Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet118/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
KOKAND UNIVERSITY HERALD
ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА




ISSN: 2181-1695

OAK: 01-08/1819/6

www.herald.uz



MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA O’YIN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Mamaraximova Mushtariy
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

MAQOLA HAQIDA

ANNOTATSIYA



Qabul qilindi: 24-may 2022-yil
Tasdiqlandi: 26-may 2022-yil
Jurnal soni: 3
Maqola raqami: 12
DOI: https://doi.org/10.54613/001147

Maqolada o’yinning yosh xususiyatlari, o’yin jarayonida bolalar orasida ikki turdagi munosabatlarni shakllantirish, kuzatish, taxli va tatbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini o’yin orqali rivojlanish markazlarida tashkil etish, umumiy guruxlarda ta’lim jarayonini rejalashtirish, guruhlarda tashkil etiladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘yinli texnologiyalardan to’g’ri va samarali foydalanish ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning maktabgacha ta’lim tizimining boy tajribasini o’yinlar orqali qo’llashning o’ziga xosligi asoslab berilgan.



KALIT SO‘ZLAR

O’yin faoliyati, o’yin texnologiyasi, sahnalashtirish o’yinlari, ijodiy o’yinlar, qoidali o’yinlar, ta’limiy o’yinlar, milliy o’yinlar.






KIRISH

Bugungi kunda Oʻzbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berish, rivojlantirish va tarbiya qilish davlat taʼlim siyosatining muhim vazifasi hisoblanadi. Uning asosiy yoʻnalishlari davlat va hukumat, Maktabgacha taʼlim vazirligining qator hujjatlarida aks etgan. 2019-yil 16-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunda, maktabgacha taʼlim va tarbiyani bolalarni oʻqitish va tarbiya qilish, ularni aqliy, maʼnaviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish hamda umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz taʼlimning bir qismi sifatida belgilaydi. Bu qonun, tizimda o’ziga xos bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqdi va amalda joriy etilishini ko’rsatib ta’minlovchi hujjat sifatida qabul qilindi. 151
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4312-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Bu qonunning ko’rsatib o’tilgan chora-tadbirlarida, maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, olalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash belgilab qo’yilgan. 152
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi tasdiqlangan edi. Bu ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturiga koʻra, maktabgacha taʼlim tashkiloti (MTT) da taʼlim faoliyatini tashkil etishning eng muhim tamoyili – oʻyin orqali maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni oʻqitish va rivojlantirishdir. Bu dastur guruhdagi beshta faoliyat markazida olib boriladigan mashg’ulotlarni, sayrlar, mustaqil faoliyatlarni o’yin tarzida olib borilishi nazarda tutilgan. 153
Oʻyin bolalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy va hissiy salomatligi va farovonligida markaziy rol oʻynaydi. Tadqiqotlar hatto oʻynash imkoniyatidan mahrum bolalar keyinchalik ijtimoiy va hissiy muammolarga duch kelishi mumkinligini tasdiqladi. Oʻyin bu bolalar olamni qanday qabul qilishi va oʻz tajribasini anglashidir. Oʻyin shunday ahamiyatga egaki, 2013-yilda BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada oʻyinlar va oʻyin-kulgi bolalar salomatligi va farovonligi uchun juda muhimdir va ijodkorlik, tasavvur, oʻz-oʻziga ishonch, samaradorlik va jismoniy, ijtimoiy, kognitiv va hissiy kuch va koʻnikmalarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Ular taʼlimning barcha jihatlariga hissa qoʻshadilar; oʻyinlar kundalik hayotda ishtirok etish shakli boʻlib, bolaga faqat quvonch va zavq keltirishi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega.
Soʻnggi yillarda tadqiqotchilar, pedagoglar, psixologlar va shifokorlar oʻyin barcha sohalarda yosh bolalarning sogʻlom rivojlanishi uchun hayotiy muhim element ekanligini ishonarli darajada isbotlab berishdi. Bu BMTning “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyasining 31-moddasida ham belgilangan154. Unda aytilishicha, bolalar yoshiga mos oʻyinlarda ishtirok etish huquqiga ega. Bolalar oʻyin kompetensiyalarini egallashlari uchun ularga vaqt, makon, materiallar hamda ota-ona yoki vasiylarning, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan malakali tarbiyachilarning qoʻllab-quvvatlashi kerakligi ko’rsatib o’tilgan.
Shu sababdan oʻyin alohida bolalar uchun taʼlimda muvozanatni saqlashga yordam beradi, chunki bola oʻz taʼlimini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan darajada va jadallik bilan olib boradi. U har bir bolaning rivojlanish ehtiyojlari va manfaatlarini gʻayrioddiy tarzda inobatga oladi.
Oʻyinda ikki yoki undan koʻp bolalar birga qurishsa, u ijtimoiy boʻlishi mumkin. Agar bolalar qolipga amal qilmasa yoki tuzilmani qaytadan yaratsa hamda shaxsiy dizaynga koʻra qandaydir yangilik oʻylab topsa, u ijodiy boʻlishi ham mumkin. Bundan tashqari, oʻyinning har xil turlari va darajalarini qator ijobiy ijtimoiy va (bilish jarayonlari) kognitiv natijalar bilan bogʻlovchi juda koʻp tadqiqotlar oʻtkazilgan. Oʻyinning yosh xususiyatlari, oʼyin jarayonida bolalar orasida ikki turdagi munosabatlarni shakllantirish, kuzatish, tahlil va tatbiq etish, taʼlimi-tarbiya jarayonini oʻyin orqali rivojlanish markazlarida tashkil etish, umumiy guruhlarda taʼlim jarayonni rejalashtirish tartibi guruhlarda tashkil etiladigan rivojlantiruvchi muhit haqida maʼlumot beriladi.
O’rganishlar natijasida o’yin texnologiyasida foydalanib tarbiyachilar quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ladi:

  • Oʻyinning yosh xususiyatlari, oʻyin jarayonida bolalar orasida ikki turdagi munosabatlar shakllantirish, kuzatish, tahlil va tatbiq etish haqida bilimga;

  • Taʼlimi-tarbiya jarayonini oʻyin orqali rivojlanish markazlarida tashkil etish. Umumiy guruhlarda taʼlim jarayonni rejalashtirish tartibi, guruhlarda rivojlantiruvchi muhit tashkil etish koʻnikmalariga ega boʻladi;

  • Moddiy-texnika bazaga ega va ilgʻor tajribaga ega mutaxassislar faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan faoliyat turlarini kuzatish asosida faoliyatni tahlil etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi. Bu o’yin texnologiyalari tarbiyachilar va bolalar o’rtasida ta’limiy hamkorlikni belgilab beradi155.

Ushbu tajriba mavzusining dolzarbligi shundaki, o‘yin motivatsiyasi maktabgacha yoshda boshlang‘ich bilim hisoblanadi va uning asosida maktabga tayyorlik shakllanadi. Asosiy masala - o‘yin texnologiyalaridan foydalangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ish tizimini yaratish, bu an'anaviy va innovatsion texnologiyalarning uyg‘un kombinatsiyasini ishlab chiqish. Ushbu ta’lim o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtiradi, aqliy jarayonlar va nutq bilan ishlash metodlarini shakllantiradi. O‘yin texnologiyasidan foydalangan holda biz maktabgacha yoshdagi bolalarni asosiy narsani ko‘rishga, olingan bilimlarni tizimlashtirishga o‘rgatamiz.156



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling