Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI
MTT bosh oshpazi
|
maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida ishni tashkil etadi; taomlarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi taomnoma asosida tayyorlash texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi; tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va tarqatadi; kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi. |
Bolalarda rivojlanishi kerak bo‘lgan potensiallar mavjud. Har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, bu albatta, bir-biridan farq qiladi. Bolalar faol, dinamik ishtiyoqli bo‘lib, ko‘rgan, eshitgan va his qilgan narsalariga nisbatan o‘zlarida yuqori darajada qiziqish uyg‘otadi. Ular izlanish va o‘rganishni to‘xtata olmayotganga o‘xshaydi. Ularning ta’limiga kelsak, bolalik davridagi ta’limning tabiati va asoslarini yaxshi tushunish bevosita yoki bilvosita bolalar bilan ishlaydigan har bir kishi uchun muhimdir.
Bolalarning yetuk inson bo‘lib yetishishi uchun undagi ta’lim darajasi talab qilinganidek bo‘lishi zarur. Bu kabi sifatli ta’lim olish uchun bolalar boshqarilishga muhtojdirlar. Ta’limdagi shart-sharoitlar qanchalik yuqori bo’lmasin, tartib-intizom bo‘lmasa bu kabi imkoniyatlardan foydalanish koeffitsiyenti pastlab ketadi. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun tarbiyachilar va tashkilot rahbarlarini o‘qitish va malaka oshirish kabi bilim investitsiyasi kiritish orqali amalga oshirilishi lozimdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqarishning barcha bo‘linmalarida rejali, muntazam, ratsional hamda samarali ishlashni ta’minlovchi muhim funksiyalar belgilangan. Rejalashtirish murakkab analitik jarayon bo‘lib, maktabgacha ta’lim boshqaruvining menejment faoliyatida asosiy rol o‘ynaydi. Menejment so‘zi boshqaruv turiga rahbarlik qilish, tartibga solish ma’nolarini anglatadi. Menejment ko‘zlagan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya’ni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyati hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalarini ko‘rib chiqadi.
L.Fishman, “Ta’lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos pog‘onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi”, - degan fikrlarni aytib o‘tgan.
Boshqaruv – bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uning sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir. Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G. Ford, G. Emerson, A.Fayol kabilar katta hissa qo‘shganlar.
Frederik Uinslou Teylor mehnat va asoschisi bo‘lib, 1895-yildan boshlab mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha dunyoga mashhur tadqiqotini boshladi. Uning fikriga ko‘ra, “Korxona rahbariyatining asosiy vazifasi korxonada ishlaydigan har bir ishchi uchun maksimal farovonlik bilan birga tadbirkor uchun maksimal foydani ta’minlash kerak
O‘z davrida Anri Fayol “Ta’lim boshqaruvi bu – holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish”, - deb ta’kidlagan edi. Bu o‘rganishlar va tajribalardan kelib chiqqan holda, natijalardan ma’lumki, o‘tkazilgan so‘rovnomalarda, maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar va dasturlar bilan tanishish, pedagog-tarbiyachilarning ta’lim-tarbiyaviy jarayondagi faoliyatini muntazam nazorat qilish, o‘quv-seminarlar tashkil qilish, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish faoliyatini o‘rganish, ochiq mashg‘ulotlarga kuzatish va xodimlarni rag‘batlantirish, maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini takomillashtirish masalalari muhokama va tahlil qilingan.
Download 3.1 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling