Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


-rasm. Maktabgacha ta’lim boshqaruvida bolaga ta’lim berish mexanizmi


Download 3.1 Mb.
bet115/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

2-rasm. Maktabgacha ta’lim boshqaruvida bolaga ta’lim berish mexanizmi

Tizimda tashkilotlar, boshqaruv usullarining tez o‘zgarishi bilan birga, ta’lim boshqaruvining madaniyati, pedagogik jarayonlar, axborot resurslarining shakllari va miqdoriy boshqaruv hamda pedagogik jarayonlarning zamon bilan hamnafas bo‘lishini ta’minlash yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash imkoniyatlarini oshirish demakdir. Boshqaruv va boshqariladigan quyi tizimlar o‘rtasidagi barqaror aloqani ta’minlash uchun boshqaruv qarorlarining amalda bajarilishi va mo‘ljallangan natijalarga erishish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi qaytar aloqani o‘rnatish kerak.


Menejmentni ham boshqaruv faoliyati, ham boshqaruv mexanizmi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda ta’lim menejmenti fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan M.Sharifxo‘jayev, Yo.Abdullayevlar boshqaruv o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish ekanligini ta’kidlab, quyidagicha ta’rif beradilar:
“Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir”. Boshqaruvchi qaysi boshqaruv shaklini qo‘llashidan qat’iy nazar o‘zining mustaqil dunyoqarashi, erkin fikri va quyidagilarni o‘z ichiga olgan ma’naviy qiyofasi bo‘lishi kerak. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘lishidan qat’iy nazar, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak.
Zamonaviy menejment fani yetakchilik uslubini takomillashtirishga katta e’tibor qaratayotgani bejiz emas. 1940-yillarda K. Levin bizning davrimizda keng ma’lum bo‘lgan boshqaruv uslublari tasnifini taklif qildi. Bu uslublar avtoritar, demokratik va liberaldir.
Avtoritar uslubga ega bo‘lgan rahbar har doim qo‘l ostidagilar bilan maslahatlashmasdan, o‘z xohish irodasini ularga yuklamasdan va tashabbus ko‘rsatish imkoniyatini bermasdan o‘zi qaror qabul qiladi. Uning uchun faqat bo‘ysunuvchilar bilan bunday munosabatlar ideal bo‘lib, ular uning barcha qarorlarini bajarish uchun so‘zsiz qabul qiladilar. Qoida tariqasida, ushbu uslub vakillari ma’muriy usullar bilan ustunlik qiladi: buyruqlar, tanbehlar, jazolar, muayyan imtiyozlardan mahrum qilish. U qo‘l ostidagilarni rag‘batlantirishning faqat ikkita usulini tan oladi - moddiy rag‘batlantirish va ma’muriy jazo. Qattiq avtoritar uslub, odatda, yetarlicha malakaga ega bo‘lmagan va bo‘ysunuvchilarga ta‘sir qilishning eng yaxshi usullarini bilmaydigan, shuningdek, o‘zlarining afzalliklari haqida bo‘rttirilgan fikrga ega bo‘lgan rahbarlar tomonidan qo‘llaniladi.
Demokratik (kollegial) uslubga ega bo‘lgan rahbar ham o‘zi qaror qabul qiladi, lekin uni qo‘l ostidagilar bilan birgalikda ishlab chiqadi, ishontirish orqali ularga ta’sir qilishni afzal ko‘radi. U qo‘l ostidagilarga o‘z vazifalarini yuklashning ma’muriy usullaridan qochadi, guruh muhokamasiga o‘tadi va qaror qabul qilishda ularning faolligini rag‘batlantiradi. Biroq, esda tutish kerakki, guruh qarorlarini qabul qilish mexanizmlari jamoaviy mas’uliyatsizlikka olib kelishi mumkin. Demokratik lider bo‘lish juda qiyin. Muayyan vaziyatda to‘g‘ri ta’sir qilish usulini aniq shaxsga muvaffaqiyatli qo‘llash uchun rahbar psixologiya va boshqaruvni chuqur bilishi kerak. U yuqori hissiy barqarorlik, moslashuvchan xatti-harakatlar qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Demokratik boshqaruv uslubining samaradorligi rahbarning kommunikativ qobiliyatiga, muammoni hal qilish uchun vaqtinchalik resurslarga, bilim va tajriba uyg‘unligiga bog‘liq.
Liberal uslubga ega bo‘lgan rahbar rivojlanish va qaror qabul qilishni to‘liq (delegatlarga) bo‘ysunuvchilarga ishonadi, ularga to‘liq erkinlik beradi, faqat vakillik funksiyasini qoldiradi. Tashqi aloqalar bilan shug‘ullanar ekan, u ichki hayot masalalarida o‘z jamoasiga to‘liq tayanishi mumkinligiga ishonadi. U jamoa taklif qilgan qarorni o‘ziniki bilan to‘g‘ri kelmasa ham qabul qilishga tayyor. Liberal rahbar o‘z qo‘l ostidagilar bilan yaxshi ijodiy munosabatlar o‘rnatishga intiladi.



Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling