Qon hosil bo`lishi
Download 1.01 Mb.
|
шаклли элементлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trombotsitlarning xususiyatlari
- Trombotsitlarning qon surtmasidagi joylashishi
- Olingan bilimni mustahkamlash uchun savollar.
Limfositlar - Leykotsitlarining 20-40%ni tashkil etadi, ular yirik hujayradan iborat limfoblastlardan hosil bo‘ladi. Ular antitanalar ishlab chiqarishda va immunetit hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Limfosit dumaloq yoki ovval shakldagi, diametri 9 –12 mk ga teng (sitoplazmasi katta limfositlarning diametri 14–15 mk gacha bo’lishi mumkin) to’q qizil gunafsha rangli, ekstsenrik joylashgan yadrosining atrofida torgina havorang yoki zangori sitoplazmasi bor hujayra.Monotsitlar - yadrosi har xil tuzilishga ega bo‘lgan eng yirik hujayralar bo‘lib Leykotsitlarning 1-7%ni yoki 1mm3 qonda 300–500 ta gachadir. Eng yosh hujayra monoblast bo‘lib, o‘lchami 12-16 mk keladigan yirik hujayralardir, uning markazida tiniq-binafsha rangli 1-2 ta yadrochali keng yadrosi mavjud. Monoblastdan promonosit shakillanadi. Uning yadrosida donachalar yo‘q. Promonositdan monosit yuzaga keladi. Monositlar – ko’p burchakli diametri 15–25 mk ga teng hujayra. Uning havorang yoki zangori sitoplazmasida loviyasimon shakldagi: to’q – qizil qo’ng’ir rangli yadrosi ekssentral holatda joylashgan bo’ladi.
Trombotsitlarning xususiyatlariTrombosit – qon tarkibidagi eng muhim, eng kichkina, dumaloq, oval poligonal shakldagi hujayra. Trombotsitlar diametri 2-5 mikron bo‘lib membranasi 3 qavatdan iborat qalinligi 8nm. Trombotsitlar shaklli elementlar ichida eng kam 3-5 kun umr ko‘radi. Hajmi 2,5 mikrondan katta bo‘lgan trombotsitlar yosh bo‘lib, funksional faol hisoblanadi, kichiklari esa qarri va passiv hisoblanadi. Donne (1844) Trombotsitlarni globulinlarni, ya’ni sharchalar degan bo’lsa, Bizzazero (1882) ularni qon “belyashkalari” ya’ni mustaqil hujayralar deb ta’kidlagan.Trombotsitlar ko‘mikda gigant hujayralar megakariositlardan hosil bo‘ladi. Oldin megagistoblastlardan megakarioblastlar (tromboblast), so‘ngra promegokariotsit vujudga keladi, u keyin megakariotsitga- yadrosi o‘ziga xos shakilda bo‘lgan va donodor och pushti protoplazmasi bo‘lgan yirik hujayralarga aylanadi. Bu hujayra uzun xivchinlar holida chuzilib, bulardan trombotsitlar shakllanadi. Trombotsitlar ikki qismdan iboratdir - donali va donasiz bo‘lib, donachali trombotsitlar-granulomer, donasiz trombotsitlar- gialomer deb yuritiladiTrombotsitlarning qon surtmasidagi joylashishiTrombotsitlarning sifat o‘zgarishlari megakariositlarning asosan marfologik xususiyatlariga bog‘liq. Morfologik jihatdan quyidagicha farqlanadi: a) trombotsitlarning normal (yetilgan) shakli diametri 2-4 mk dan katta emas, markazi donodor; b) donodorligi kam (navqiron) shakillari; s) dag‘al, yirik piknotik donodor eski shallari; d) katta-kichikligi va shakli turli tuman degenrativ shakllariTrombotsitlarning sifat o‘zgarishlari megakariositlarning asosan marfologik xususiyatlariga bog‘liq. Morfologik jihatdan quyidagicha farqlanadi: a) trombotsitlarning normal (yetilgan) shakli diametri 2-4 mk dan katta emas, markazi donodor; b) donodorligi kam (navqiron) shakillari; s) dag‘al, yirik piknotik donodor eski shallari; d) katta-kichikligi va shakli turli tuman degenrativ shakllariSog’lom odamlar qonining 1 mm3 da trombotsitlar 240 000 - 400 000, 180 000–320 000 (Najmiddinov T. 1998) 200 000 – 400 000 (Nemenova Yu.1972) ni tashkil etadi. Endi tug‘ilgan chaqoloqlar qonida 1mm3 140 000- 400 000 ta o‘rtacha 200 000 ta bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich qariyib kattalarnikiga teng hisoblanadi. Normada sog‘lom odamning trombositar formulasi: 92-96% normal yetilgan shakillari, 2-4% normal yosh shakllari va 2-4% eski shakllarni saqlaydi. Trombotsitar formuladagi o‘zgarishlarda yosh yetilmagan shakllarning ko‘payganligi hisobiga ”chapga” siljigan va eski shakllarning ko‘payganligi hisobiga ”o‘nga” siljishi mumkin. O‘nga siljish xavfli o‘smalarda kuzatiladi.Olingan bilimni mustahkamlash uchun savollar.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling