O’yinlarni olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi:
ijtimoiy tartib (ota-onalar, mintaqaviy komponent,);
ta'limga oid ko'rsatmalar, ta'limning maqsadlari va mazmuni (ta'lim dasturi, ustuvor yo'nalish, monitoring natijalari va boshqalar);
maktabgacha yoshdagi bolalarning yutuqlarini baholashning zamonaviy yondashuvlarini konkretlashtiradi;
individual va tabaqalashtirilgan vazifalarni bajarish uchun sharoit yaratishi ko’rsatib o’tilgan.
O'yin texnologiyasining asosiy maqsadi maktabgacha ta'lim tashkilotining faoliyat ko'rsatish shartlariga va bolalarning rivojlanish darajasiga qarab faoliyat ko'nikmalarini shakllantirish uchun to'liq motivatsiyali asosni yaratishdir.
Aynan Maktabgacha yosh - bu shaxsning poydevori qo'yiladigan, irodasi rivojlanadigan va ijtimoiy kompetentsiya shakllanadigan o'ziga xos va hal qiluvchi davr xisoblanib, Bu va boshqa muhim fazilatlar nafaqat maxsus mashg'ulotlar jarayonida, balki bolaga beradigan o'yinda ham mavjud bo’ladi bu ko’rsatkichlar izohida bola eng muhim ijtimoiy rollarni "sinab ko'rish" imkoniyatiga ega bo’ladi. Uning vazifalari:
Bolaning o'z faoliyati orqali bilim va ko'nikmalarni egallashga ongli ehtiyoj, motivatsiyaning yuqori darajasiga erishishi.
Bolalar faoliyatini faollashtiradigan va uning samaradorligini oshiradigan vositalarni tanlash vazifalari yotadi.
Ammo har qanday pedagogik texnologiya singari, o'yin ham quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Texnologik sxema – texnologik jarayonning mantiqiy jihatdan o‘zaro bog‘langan funksional elementlarga bo‘lingan tavsifi.
Ilmiy asos – ta’lim maqsadlariga erishishning ma’lum ilmiy kontseptsiyasiga tayanish.
Mustahkamlik - texnologiya mantiqiy, barcha qismlarning o'zaro bog'liqligi, butunligi bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |