Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotirasida saqlab qolish qobiliyatini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Multimedia texnologiyalari tarbiyalanuvchilardan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi. Multimedia texnologiyasi yordamida o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalarni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Multimedia texnologiyasi bolani bilish darajasini oshirishga kuchli ta'sir ko'rsatadi va o'qish qobiliyatini optimallashtirishtiradi, bolaga ko’plab imkoniyatlar yaratadi ularning tegishli ehtiyojlarini kengaytiradi, bundan tashqari, bolalarning qiziqishi ortadi va ularning e'tibori o'qishga jalb qilinadi. Multimedia texnologiyalari yordamida savodga tayyorlash jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar: Pedagog-tarbichilarning faoliyat jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini oshirish uchun o’quv seminarlari, master-klaslar tashkil qilinishi kerak. Ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qillishni rag’batlantirish maqsadida “Eng innovatsion pedagog-tarbiyachi” tanlovlari o’tkazilishi kerak. Shuning uchun ham ta`lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, multimedia texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Agar tarbiyachi zamon talabiga mos bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lsa, shubhasiz u ta'lim berayotgan tarbiyanuvchilar ham zamon talabiga mos yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishadi. Biz zamonaviy texnoligiyalarning faqat yaxshilikka yog‘rilgan tomonidan foydalanib, yosh avlodga ham faqat ijobiy taraflarini ko‘rsatib bera olsak, mana bu biz o‘ylagan maqsad bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim tarbiyachilari oldida katta mas’uliyat turibdi. Bu raqamli hayotimizda yosh avlodning ongu-shururi murg‘akligidan aniq maqsadlar va yaxshilik bilan boyitilsa, ular ulg‘aygan sari hech qanday kuchlar ularning ongini zaharlay olmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling