Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet116/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

TADQIQOT NATIJASI
Bir qator istiqbolli maktabgacha ta’lim dasturlari va boshqaruv tizimlari bolalarning ijtimoiy va hissiy qobiliyatlarini yaxshilashga qaratilgan. Ba’zi modellar tarbiyachilarning xatti-harakati va o‘zaro ta’siri bolalarning diqqati, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini modulyatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydigan nazariyaga asoslanib, tarbiyachilar uchun strategiyalarni belgilaydi. Bir qator kichik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar va ota-onalarni ushbu strategiyalarga o‘rgatish sa’y-harakatlari samarali bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, tarbiyachilar xatti-harakatlari bilan bog‘liq muammolarni samaraliroq boshqaradigan guruh bolalarining faolligi yuqori ekanligi aniqlandi. Biroq, bu jarayonlar ham korrelyatsion ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, guruhdagi muhitni o‘zgartirish bolalarning xatti-harakatlari va o‘quv faoliyatidagi o‘zgarishlarga olib keladimi yoki yo‘qmi, degan savol tug‘diradi. Ta’limni o‘rganish asosi ushbu bog‘lanishlarning mumkin bo‘lgan sababini tekshirish imkoniyatini beradi.


2-jadval.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha so‘rovnoma150



1

Rahbaringiz maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va dasturlar bilan o‘zi va xodimlarini tanishtirib chiqadimi?

2

Rahbaringiz pedagog-tarbiyachilarning ta’lim-tarbiyaviy jarayondagi faoliyatini muntazam nazorat qilib boradimi?

3

MTT da o‘quv-seminarlar tashkil qilinadimi?

4

Boshqa MTTlar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yilganmi?

Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish maqsadida Farg‘ona maktabgacha ta’lim klasteri malaka oshirish kurslariga jalb qilingan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari оrasida direktorlar faoliyatini o‘rganish maqsadida anonimlik qoidalariga muvofiq so‘rovnoma o‘tkazildi.


So‘rovnomada 50 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi. O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, ishtirokchilarning 47 nafari (94%) o‘z rahbarlarining maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va dasturlari bilan tanishib chiqqanligi, 3 nafari (6%) esa qisman tanish ekanligi aniqlandi.
Rahbarlarning pedagog-tarbiyachilarning ta’lim-tarbiyaviy jarayonidagi faoliyatini muntazam nazorat qilib borishi bo‘yicha berilgan savolga 40 nafari (80%) ijobiy javob berishgan, 10 nafari (20%) esa nazoratning yetarli darajada emasligini belgilashgan.
So‘rovnoma ishtirokchilarining 30 nafari (60%) MTTda o‘quv-seminarlar tashkil qilinishini tasdiqlagan bo‘lsa, 20 nafari (40%) bunday tadbirlarning amalga oshirilmasligini ma’lum qilishgan.
Boshqa MTTlar bilan o‘zaro hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha 28 nafar (56%) ishtirokchi hamkorlikni tasdiqlagan bo‘lsalar, 22 nafar (44%) ishtirokchi buni rad etishdi.
Boshqaruv usuli odatda menejerning xodimlar va mehnat jamoalariga maqsadli ta’sir ko‘rsatish, ularning harakatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash usullari majmui sifatida talqin etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu yerda usul – bu tashkilotning erishilgan darajasi bilan shartlangan, rahbardan tashqarida va mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan mutlaqo ob’yektiv tushunchadir.
Boshqarishning turli usullari va vositalarining optimal kombinatsiyasi va nisbatini tanlash analitik va psixologik ijodiy harakatdir.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, tarbiyachi-xodimlar bilan bevosita aloqasi, ichki nazoratning shaffof emasligi, tashkilotga oliy ma’lumotli kadrlarni jalb etmaganligi, hududdagi boshqa ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik va tajriba almashinuvining to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi muammolar aniqlandi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling