Qonuni auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarish


Download 431.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana23.09.2023
Hajmi431.77 Kb.
#1685348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA O‘RQ-677 25.02.2021

43-modda. Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarish 
Auditorlik tashkiloti quyidagi hollarda Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqariladi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ushbu Qonun 27-moddasining 
oltinchi qismida
belgilangan talablarga nomuvofiqlik 
aniqlangan taqdirda
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815-
sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) 
auditorlik tashkiloti tugatilganda; 
auditorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari amalga oshirilganda yoki 
faoliyat turi o‘zgarganda; 
ushbu Qonunning 
34-moddasida 
nazarda tutilgan auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi 
cheklovlar buzilganda; 
bila turib soxta auditorlik xulosasi tuzilganda; 
auditorlik xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida olingan maxfiy axborot oshkor qilinganda
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi 
mavjud bo‘lmaganda; 
auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati o‘tkazilayotganda zarur hujjatlarni va 
axborotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etmaganda. 
Auditorlik tashkilotining Auditorlik tashkilotlari reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi, shuningdek vakolatli davlat organining 
rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim. 
44-modda. Auditorlar reyestri 
Vakolatli davlat organi Auditorlar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; 
auditorning ish joyi; 
sertifikatning raqami, berilgan sanasi; 
sertifikat olgan shaxsning familiyasi, ismi va imzosi, shuningdek sertifikat olingan sana va 
uning amal qilish muddati
auditorning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
xalqaro buxgalter sertifikatining (mavjud bo‘lgan taqdirda) nomi va berilgan sanasi; 
sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish, sertifikatning amal qilishini tugatish, uni 
qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Vakolatli davlat organining va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-
saytlariga Auditorlar reyestridagi tanishish uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar joylashtiriladi, unda 
quyidagilar ko‘rsatiladi: 
(44-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-
yanvardagi O‘RQ-815-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 
03/23/815/0044-son) 


auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
sertifikatning raqami, berilgan sanasi; 
sertifikatning amal qilish muddati; 
auditorlarning malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yil yakunlariga ko‘ra); 
sertifikatning amal qilishini tugatish va uning dublikatini berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 

Download 431.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling