Neytrofillar- ham ishqoriy, ham kislotali bo‘yoqlarda buyaladi. Normada neytrofillar leykotsitlar miqdorining 65-75%ga, yoki 1mm3 qonda 4500-5000 ni tashkil etadi, diametri 9,5-14,5 mikron keladigan dumaloq hujayralardir. Protoplazmasi hujayraning ko‘p qismini tashkil etadi, Romonovskiy-Gimza usuluda bo‘yalganda och pushti-kul rang-ko‘kimtir rangga kiradi, unda juda ko‘p mayda neytrofillar bo‘ladi. Limfositlar - Leykotsitlarining 20-40%ni tashkil etadi, ular yirik hujayradan iborat limfoblastlardan hosil bo‘ladi. Ular antitanalar ishlab chiqarishda va immunetit hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Limfosit dumaloq yoki ovval shakldagi, diametri 9 –12 mk ga teng (sitoplazmasi katta limfositlarning diametri 14–15 mk gacha bo’lishi mumkin) to’q qizil gunafsha rangli, ekstsenrik joylashgan yadrosining atrofida torgina havorang yoki zangori sitoplazmasi bor hujayra.
Do'stlaringiz bilan baham: |