Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet123/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

4. Mazmunli-qoidali oʻyinlar: ijtimoiy hayotga tayyorlaydi, muloqotga kirishishni oʻrgatadi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, dunyoni anglaydi.
5. Rivojlantiruvchi oʻyinlar: Bolalarning aqlini peshlaydi, oʻylashga, ijod va ixtiro qilishga oʻrgatadi.
6. Qurish-yasash oʻyinlari: Bolalarda, aqliy, axloqiy, mehnat, ijodiy va estetik tarbiya asoslarini shakllantiradi. Ularda tafakkur rivojlanadi. Kichik guruhlarda bolalar qurilish materiallarining rangi, shakli bilan tanishsalar, katta guruhlarda esa shakllarning bir-biridan farqi, qurilma qismlarining rangi, tuzilishi va bir-biriga mosligini, qayerlarda ishlatish mumkinligini biladilar, harakatlar koordinatsiya rivojlanadi.
Oʻz oʻrnida oʻyin turlarini ijodiy va qoidali oʻyinlar turkumiga ajratish mumkin.
Ijodiy oʻyinlarbolalarning mustaqil, ijodiy, oʻzlari oʻylab chiqqan oʻyinlar majmuidir. Bunda bolalar oʻz taassurotlari, borliq hayotdagi tushunchalari va unga boʻlgan oʻz munosabatlarini aks ettiradilar va u orqali tafakkurlari rivojlanadi.
Ijodiy oʻyinlar quyidagi turkumlarga boʻlinadi:

  1. Syujetli-rolli;

  2. Dramalashtirilgan;

  3. Qurilish;

  4. Tabiat materiallari bilan oʻynaladigan oʻyinlar.

Ijodiy oʻyinlar. Ijodiy oʻyinlar boshqa tur oʻyinlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. Oʻyin mazmunining oʻziga xosligi.
2. Rollarning mavjudligi.
3. Hayoliy vaziyatning mavjudligi.
Qoidali oʻyinlar. Bu oʻyin turlari qoidalar asosida boʻlganligi uchun bolalar ham oʻynaydilar ham bilim oladilar. Qoidaga asosan kerakli jihozlar oldindan tayyorlab beriladi. Masalan: “Bu qaysi faslda?” taʼlimiy oʻyinida savolga javob beradigan rasmli kartochkalar tanlanadi va har bir faslga taqsimlanadi.Oʻyin orqali bola fasllar, ularda boʻladigan tabiat hodisalari, mehnat turlari, kiyim-kechaklar, oʻyinlar haqidagi tasavvurlari kengayadi va bilimlari oshadi.
Qoidali oʻyinlar quyidagi turkumlarga boʻlinadi:

  1. Harakatli o’yin;

  2. Didaktik o’yin;

  3. Musiqiy o’yin

Demak, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, o’yin turlari va turkumlaridan foydalangan xolda olib borilishi, texnologiyalaridan to’g’ri qo’llanganligini belgilab beradi.




Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling