Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm. Inklyuziv ta’limning imkoniyati cheklangan bolalar uchun muhimligi (foizda)


Download 3.1 Mb.
bet105/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

7-rasm. Inklyuziv ta’limning imkoniyati cheklangan bolalar uchun muhimligi (foizda)

Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun muhimmi, degan savolimizga so‘rovnoma qatnashchilaridan 60% “ha”, 25% “yo‘q” va 15% “ahamiyatsiz”, degan javoblar berilgan. Bundan inklyuziv ta’lim muhim, degan xulosaga kelindi. Chunki inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar bilan imkoniyati cheklangan bolalar uchun sifatli bo’lgan ta’lim hisoblanadi. Chunki bunda har ikkala taraf ham foyda ko’radi. (7-rasm)





8-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishi uchun kerakli jihozlar bilan jihozlanganligi (foizda)

Ushbu so‘rovnoma javoblarida 30 % “ha”, 50 % “yo’q” va 20 % “qisman”, degan javoblar berilgan. So’rovnoma xulosalaridan ma’lumki, hozirda ta’lim tashkilotlarida imkoniyati cheklanganlar uchun yetarli shart-sharoitlar yo’q (8-rasm).


Bola uchun ota-ona hamkorligi juda ham muhim, ayniqsa, bu imkoniyati cheklangan bola bo‘lsa. Bolaning tarbiylanishida va sog‘lom o‘sib ulg‘ayishida oilaning o‘rni beqiyosdir.
Imkoniyati cheklangan bolaning ijtimoiy moslashuv jarayonining mazmuni quyidagi o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat; motivatsion (ehtiyojlar, motivlar, ijtimoiy o‘zini-o‘zi takomillashtirishga qiziqishlar, ijtimoiy qadriyatlar); bu kabi tushunchalar ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi orqali his qildirilib boriladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning bog‘chaga ko‘nikishi, ayniqsa, tarbiyachi va bola uchun atrof-muhitdagi o‘rtoqlarini bu muhitga ko‘niktirish, qo‘llab-quvvatlash va o‘zgarishlar tufayli qiyin bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolaning maqsadi, imkoniyati cheklangan bolalar bog‘chasiga o‘tish davomida hamkorlikni kuchaytirishdir. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan shug‘ullanib, uni qo‘llab-quvvatlashda guruhdagi tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilarning o‘rni katta. Shuningdek, bolaga g‘amxo‘rligi, u bilan alohida shug‘ullanish uchun ajratgan vaqti bola uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar qo‘llab-quvvatlashiga urg‘u beriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelayotgan bolaning rivojlanishida tengdoshlariga qaraganda kechikishlar bor va qabul qilishi qiyin kechadi. Bunda bolaning kasallik turiga qarab maktabgacha maxsus tarbiyachisi tomonidan qo‘llab-quvvatlash, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-ona hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling