2-rasm. Imkoniyati cheklangan bola bilan ishlashda ota-ona hamkorligi (foizda)
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona hamkorligi muhimmi, degan savolga 70% “ha”, 20% “qisman muhim”, 10% esa “ahamiyatsiz”, degan javoblarni berishgan. Ota-ona hamkorligi bolaga doimiy ravishda ijobiy ta'sir ko'rsatishi, bolaning ular tarafidan qo'llab-quvvatlanishi va mehr-muhabbat bilan tarbiya berilishi bolaning rivojlanishida va har taraflama ilg‘or bo'lishida muhim ahamiyat kasb etishi qatnashchilar tarafidan e’tirof etilgan. Demak, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona hamkorligi birinchi o'rinda, desak mubolag‘a bo'lmaydi. Chunki imkoniyati cheklangan bolaning tengdoshlari safiga qo'shilishi, ta'lim olishi, sog‘lom muhitda o’sib-ulg’ayishi ota-onaga bog‘liqdir (2-rasm).
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda sizning tashkilotingizda tarbiyachi maharoti yetarlimi, degan savolimizga so’rovnoma qatnashchilari 30% “ha”, 40% “yo‘q” va 30% “qisman”, degan javobni berishdi. Tahlilga ko’ra alohida ehtiyojga muhtoj bolalarga ta’lim va tarbiya berishda tarbiyachilar mahorati ko’pgina ta’lim tashkilotlarida yetarli emas.
Tarbiyachi imkoniyati cheklangan bola bilan qanday usullarda ishlash ko’nikmasiga ega emas. Bolaning guruhda ta’lim olishi, rivojlanib borishida ko’pgina mas’uliyatli ishlar tarbiyachiga yuklatiladi.
3-rasm. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda MTTda tarbiyachi mahorati (foizda)
Ushbu tadqiqot natijasidan xulosa qilib aytamizki, barcha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yetarli mahoratga ega bo’lishini ta’minlagan holatda tashkilot tarbiyachilariga seminar-treninglar o’tkazilishi, tarbiyachining kasbiy faolligini oshirishimiz lozim. (3-rasm).
4-rasm. Sog‘lom bolalarning imkoniyati cheklangan bolalar bilan bir guruhda tarbiyalanish ahamiyati (foizda)
Sog‘lom bolalar imkoniyati cheklangan bolalar bilan bir guruhda tarbiyalanishi yaxshimi, degan savolimizga so‘rovnoma qatnashchilari 50% “ha”, 30% “yo‘q” va 20% “ahamiyatsiz”, degan javoblarni berishgan. Xulosada sog‘lom bolalar bilan imkoniyati cheklangan bolalar bir guruhda ta’lim olishi so’rovnoma qatnashchilari tomonidan ma’qullangan. Chunki sog‘lom bolalar imkoniyati cheklangan bolalar bilan tarbiyalanishi natijasida sog‘lom bolalarda tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi, ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish-insonparvarlik hissi tarbiyalanadi. Imkoniyati cheklangan bolada esa tengdoshlari bilan birgalikda ishlashi natijasida tenglik hissi uyg‘onadi. (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |