Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet97/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, inklyuziv ta’lim nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar uchun, balki butun ta’lim tizimi uchun ham ta’limni rivojlantirishdagi navbatdagi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash muammosini hal etishning qiyinligi ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining kasbiy layoqatsizligi, jamiyat hayotida keng ishtirok etadigan bunday bolalarning imkoniyatlarini jamiyatda tushunmaslik bilan murakkablashadi. Shunga asoslanib, MTTda inklyuziv ta’limni amalga oshirayotgan tarbiyachilarining kasbiy kompetentligi darajasini oshirish va nogiron bolalar va ularning ota-onalar uchun shart-sharoitlarni ishlab chiqish va yaratish lozim.
Tarbiyachi ko‘p vaqtni bolalar bilan o‘tkazadigan asosiy aktyordir. Uning asosiy ishiga o‘quv mashg‘ulotlari, bayramlar va ekskursiyalar o‘tkazish kiradi. Pedagogik muloqotning har qanday shakli aniq belgilangan maqsadlarga ega bo‘lishi kerak. Ya’ni ta’lim tizimi dastur materialini inklyuziv ta’lim talablari darajasida ishlab chiqishi, muammolarini hal qilishi kerak.
Korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni tarbiyachi barcha bolalarning qobiliyat va imkoniyatlarini rivojlantirishga va mavjud kamchiliklarni pedagogik-psixologik metodlar bilan tuzatishga aniq yo‘naltirishi kerak.
Tarbiyachining metodlari mashg‘ulot muammolarini hal etish uchun asosiy vositadir. Ular mohirona tanlangan bo‘lishi lozim. Metod va usullarni shunday birlashtirish, yoki o‘zgartirish kerakki, shu bilan birga pedagoglar faoliyati turlarida o‘zgarish yuz bersin, toki dominant analizator o‘zgarsin, ish vaqtida iloji boricha ko‘p analizatorlar - eshitish, ko‘rish, motorika, xotira va moddiy idrok jarayonida mantiqiy tafakkur ishtirok etsin.
Albatta, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash, ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Inklyuziv guruhda tarbiyalanuvchilar ayrim sabablarga ko‘ra mashg‘ulot jarayonini kuzatib borishni istamaydi, shuning uchun ular yordamga muhtoj. Mashg‘ulot davomida bolalar holatidan kelib chiqqan holda topshiriqlarni berish tavsiya etiladi. Vazifa qisqa, aniq bo‘lishi, vazifalarni to‘liq bajarishga yordam berishi kerak bo‘ladi.
Tadqiqot yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirishda quyidagi takliflar o‘rinlidir:
MTT pedagog-tarbiyachilarida inklyuziv kompetensiyani kamol toptirishga doir davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazib borish;
MTTning ijtimoiy tarmoqlardagi saytlari va guruhlarida ota-onalar uchun inklyuziv ta’lim haqidagi ommabop ma’lumotlarni joylashtirib borish;
Har bir MTTning o’ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda inklyuziv ta’limni joriy etish va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash;
inklyuziv ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
inklyuziv ta’limni joriy etgan MTTlarni inklyuziv ta’limga oid o‘quv-metodik adabiyotlar bilan boyitib borishga alohida e’tibor qaratish orqali mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimida dolzarb bo‘lib turgan inklyuziv ta’limning sifatini oshirish hamda bu jarayonda pedagog-tarbiyachilarining inklyuziv kompetensiyasini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir.




Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling