Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
TADQIQOT MUHOKAMASI
So‘nggi yillarda jamiyatning nogiron kishiga, ya’ni imkoniyati cheklangan shaxsga munosabati tubdan o‘zgara boshladi, ular jamiyatning teng huquqli va munosib a’zosi, deb tan olindi. Lekin bugungi kunda imkoniyati cheklangan shaxslarning qo‘shimcha muammolari bor. Odatda oilada imkoniyati cheklangan bola tug‘ilishi bilan ota-ona tashvishga tushadi va moddiy, maishiy, moliyaviy muammolari ko‘payadi. Ushbu vaziyatda ko‘pincha bola tengdoshlariga qo‘shilmaslik oqibatida o‘z qobig‘iga o‘ralib qolib ketadi. Masalan, bir oilada imkoniyati cheklangan bola tug‘ilsa, kamdan kam holatlarda ota-ona uni qo‘rqmasdan ta’lim tashkilotlariga qo‘sha oladi. Boshqa tarafini oladigan bo‘lsak, ota-ona ko‘pincha bolasining imkoniyati cheklanganidan uyaladi. Bunday vaziyatlarda ko‘pincha ota-onalar bolaga o‘zim ta’lim va tarbiya beraman deb ta’lim tashkilotlariga bermaydi va odamlarning ko‘ziga ko‘rsatmaydi, bola o‘zi bilan o‘zi qolib ketishi natijasida sezilarli darajada yomon oqibatlar kuzatiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga imkoniyati cheklangan bola kelganida uni guruh muhitiga moslashtirish tarbiyachi uchun juda muhim va murakkab ish. Bunda tarbiyachi, albatta, psixolog bilan hamkorlikda bolaning aynan nimadan qiynalishi va nimalarga qiziqishini kuzatish orqali bilib olishi kerak. Bunda ota-ona hamkorligi ham tarbiyachi va psixolog hamkorligiga birlashgan holatda bo‘ladi. Tarbiyachi ota-onalar bilan tez-tez uchrashuvlar uyushtirib, munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib tursa, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulot bola uchun ahamiyatli hisoblanadi. Bu esa ota-onaga farzandining nimaga qodir ekanini anglashda yaqindan yordam beradi. Bolasining tengdoshlari qatoridan ajralib qolmayotganini, ta’lim olayotganini tushunib etadi. Bolasining o‘zi ko‘rmagan xususiyatlarini anglashida hamkorlik qay darajada muhim ekanligini his qiladi va farzandi oldida uning kelajagiga zamin yaratib berish mas’uliyati yanada oshadi. Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozara bolalarning ijtimoiylashuviga, maktab bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda sog‘lom muhit yaratishga imkon beradi. Uchrashuvlar maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi, guruh tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordamlashadi. L.S.Vigotskiyning fikricha, nuqsonli bolani tarbiyalash boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish va uning hayotga integratsiyasini ta’minlash, deb hisoblaydi va buning uchun shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki, maxsus yordamga muhtoj bola o‘qish jarayonida har tomonlama rivojlansin. Ushbu fikrga ko’ra imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalashda pedagoglar uchun keng targ‘ibot ishlarini olib borish, jumladan qabul qilingan qaror, farmoyishlarni o’z o’rnida ularga yetkazish va mutaxassislar bilan muntazam ravishda hamkorlik ishlarini amalga oshirishi lozim. Yuqorida o’rganganlarimiz asosida erta yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratish biz uchun katta yutuqlar beradi. Inklyuziv muhitning foydali taraflari shundaki, tarbiyachi, mutaxassis va ota-onalar birgalikda ishlashadi, shunda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimini o‘z vaqtida bilib olish va tengdoshlaridan ajralib qolish muammosi bo‘lmaydi. Bola barcha o‘quv dasturlari va tadbirlarga kirish huquqiga ega bo‘ladi hamda o’zi ham ishtirok etadi. Qo‘llab-quvvatlash orqali bola tengdoshlari qatorida yutuqlarga erishadi, ijtimoiylashadi. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligida guruhlarda inklyuziv ta’lim muhitining yaratilishi juda katta foyda beradi. Imkoniyati cheklangan bola uchun inklyuziv ta’lim yana nimalar beradi: Imkoniyati cheklangan bola o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etadi; Dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi; O‘qishga bo‘lgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi; O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi; Sezilmagan imkoniyatlari ochiladi; Yotsirash, yakkalanish kabi jihatlari yo‘qoladi. Endi inklyuziv ta’lim muhitini maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarida yaratish orqali sog‘lom bolalar zarar ko‘rmaydimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Biz bu savolga, albatta, yo‘q degan javobni qat’iy ayta olamiz. Chunki inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Inklyuziv ta’lim orqali sog‘lom bolalar o‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar, tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi, ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish, ya’ni insonparvarlik hissi tarbiyalanadi. Bolalarda atrofdagi imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan pozitiv munosabat va hurmat tarbiyalanadi. Yordamga muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar va boshqalarning dardini o‘ziniki singari qabul qiladilar. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling