Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet102/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

TADQIQOT NATIJASI
Qo‘llanilgan metodlarning maqsadi quyidagilardan iborat: mavjud bo‘lgan nazariy va amaliy bilim, tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash natijasida mazkur muammoning yechimini topishga mo‘ljallangan. Shuningdek, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil hamda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligini “SWOT tahlili”ni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.



1-jadval
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi SWOT tahlili



S

Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligining kuchli tomonlari.

1. Ta’lim olishi osonlashadi.
2. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasidagi muloqot yaxshilanishi.
3. Teng huquqlilik hissini tuyadi.
4. Bolalar ijtimoylashadi.
5. Pedagog qaysi bolaga qanday usul bilan yondashish lozimligini bilishi.

W

Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligining zaif tomonlari.

1. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rtoqlari tomonidan kamsitilishi mumkin.
2. Tarbiyachi imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda yetarli pedagogik mahoratga ega bo’lmasligi.

O

Hamkorlikning imkoniyatlari.

  1. Axloqiy fazilatlar shakllanishi.

  2. Ta’lim oladi va boshqa bolalar bilan teng huquqli bo‘ladi.

  3. Ijtimoiy munosabatlar yaxshilanishida.

T

Hamkorlikning to‘siqlari.

Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ularga boshqa bolalarga nisbatan ko‘p e’tibor berilishi oqibatida sog‘lom bolalar chetda qolishi mumkin. Shuning uchun hamkorlik tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.


Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorlik faoliyati bolalarning ta’limiy-tarbiyaviy jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda bola ijobiy xususiyatlarga ega bolishi va hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ota-ona va tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Pedagog ota-onalarga inklyuziv ta’limni to‘g‘ri tushuntirishi, har bir bola jamiyat a’zosiligini singdirishi hamda hamkorlikdagi faoliyat orqali barcha bolalarning samarali ta’lim-tarbiya olishiga ershish mumkinligini tushuntira olishi lozim (1-rasm).


Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling