Qo‘pol munosabat, haqorat ifodalovchi so‘zlar: ablah, o‘laksa, kasofat, ko‘ppak va b. Haqorat
Ayollarga nisbatan qo‘llaniluvchi vulgarizmlar
Download 31.32 Kb.
|
Haqoratli so`zlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Erkaklarga nisbatan qo‘llaniluvchi vulьgarizmlar
1. Ayollarga nisbatan qo‘llaniluvchi vulgarizmlar: arvak, g’ar, megajin, manjalaqi, po‘stak, qanjiq, shallaqi, taytuv, sharmanda, lachapo‘sh, sariq mashak, ityaloq, cho‘ri, juvon so‘xta, lo‘li, jikildoq, yalmog’iz, ibosiz, iffatsiz, fohisha, shang’i, shumqadam, latta jinnisi va h.k.
«Otasidan hovliyu mashinadan boshqa yana nimalar qoldi ekan?» – deb atrofingda hid olib yurgan bitta shu megajin emasdir! (A.Qahhor) Megajin ikki xil ma’noda kelgan: 1) urg’ochi cho‘chqa; 2) shu hayvonga nisbatli haqoratni bildiradi (xotin-qizlarga nisbatan ishlatiladigan qattiq haqorat so‘z). – Hay, xotin, deyman, qandoq behayosan! (A.Qahhor) Behayo: 1) sharm-hayosi yo‘q, or-nomusni bilmaydigan, uyatsiz, besharm; 2) odob-axloq doirasiga sig’maydigan, beadab. Behayo xatti-harakat. – Nima deydi bu manjalaqi!! (A.Qahhor) Manjalaqi: 1) hech kimga so‘z bermaydigan, janjalkash, shallaqi (asosan, ayollar haqida); 2) noto‘g’ri yo‘lga kirgan, buzuq (ayollar haqida). – Bitta buzuq xotin bekitib yotgan qal’ani shuncha lashkar bilan haligacha ololmaysan (P.Qodirov). Buzuqi: 1) to‘g’ri yo‘ldan ozdiruvchi, orani buzuvchi, oraga raxna soluvchi, ig’vogar, buzg’unchi, g’alamis; 2) axloqsiz, fohisha. – Latta jinnisi! Lattaning uchini ko‘rsatsa, o‘zingni tomdan tashlaysan (A.Qahhor). Latta jinnisi – gazlama, mato va ulardan tikilgan narsalarga o‘ch shaxsga (asosan, ayollarga) nisbatan qo‘llanadigan ibora. – ...kinoda nima qilasan, mochag’ar! (S.Ahmad) Mochag’ar so‘zining ikki xil ma’nosi bor: 1) urg’ochi eshak; 2) xotin-qizlarga nisbatan qo‘llaniladigan qattiq haqorat so‘z. Bu o‘rinda so‘zning ikkinchi ma’nosi ifodalangan. 2. Erkaklarga nisbatan qo‘llaniluvchi vulьgarizmlar: takasaltang, landovur, nomard, beburd, bachchag’ar, bezot, g’alcha, xumpar, da’yus, it, itvachcha, latta, lattachaynar, xotintaloq, siynitaloq, sintaloq, qizitaloq, xunasa, xumsa, palid, kazzob, so‘qta, nokas, hez, hezimchalish, hezalak, hezim, hebbim, tolmacha, dabba, lapashang, olchoq, oqbilak yigit, mishiqi, it emgan, enag’ar, so‘tak, xotinga o‘xshagan, ko‘ppak, tullak, itdan tarqagan, shaloq, g’arning bolasi, bachchaboz, besoqolboz, juvonboz, xotinboz, xotinchalish va h.k. Erkaklarga nisbatan ishlatiladigan ba’zi vulgar so‘z va iboralarning izohli lug’atdagi izohi: – Sassiq alkash!.. (Zulfiya Qurolboy qizi) Sassiq: 1) ko‘chma dag’al, gap-so‘zi kishiga yoqmaydigan; qo‘lansa; 2) birovni kamsitish, haqoratlashni bildiradi. Bu o‘rinda erkak jinsiga nisbatan qo‘llanilgan. – Sen takasaltangni qo‘lingdan ish kelmaydi (Salomat Vafo). Takasaltang – hech narsaning g’am-tashvishini qilmaydigan, ishyoqmas, bekorchi. – ...bachchag’ar ichib, bir joyda uchib qoldimi? (A.Qahhor) Bachchag’ar – so‘kish. 1) nafrat, g’azab bilan qattiq koyishni bildiradi. – Men da’yus emasman! (A.Qahhor) Da’yus: 1) qo‘shmachi, dalla; 2) qattiq so‘kish ma’nosini bildiradi. Bu o‘rinda so‘zning birinchi ma’nosi ifodalangan. Bu vulgarizm ham o‘z xotinini begona erkakdan rashk qilmaydigan, qizg’anmaydigan erkaklarga nisbatan nutqda faol qo‘llaniladi. – Hammamiz lattamiz, latta bo‘lmasak bu zang’ar yuzboshining har boshiga ming balo yog’dirmasmidik! (A.Qahhor) Latta: 1) ko‘chm. dag’al. O‘taketgan bo‘sh, noshud; shalviragan. – Buncha pul bilan qaerda uxlaysan, xunasa! (A.Qodiriy) Xunasa: 1) ham erkak, ham ayollik jinsiy belgilari bo‘lgan odam yoki hayvon; 2) so‘kish, dag’al. Yaramas, ablah, razil. Bu yerda ham ikkinchi ma’nosida ishlatilgan. – Qo‘lga tushding-ku, qani endi xo‘jayinga javob berib ko‘r, ha nomard! (G’afur G’ulom) Nomard: 1) erkak emas, mard bo‘lmagan; 2) yaxshilikni, adolat-insofni bilmaydigan, qo‘lidan tantilik kelmaydigan, noinsof, vijdonfurush; 3) so‘kish. Yaramas, ablah, nokas; 4) yuragi yo‘q, qo‘rqoq. Bu vulgar so‘z ham faqat erkak jinsiga nisbatan ishlatiladi, bu o‘rinda so‘zning uchinchi ma’nosi qo‘llanilgan. – Otamning qasdi uchun ham bu shumg’iyalarning urug’ini quritmaguncha qo‘ymaymiz! (Pirimqul Qodirov) Shumg’iya: 1) boshqa ekinlar ildizidan oziqlanadigan tekinxo‘r yovvoyi o‘t; 2) o‘z manfaatini ko‘zlab, o‘zgalar hisobiga yashovchi shaxs, zararkunanda. Bu o‘rinda so‘zning ikkinchi ma’nosi o‘z ifodasini topgan. – Jinimdan yomon ko‘raman shunaqa lattachaynar yigitlarni! (O‘tkir Hoshimov) Lattachaynar – gapining tuturug’i yo‘q; bir gapni hadeb takrorlay bera- digan, gapdan nariga o‘tmaydigan; mijg’ov, ezma. – Mirza yigitim o‘lgur ashaddiy shaloq, buzuq yigit ekan (Oybek). Shaloq: 1) axloqi buzuq, bezori; 2) axloq doirasidan tashqari, axloqsiz, uyatsiz, buzuq. – ...bulturgina dehqonchilik boshlagan bir kosibcha ham bo‘lolmading, nahs bosgan (A.Qod.). Nahs bosgan: 1) din. G’usl qilmagan; 2) so‘kish. Iflos, nopok; 3) ko‘chma. Ishi oldinga bosmagan, yurishmagan. Bu o‘rinda so‘zning ikkinchi ma’nosi erkak kishiga nisbatan qo‘llanilgan. – Bu enag’ar Eshboyevnikida dilbuzar ko‘rib o‘tirganakan (Zulfiya Qurolboy qizi). Onag’ar – so‘kish. Nafrat, g’azab, qattiq koyishni ifodalaydi. –Hey, abitgacha stil xotiningdi qo‘ynidan chiqolmagan hezalak! (Salomat Vafo) Hez (nomussiz, xotinchalish): 1) jinsiy quvvati zaif erkak; 2) so‘kish. erkaklik xususiyati yo‘q, xotinchalish. Bu o‘rinda so‘zning ikkinchi ma’nosi ifodalangan. Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling