Boshqariladiganlik - natijalarni to'g'rilash uchun maqsadni belgilash, o'quv jarayonini rejalashtirish, bosqichma-bosqich diagnostika, turli xil vositalar va usullarni qo'llash imkoniyati taxmin qilinadi.
Samaradorlik - o'qitishning ma'lum standartiga erishishni kafolatlashi, natijalar bo'yicha samarali va xarajatlar bo'yicha optimal bo'lishi kerak.
Reproduktivlik - boshqa ta'lim tashkilotlarida qo'llanilishi.
O'rganilayotgan hodisada shaxsan ishtirok etish (motivatsiya kognitiv qiziqishlarni qondirish va ijodkorlik quvonchiga qaratilgan) o’yin texnologiyalari bolaning qabul qilishi va ishtirokini to’liq ta’minlab beradi.
Bola oʻyinda oʻzining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalarning oʻyinlari oʻzining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Oʻyin oʻz mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga taʼsir koʻrsatish darajasi, buyumlarning turlari hamda kelib chiqishiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Oʻyin turlari:
1. Harakatli oʻyinlar: bolalarda sezgirlik, ildamlik, chaqqonlik, ishora va qoidalarga amal qilish, epchillik, intilish, hamjihatlilik, oʻzaro yordam berish, qaygʻurish, xushchaqchaqlik, chamalash, moʻljalga olishga oʻrgatadi.
2. Tinch oʻyinlar: bu oʻyin turi bolalar harakatli oʻyinlardan olgan energiyani pasaytiradi va yurak –qon tomirlarini harakatini meʼyor holatiga olib keladi. Harakatli oʻyinlardan keyin albatta tinch oʻyin berilishi lozim. Bundan tashqari xotira va nutqlarini rivojlantirish maqsadida ayrim soʻz oʻyinlari ham tinch oʻyinlar sifatiga kiradi.
3. Taʼlimiy oʻyinlar: Bolalarda eshitish, koʻrish, sezish aʼzolari orqali turli narsa va buyumlarni xossalarini bilishga, ularni taqqoslashga, sinchiklab oʻrganish, umumlashtirishga, guruhlarga ajratish, kuzatuvchanlik, zukko, bilimdon, mustaqil, dono boʻlishga, narsa va hodisalarni tahlil qila olishga, xulosa chiqarishga oʻrgatadi.Oʻz nomidan kelib chiqib taʼlim beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |