Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mazkur tadqiqot yuzasidan xorijiy olimlar tomonidan nazariy va amaliy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, o‘z ishlarida imkoniyati cheklangan bolalar Ajzen I., Ammah J., Arab, M. K., Lytle, R., Beamer A., Yun J., C. Acedo M. R. Amadio143 va boshqa olimlar tomonidan atroflicha tadqiq etilgan. Rivojlanishida nuqsoni bor bola oilasining alohida muammolari T.A.Bogdanova, G.B.Shoumarov, A.I.Dobrovolskaya, I.Y.Levchenko, I.I.Mamaychuk, V.L.Martinova, G.V.Pyatakova, YE.M.Mastyukova, G.A.Mishina, A.I.Raku, M.M.Semago, I.A.Skvorsova, T.N.Osipenko, A.S.Spivakovskaya, N.B.Shabalina, A.R.Sharipova, N.N.Shkolnikova, V.V.Yurtaykina boshqalar tadqiqotlarida yoritilgan. Respublikamizda R.Sh.Shomahmudova imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy, texnikaviy yordam ko’rsatish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilishda o’z hissasini qo’shgan. L.Sh.Nurmuxamedova “Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari” mavzusida tadqiqot ishini olib borgan bo‘lib, uning tadqiqoti ota-ona va nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik holatlarini o‘rganish va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bola, agarda u maxsus ta‘lim muassasasiga qatnayotgan bo‘lsa shaxs sifatida rivojlanishi, ijtimoiy yetukligining muhim shartlaridan biri uning atrofdagi kattalarning: ota-onalar va pedagoglarning hamkorlikdagi ishidir. Bu ishning samarali bo‘lishi va bolaning ijtimoiy rivojlanishiga tо‘laqonli yordam berishi uchun nima qilish lozim, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda bolaning oilasi hamkorligini qanday tashkil etish kerak va bundan faqatgina pedagoglar emas, balki kо‘p jihatdan ota-onalarning qoniqishi – bu masalalar maxsus pedagogika, korreksion pedagogikaning dolzarb masalalaridan biridir . Shu sababli oiladagi muammolarni bilish va ota-onalarga aqli zaif bolani tо‘gri tarbiyalash tamoyillari va metodlarini o‘rgatish kerak. Bularni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti doimo ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishi zaruriyati kelib chiqadi. Ana shu hamkorlikning muvaffaqiyatli bо‘lishi uchun uni tashkil etish va olib borishning samarali usullari, yо‘llarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling