1-rasm. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar qamrovi ko’rsatkichi dinamikasi147
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof- muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilingan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi.148
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2021-yil boshida jami 7753 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari (oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini inobatga olmagan holda) tashkil etilgan. Bu o‘sish 4 yil davomida o‘rganib chiqildi.
О‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”da kо‘rsatib о‘tilganidek, maktabgacha ta’lim – bu kо‘p tomonlama, aniq maqsadga yо‘naltirilgan, bolalarni ta’limning keyingi bosqichi – maktab ta’limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim va tarbiya berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |