3-diagramma
Tarbiyachilarning ma’lum bir ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash ko‘nikmalari haqida (foizda)
Javoblardan ma’lumki, ko‘pchlik tarbiyachilar ma’lum bir nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan ish olib bormaganligi bois ular bilan ishlash malakalariga ega emaslar.
Tadqiqotimiz natijasidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, tarbiyachi-pedagoglarda AEMB bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun tarbiyachilar uchun maxsus metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish lozim hamda har 3 oyda malaka oshirish kurslariga jalb qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4-diagramma
MTTlarga inklyuziv ta’limning joriy etilishi va yurtimizga kirib kelishining afzalligi haqida
MTTlarga ham inklyuziv ta’limning joriy etilish foydali usul hisoblanadi. Sababi ma’lum bir ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning jamiyatga qo‘shilishi yoshlikdan shakllanadi va osonlashadi. So‘rovnomada ishtirok etgan ko‘pchilik tarbiyachilarning fikrlari ham bu borada ijobiy taraflarga o‘zgardi. Tarbiyachi-pedagoglarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha tasavvurlari rivojlanishi uchun chet el malakasi bilan ularni tanishtirish, zarur hollarda ularni chet davlatlarga (inklyuziv ta’lim rivojlangan) malaka almashish uchun yuborish kerak.
So‘rovnomadan ma’lumki, hamma tarbiyachilar kasbiy kompetensiyani o‘zlaridan kelib chiqqan holda tushunishdi va bularning barchasi to‘g‘ri ma’lumotga ega ekanliklari ma’lum bo‘ldi.
Tajriba-sinovlarimiz bo‘yicha xulosalar shundan iboratki, MTTlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilarning ko‘pchiligi o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.
Yana bir muhum tarafi shundaki, tarbiyachilarning 37 nafari, yani 69.8 % i maxsus ehtiyojga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan ishlamagan va ular bilan qanday ish olib borish haqidagi ko‘nikma va malakalarga ega emas.
5-diagramma
Tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi haqida.
Eng achinarlisi, so‘rovnomadagi “Sog‘lom bolalar bilan ma’lum bir ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning birgalikda bilim olishiga qanday munosabat bildirasiz?” degan savolga tarbiyachilarning 20 nafari, ya’ni 37,7 % qismi “qarshiman”, deb javob berganlar. Bundan ko‘rinadiki, tarbiyachilar va tashkilot direktorlari uchun alohida seminar-treninglar tashkil etish, malaka oshirish kurslarida o‘qitib, ularga inklyuziv ta’lim haqida ma’lumotlar berish, hamda inklyuziv kompetensiyasini takomillashtirish zarur.
So‘rovnoma o‘tkazilgan DMTT pedagog-tarbiyachilariga MTTlarda inklyuziv ta’limning joriy etilishi insonparvarlikning muhim ko‘rinishi ekanligi, alohida ehtiyojga ega bolalar ham sog‘lom tengdoshlari qatorida ta’lim-tarbiya olish huquqiga egaligini tushuntirildi. Guruhlarda inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yishga doir mahorat darslari tashkil qilinib, bu yo‘nalishga doir dasturlar taqdim etildi va ularning inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qarashlari ijobiy tomonga o‘zgartirildi. Shundan keyin o‘tkazgan so‘rovnomamiz natijalari quyidagicha bo‘ldi: tarbiyachilarning qariyb 87 % MTTlarda inklyuziv ta’limni joriy etishni qo‘llab-quvvatladilar. (6-diagramma)
Do'stlaringiz bilan baham: |