Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Boshqaruv izchillik bilan jamiyat-davlat xarakterini kasb etmoqda. U yoki bu tipdagi ta’lim muassasasini boshqarish qonuniyatlaridan foydalanish amaliyotda alohida xarakterga ega. Biroq menejmentda yо‘nalganlik, tizimlilik, demokratiyaga asoslanganlik kabi umumiy xossalari, shuningdek, boshqarish maqsadida aynan bir xil boshqaruv amallarini (rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik, nazorat) bajarish zarurati barcha tipdagi ta’lim muassasasi uchun umumiy sanaladi. Aynan boshqaruvda xarakatlarni integratsiyalash boshqariladigan tizimlarning yaxlitligini, bu bilan ta’lim tizimlarining tiklanishi, normal faoliyat kо‘rsatishi va progressiv rivojlanishiga asosiy hissa qо‘shishi nazarda tutiladi. Ta’lim muassasasi rahbari boshqaruv qonuniyatlarini aniqlab, struktura va jarayonga maqsadli ta’sir kо‘rsatish uchun uning tegishli tur va metodlarini tanlaydi. Ta’lim muassasasini samarali boshqarish uchun direktor boshqaruvning moslashish, dasturiy tartibga solish, kuzatish, о‘zini-о‘zi boshqarish kabi turlarini yaxshi bilishi va ularning dinamikasini ta’minlay olishi talab qilinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqarish modellari (tizimlari)ni tahlil qilib, ularning qator kamchiliklarini kо‘rsatish mumkin: bu tizimlar tо‘lig‘icha ta’lim oluvchi shaxsiga, uning rivojlanishiga qaratilmagan; ta’lim sifatini yaxshi nazorat qilmaydi; tizimlar haddan ziyod markazlashgan (direktor о‘rinbosarlari va tuzilmaviy bо‘linma rahbarlari darajasida mustaqillik yetishmaydi); pedagogik jamoa rivojlanishiga u qadar kо‘maklashmaydi; tizimlar samarali pedagogik texnologiyalar rivojini ta’minlamaydi; ta’lim muassasasi ichki va tashqi muhitdagi tezkor о‘zgarishlarga moslasha olmaydi. Zamonaviy sharoitda boshqaruv qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi: boshqaruvda mehnatni alohida elementlarga asta-sekin bо‘lish, differensiatsiyalash jarayonlari kechmoqda. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tubdan о‘zgarmoqda. Boshqaruvni desentralizatsiyalash о‘zini о‘zi boshqarish organlarining roli, ular rahbarlarining mustaqilligi ortib bormoqda. Ta’limda boshqaruv deganda, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan va bir maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling