Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o‘tkazish muddati va


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

47-modda. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o‘tkazish muddati va 
asoslari 
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan 
oshmasligi kerak.
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati tavakkalchilik-tahlili natijasi va auditorlik 
tashkiloti tomonidan ushbu Qonun talablarining buzilishlarini sodir etish tavakkalchiligi darajasini 
(bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) baholash yakunlari bo‘yicha 
o‘tkaziladi. 
Tavakkalchilik darajasi uch toifaga ajratiladi: 
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan auditorlik tashkilotlari
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi o‘rtacha bo‘lgan auditorlik tashkilotlari; 
qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi past bo‘lgan auditorlik tashkilotlari. 


Tavakkalchilik darajasini tahlil qilish vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1-fevralga 
qadar amalga oshiriladi, bundan auditorlik tashkiloti yoki auditorning harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan hollar mustasno. 
Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o‘tkazishda auditorlik tashkilotining 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Vakolatli davlat organida va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida mavjud 
bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obro‘si 
to‘g‘risidagi axborot asosida quyidagi holatlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasining tahlili amalga 
oshiriladi: 
auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu Qonunning 
27
va
29-moddalari 
talablariga rioya 
etilishi; 
auditorlik tashkilotining ushbu Qonun talablarini buzadigan harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari mavjudligi
auditorlik tashkilotining muassislari (ishtirokchilari) tarkibida ilgari auditorlik faoliyati 
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun faoliyati tugatilgan auditorlik tashkilotining muassisi 
(ishtirokchisi) bo‘lgan jismoniy shaxslarning mavjudligi; 
auditorlik tashkiloti ishi sifatining avvalgi tashqi nazorati yakunlari bo‘yicha past baho 
olganligi. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling