Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yin texnologiyalaridan foydalanish muammolari va echimlarining SWOT tahlili metodi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- S-afzalliklari
- W- kamchiliklari
- O- imkoniyatlar
- T- tahdidlar
- Fikriy hujum” metodi
1-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yin texnologiyalaridan foydalanish muammolari va echimlarining SWOT tahlili metodi.163
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’yin texnologiyalaridan foydalanishning SWOT tahlilini quyidagi ko’rishimiz mumkin. Bu metodning maqsadi quyidagilardan iborat: mavjud bo’lgan nazariy va amaliy bilim, tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash natijasida mazkur muammoni yechimini topishga mo’ljallangan hamda bilimlarni mustahkamlash takrorlash, baholashga mustaqil fikrlashni hamda tafakkurni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, to’rt tamonlama o’rganishni ochib beradi. Loyiha ishining emperik qismidan olingan ilmiy farazga asoslanib biz tadqiqotimizning keying bosqichini SWOT analiz orqali batafsil ochib berishga harakat qildik. S-afzalliklari 1. O’yin orqali barcha bolalar jamoa bo’lib qatnashadi va o’zlarini erkin tutadilar 2. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, o‘zining jamoa uchun zaruriyatini sezadi; 3. Bolada emotsional yetuklik- emotsional barqarorlikda namoyon bo‘ladi; 4. O‘qishga boʻlgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi; 5. Bola shaxsida o‘ziga bo‘lgan ishonchi rivojlanadi. W- kamchiliklari 1. Tarbiyachilarda bolalarda o’yin texnologiyalaridan qanday foydalanish va uni turli yosh bosqichlarida qanday yo’l-yo’riqlar bilan olib borish haqida to’liq bilimga ega emasligi; 2. Yetakchi mutaxassislar yetishmasligi; 3. Didaktik mashg‘ulotlarning soni kamligi; 4. Ota-onalar bilan hamkorlik muammosi; 5. Infratuzilma (texnik resurs) yetishmasligi. O- imkoniyatlar 1. Maktabgacha yoshda o’yinlarga oid ko’nikmalar shakllanadi; 2. Bilish orqali dunyoqarashi rivojlanishi imkoniyatini beradi; 3. Hamkorlikda ishlash orqali ota-ona hamda tarbiyachi pedagoglar bolaning atrof-muhitga, olamni asrashni habardor bo‘lishi ; 4. Bola shaxsi jamoaga, muhitga erkin adaptatsiya qilish imkonini beradi. T- tahdidlar 1. Tarbiyachi va hamkorlikda ishlamaslik natijada bolalarda o’yin va ijtimoiylashuvning kechikishi; 2. Bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirishda zamonaviy metodlardan foydalana olamaslik; 3. Bolalarda ularning yoshiga va tabiatiga mos o’yinlardan foydalanmasligi; 4. Maktabgacha yoshdan boshlab bilimlarni to’liq berilmasligi maktab ta’limiga o’tishda salbiy ko’rinishlarga olib kelishi. “Fikriy hujum” metodi Mazkur metod tarbiyachilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodining asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad bolalarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish tarbiyachining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida tarbiyachilarning soni 10-15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling