Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet99/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

KOKAND UNIVERSITY HERALD
ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА




ISSN: 2181-1695

OAK: 01-08/1819/6

www.herald.uz



IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN ISHLASHDA
OTA-ONA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HAMKORLIGI
Mamajonova Nozila
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

MAQOLA HAQIDA

ANNOTATSIYA



Qabul qilindi: 24-may 2022-yil
Tasdiqlandi: 26-may 2022-yil
Jurnal soni: 3
Maqola raqami: 10
DOI: https://doi.org/10.54613/001145

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar hamkorligi, imkoniyati cheklangan bolalar bilan mashg‘ulot olib borishning turli usul va metodlari keltirilgan. Alohida ta’lim olishga muhtoj bo’lgan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kelgusidagi vazifa va majburiyatlari tahlil etilib, xorij tajribasining o‘ziga xos usullari o‘rganilgan.



KALIT SO‘ZLAR

Imkoniyati cheklangan bolalar, xulq-atvor, maktabgacha talim tashkiloti, ota-ona hamkorligi, ijtimoiylashuv.






KIRISH


Bilamizki, bugungi kunda har bir insonning, xususan imkoniyati cheklangan bolalarning ham ta’lim olish huquqi davlat tomonidan kafolatlangan. Oramizda shunday insonlar borki, ularning jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin maʼnaviyati yuksak, ruhiyati esa juda kuchli va matonatli. Afsuski, nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘pincha ishlash, taʼlim darajasini oshirish va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. Hozirgi paytda ularning soni jahon miqyosida juda ko‘payib bormoqda. Aksariyat hollarda ular kamsitish va “qo‘li kaltalik”dan aziyat chekadilar. Albatta, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi eng katta masʼuliyatli ish davlat zimmasiga yuklatiladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi 2009-yil 27-fevralda imzolangan, biroq uni ratifikatsiya qilish masalasi hal etilmagan edi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ushbu masala ilgari surilib, imkoniyati cheklangan shaxslar huquqlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish, alohida qonun qabul qilish lozimligi taʼkidlangan.142
Qayd etish lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 22-fevral kungi BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha mintaqaviy kengash tuzish taklifi bildirilgan va O‘zbekistonda alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlangan edi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling