Plasmodium malariae. Bu plazmodiy parazitlarining bir necha turlaridan biri.
Dunyo bo'ylab topilgan bo'lsa ham, u P. falciparum yoki P. vivax ga nisbatan xavfsizroq bo’lganligi sababli "yaxshi bezgak" deb nomlangan. Bunga sabab boshqa bezgak parazitlarining qaytalanish muddati ikki kunni tashkil etsa, bu parazit uch kundda qayta xuruj qiladi.
Bezgak 2000 yil oldin Yunon va Rim tsivilizatsiyalaridan beri tan olingan, turli xil isitma kasalliklari dastlabki yunonlar tomonidan tasvirlangan. 1880 yilda Alphonse Laveran bezgakning qo'zg'atuvchisi parazit ekanligini aniqladi. Golgining 1886 yildagi batafsil ishi ba'zi bemorlarda parazitning 72 soatlik hayot aylanishi bilan bemorda sovuq va isitma holatlari o'rtasida bog'liqlik borligini ko'rsatdi. Xuddi shunday kuzatish 48 soatlik sikl bilan parazitlarga nisbatan ham topildi.
P. malariae Afrikada ( Saxaraning janubiy qismlari), janubi-sharqiy Osiyoning ko’plab hududlarida, Tinch okeanining g'arbiy orollarida va Janubiy Amerikaning Amazon havzasi hududlarida keng tarqalgan . Endemik mintaqalarda tarqalish darajasi 4% dan 20% gacha, ammo P. malariae infektsiyalari juda kam xabar qilinganligi haqida dalillar mavjud .
Do'stlaringiz bilan baham: |