Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet94/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

TADQIQOT NATIJASI
Tadqiqot davomida anketa so‘rovnoma metodi asosida ish olib borildi va mavzu yuzasidan davra suhbatlari, seminar-treniglar o‘tkazildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari bilan tajribalar almashildi.
1-diagramma.
MTTda nogironligi bor bolalar bilan sog‘lom bolalarning birga ta’lim olishi ma’lumoti

So‘rovnoma natijalaridan ma’lumki, tarbiyachilarda inklyuziv ta’limning imkoniyatlari va natijalari haqidagi ko‘nikmalar kamligi tufayli ularning bilim ko‘nikma va malakalarini oshirish, inkluziv ta’lim to‘g’risidagi metodik qo‘llanmalar bilan ularni ta’minlash MTT tarbiyachilari o‘rtasida mavzuga oid konsiliumlar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



2-rasm. MTTlarda logoped, defektolog va psixologlarning o‘zaro hamkorligi

Bu savollarimizning javoblaridan ko‘rish mumkinki, aksariyat MTTlarda logoped, psixolog, defektologlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli tarbiyachilarning nogironligi bor bolalar bilan ishlash ko‘nikmasi to‘liq shakillanmagan. Muammoni bartaraf etish uchun MTT mudirasi tomonidan tashkilot xodimlarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi to‘g’risida kengash qarori bilan mustahkamlab qo‘yish hamda haftaning bir kunida xodimlar o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish uchun tashkilotda metod kunini joriy qilishi kerak.




2-diagramma
Tarbiyachi-pedagoglarning Inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni bilish va amalda qo‘llay olishi haqida bilim ko‘nikmasi foizda



Biron bir muammoni hal etishdan avval unga oid qonun-qoidalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida inklyuziv ta’lim to‘g’risidagi qonunlarni bilish va xabardor emaslik darajasi deyarli tengligi oydinlashdi. Tadqiqotimiz tahlili shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi-pedagoglarga Inkluziv ta’limning meyoriy hujjatlari bo‘yicha seminar-trening tashkil qilish lozim.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling