5-rasm. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash (foizda)
Ushbu savolga 40% “ha”, 35% “yo‘q” va 25% “ba’zan”, degan javob tanlangan. Natijadan ma’lumki, bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda aksariyat pedagoglar “ha” deb javob berishgan, lekin bizda yo’q va ba’zan degan javoblar ham bor. Hali bu ko’rsatkich 100% ha, degan javobga yetgani yo’q, biz bu vaziyatda yuqori darajaga erishish uchun bor imkoniyatlarimizdan foydalanib, imkoniyati cheklangan bolalar uchun mahallalarda, oilalarda va guruhlarda yordam berish ko’nikmalarini rivojlantirib borishimiz kerak. (5-rasm)
6-rasm. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda tarbiyachi metodlar qo‘llashi (foizda).
Ushbu savolga so‘rovnoma qatnashchilari imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda metodlar tanlashda qaysi xususiyatlariga qaraysiz deyilganda 25% “metodlar shart emas”, 40% “yosh xususiyatlariga qarab” va 35% “qiziqishiga qarab”, degan javoblarni tanlashgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda metod tanlashda har birining yosh xususiyatlariga qarash kerak. Albatta, bolaning ruhiy va jismoniy tarafdan rivojlanib borishi bolaning yosh xususiyatlariga bog‘liq. (6-rasm)
Biz o‘tkazgan so‘rovnomalar natijasiga ham e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ko‘pchilik maktabgacha ta’lim tashkilotlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilmagan yoki tarbiyachi pedagogik mahoratga ega emasligi ko‘rsatilib o‘tilgan.
Ko‘pchilik so‘rovnoma qatnashchilari imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhimligiga qo‘shilishgan. Imkoniyati cheklangan bolasi bor ota-ona mazkur vaziyatdan kelib chiqib, ularda bor qiziqishlarni aniqlab, maktabgacha ta’lim tashkilotiga berishda tarbiyachi bilan doimiy hamkorlikda bo‘lishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqot qilish, guruhda mashg‘ulotlar o‘tkazishga pedagogik mahorati bo‘lishi va imkoniyatlari cheklangan bolalarning har biri bilan alohida shug‘ullanishi, tengdoshlari bilan birdek ta’lim olishiga yetarlicha imkoniyat yaratib berishi kerak. Imkoniyati cheklangan bola tengdoshlaridan ajralmasligi uchun tarbiyachi guruhda sog‘lom muhit yaratishi, ya’ni bolalarga imkoniyati cheklangan tengdoshiga qiynaladigan ishlariga yordam berishi va do‘stlashishi kabi tushunchalarni o‘rgatishi sog‘lom bolalar ongiga singdirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |