Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISSN
- MAQOLA HAQIDA ANNOTATSIYA Qabul qilindi
- KALIT SO‘ZLAR
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI Mamaziyayeva Mahliyo Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi dasturida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, 2022-2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024-2025-oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish, maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7000 dan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish144, va bu borada yangicha boshqaruv mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash, maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, shuningdek, soha faoliyatini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarning muhimligi mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini namoyon etadi. S huningdek, maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi bo‘yicha 2022-2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tizimida byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash, moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog’ini, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, bir so‘z bilan aytganda, maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu maqsadda, 2022-yil 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi145 qarorga muvofiq 10 maydan boshlab “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini respublika miqyosida joriy qilishi ham maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruviga o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya jarayonlari va xodimlarni toʻgʻri boshqarish tashkilot rahbaridan juda katta masʼuliyat talab qiladi. Shuning uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlik lavozimiga maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan oliy ma’lumotga ega va 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan pedagog tayinlanadi. U maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, maktabgacha ta’lim tashkiloti kengashi faoliyatini yuritish, kadrlarning kasb va umumiy ta’lim mahoratini, madaniy darajasini muntazam o‘stirib borishi, maktabgacha ta’lim tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli va o‘z vaqtida joydan-joyga ko‘chirib turilishini ta’minlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida146” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling