Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet101/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Imkoniyati cheklangan shaxs – bu shaxsiy ehtiyojlarini va ijtimoiy hayot yetishmovchiliklarini qisman yoki to‘liq o‘zi mustaqil ta’minlay olmaydigan istalgan shaxs. Nogironlik qabul qilingan tasnifnomaga ko‘ra organizmdagi domiy buzilishlarga olib keluvchi, hayot faoliyatining cheklanishiga sabab bo‘luvchi, alohida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj tug‘diruvchi ijtimoiy zaiflik sifatida talqin etiladi .
Bugungi kunda bizning yurtimizda ham bunday shaxslar soni ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yurtimizda ham imkoniyati cheklangan shaxslarga juda ko‘p shart-sharoitlar yaratilmoqda va ularning sog‘lom shaxslardan ajralib qolmasliklari uchun qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlanmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar har xil kasallik turi bo’yicha, ya’ni:
1. Eshitish (eshitishi zaif, kar).
2. Ko‘rish (ko‘rish qobiliyati zaif, ko‘r);
3. Nutq (turli darajada), aql;
4. Kechikkan psixoverbal rivojlanish (ZPR)
5. Mushak-sklet tizimi;
6. Hissiy-irodaviy soha turlariga bo‘linadi.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, bilinmaydigan holga keltiriladi, boshqalari esa kompensatsiyalanadi. Masalan, eshitishda nuqsoni bor bolalar ko ‘pincha nutq faoliyatida muammolari borligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Chunki bolaning nutqi eshitish orqali rivojlanadi, bola nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan darajagacha tuzatish mumkin.
Maxsus pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi alohida yordamga muhtoj bolalar bo’lishi kuzatiladiki, ulardagi nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari, shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyatida muammosi bo‘lgan bolalar esa imo-ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi:
– surdopedagogika (lotincha surdus – kar, gung so‘zidan olingan) eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
– tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) – ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos – kam, fren – aql), so‘zlaridan olingan, – aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
− logopediya (yunoncha logos – so‘z, padeo – tarbiya so‘zlaridan olingan) – og‘ir nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga muvofiq alohida yordamga muhtoj bolalarning differensial va integratsiyalashgan, inklyuziv ta’limi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Butunjahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi to’g’risidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor alohida yordamga muhtoj bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topish huquqlariga egadirlar .
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun bugungi kunda inklyuziv ta’lim muhiti juda katta ahamiyatga ega. Inklyuziv ta’lim o‘zi nima? Biz shu savolga to‘xtalib o‘tamiz. Inklyuziv ta’lim bu bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdir.
Rivojlanayotgan davlatlar qatorida bizning yurtimizda ham inklyuziv ta’lim muhiti yaratilmoqda, bunga yurtboshimiz tomonidan ko‘plab qaror, farmoyishlar qabul qilinmoqda va amaliyotga joriy etilmoqda. 2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ularning ta’lim olish huquqini kafolatlash va ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi .
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratish biz uchun sezilarli darajada o‘z foydasini ko‘rsatadi. Bunda imkoniyati cheklangan bolalar odatdagi rivojlanayotgan ko‘nikmalarni tengdoshlaridan ko‘rib, qachon va qanday ishlatishni o‘rganadilar va ular odatda rivojlanayotgan tengdoshlari bilan do‘stlashish imkoniyatiga ega. Ularga o‘zlariga va o‘zlaridan farq qiladigan boshqalarga ijobiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatlari beriladi.
Inklyuziya nimani anglatadi? Inklyuziya chaqaloqlar va nogiron bolalarni odatdagi ta’lim sharoitlariga va oilaviy bolalarni parvarish qilish uylari va markazga asoslangan dasturlarga birlashtirishdir. Bundan tashqari, nogiron bolalarni bir xil ta’lim dasturlariga joylashtirish va ularning ota-onalari nogiron bo‘lmasa, ishtirok etish uchun tanlaydi. Inklyuziya odatdagi ta’lim sharoitida maxsus ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini taqdim etadi. Inklyuziya - bu tarbiyachilar va oilalarga yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish dasturi. Bu ota-onalarning chaqaloqlari, bolalari va kattalar uchun tashvishlari va ustuvorliklarini hal qilishdir.
Inklyuziv ta’limning afzalliklari:

  • Har bir inson inklyuziv amaliyotdan foyda ko‘radi;

  • Inklyuziv ta’lim orqali bola mustaqilroq va o‘ziga ishonadigan bo‘lib yetishadi;

  • Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ichidagi qo‘rquvlari kamayadi;

  • Bolalar tegishli ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rganadilar.

Shuningdek, ular g‘amxo‘rlik va rahm-shafqatni ifoda etish qobiliyatidan xabardor bo‘lishadi. Bu ta’lim muhitidan faqatgina bola emas bolaning ota-onalari ham foyda ko‘rishadi. Chunki bunungi kunda imkoniyati cheklangan bolasi bor ota-onani birinchi tashvishlantirgan masala bolasining tengdoshlaridan ajralib qolayotganligi va ta’lim olishi qiyin bo‘layotganligidir. Hozirgi kunda ota-ona bolasi ta’lim olayotgan tashkilotga borib bemalol ta’lim muhitini ko‘rishi va yordamlashishi mumkin. Ota-onalar va boshqa oila a’zolari bilan qo‘shilishdan foyda ko‘rishadi, shuningdek ular o‘zlari va farzandlari uchun turli xil ijtimoiy vaziyatlarni kengaytiradilar. Ular o‘z jamoalaridagi katta oilalar guruhi bilan aloqada bo’lib, qo‘rquvlari kamayadi.
Inklyuziv ta’limning vazifalari:
– ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zarur psixologik – pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlantirish, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
– jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;
– jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga muqobil munosabatni shakllantirishdir.
Respublika miqyosida alohida ta’limga muhtoj bolalarni inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari:
1. Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.
2. Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.
3. Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.
4. Markazlashtirilmagan bo‘lish tamoyili.
5. Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili.
6. Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili.
7. Malakaviylik tamoyili .



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling