Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻyin jarayonida bolalar orasida ikki turdagi munosabatlar shakllanadi
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bolaga yangi materialni o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun uni qanday qilib muvaffaqiyatli o‘rgatish kerak? Ushbu muammoni o‘yin texnologiyalari hal qilishi mumkin. O‘yinda bola tabiiy ravishda korreksion, ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarni hal qilib o‘rganadi. Bunga o‘yinning ijobiy hissiy fonlari yordam beradi. Oʻyinda bolalar barcha koʻnikmalaridan foydalanuvchi nazorat qilinadigan harakat makonini yaratadilar. Maktabgacha yoshda bolalarning ijtimoiy hayoti aynan oʻyinda toʻliq faollashgan boʻladi. Oʻyin bolalarga muloqotning turli shakllaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi. Oʻyin jarayonida bolalar orasida ikki turdagi munosabatlar shakllanadi: oʻyin mazmuni, qoidalari bilan belgilanadigan munosabatlar; oʻyin boʻyicha namoyon boʻladigan haqiqiy munosabatlar (rollarning taqsimlanishi, nizodan chiqish va h.k.). Real munosabatlar shaxsiy boʻlib, nafaqat oʻyinda, balki maktabgacha tashkilotda bolaning butun yashagan davri davomida shakllanadi. Shunday qilib, haqiqiy munosabatlar asosida bolalar “jamoatchilik” (A.P. Usova) sifatlarini shakllantiradilar (yoki shakllantirmaydilar): oʻynayotgan bolalar guruhiga kirish, unda muayyan tarzda harakat qilish, sheriklar bilan munosabatlar oʻrnatish, jamoatchilik fikriga boʻysunish kerak bo’ladi.162 O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda o’sib borayotgan avlodni sog’lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy yetishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil yetish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Dasturlar va qo’llanmalar, xorijiy tajribalarda aynan o’yin texnologiyasi asosida olib borish eng muhim ko’rsatkichlardan biriga aylandi. Oʻyin odatda erkin tanlangan, bolalarga qaratilgan va zavqli faoliyat sifatida belgilanadi. U ijtimoiy, (bilish jarayonlari) kognitiv va rivojlanish xususiyatlari va bosqichlari boʻyicha qoʻshimcha tahlil qilindi va tasniflandi. Tarbiyachi o’yinda bolalar bilan hamkorlik qilishi kerak u ularga yakuniy yechimlarni berish orqali emas balki muammoni taklif qilish orqali yordam berishi kerak. Shuningdek ularga o’z imkoniyatlarini anglashga yordam berishi kerak, o’yinda sherik bo’lish o’yin orqali ta’lim bolaning psixologik (potentsialini) Potensial (lot. potentia-salohiyat)-biror vazifani hal etish va koʻzlangan maqsadga erishishda foydalaniladigan manba, imkoniyat, mablagʻ, zaxiralar, ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan sohadagi salohiyatlarni, boshqarishni anglatadi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling