D) Аrizа, tаrjimаi hоl, e’lоn, tushuntirish хаti 2-Topshiriq. Til va nutq Biz o‘z nutqimizda SO‘Z (so‘zlash), GAP (gapirish), TIL va NUTQ atamalarini ko‘p qo’llaymiz, ba’zan ular orasidagi farqni sinchiklab ham o‘tirmaymiz. Ular vositasida bilganlarimizni, ko‘rganlarimizni, mashq va mashg’ulotlarimizning borishi-yu natijalarini, atrofdagilarga, ayniqsa, oila a’zolariga munosabatlarimizni ifoda yetamiz. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinishidir. Lekin lingvistik nuqtai nazardan til va nutq farqlanadi. Jumladan, tilni xalq yaratadi, umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi; nutq esa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o‘z qobilyati, so‘z boyligi, savodi hamda so‘zlash a’zolariga qarab gap tuzadi. Til – aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa bo‘ladi. Og’zidan so‘z yo gap chiqdimi – uchadi ketadi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug’ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. A. Navoiy aytganidek, so‘zingni buyuk etsang, o‘zinga buyuklik keltirasan. Tilnig xizmati doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog), juft shaxs orasida(dialog) yuz beradi. Nutq she’r, hikoya, roman, qissa kabi ko‘rinishlarda turli janrlarga bo‘linadi. Nutq yozma va og‘zaki bo‘ladi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi, qo‘shimchalar turli fonetik hodisalarga uchraydi. Nutq hajmi so‘zlovchilarga saviyasiga, uslubga, o‘rin va joyga qarab, turli shakl va hajmlarda bo‘ladi. Nutq oldiga qo‘yilgan talablar (tovush tanlash, so‘z topish) uning mohiyatidan, tildek “ajab” mo‘jiza dahosidan, uning ijtimoiy kuch-qudratidan kelib chiqadi. Chinakam go‘zallik, deydi A.Gorkiy, so‘zlarning aniqligi, ravshanligi va ohangdorligi bilan yuzaga keladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol – hol, yod-yot, sof-sop,sher-she’r va b.), so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay “g‘o‘za teriladi”, “paxta gulladi” deyish xatodir. Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi har qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (g‘ishtin polli, kibernetikaviy…), (dadam va onam keldi…); so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi – qarorni emas), takror (turgan joyida turib qoldi…) va keraksiz ifodadan qochish, qo‘shma gapni meyori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘raki –ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz va nursiz qiladi. Matn yuzasidan topshiriqlar: Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing. Reja: 1. 2. 3. 2. Matnga taqriz yozing.- Til – aloqa quroli, u vosita. … 3- Topshiriq. Til mavzusiga oid 5 ta o’zbek xalq maqollarini yozing. Topshiriqlar 10 balli shkalada baholanadi. Download 85.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling