Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-diagramma Maktabagcha yoshdagi bolalarda o’yin texnologiyasidan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish (foizda)
TADQIQOT NATIJASI
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida o’yin texnologiyasini olib borishda maktabgacha ta’lim tashkilotining (MTT) ning pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berishda keng foydalaniladi. Zero: o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; o’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashqil etish shaklidir; o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; o’yin bolalarga ta`lim va tarbiya berishning metod va usulidir; o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasi ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Tadqiqotlarda kuzatilishicha, agar oʻyin rivojlantiruvchi, ijtimoiy va bilish jarayonlari (kognitiv) afzalliklarga ega boʻlsa, maktabgacha yoshdagi guruhlarda oʻyinni tashkil etish va pedagogning roli uchun qanday xulosalar mavjud? Agar bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻynasa, “akademik” koʻnikma va bilimlarni qanday oʻrganadi? Oʻyin bolalar rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligi va shu kabi savollarga javob bo’ladi, bular quyidagicha: bolaning ijobiy ijtimoiylashuviga koʻmaklashadi. Oʻyinda (improvizatsiya) Improvizatsiya169 (lot. Improvises - kutilmagan, bexosdan) oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish, vaziyatlarni oʻylab topish va shu tariqa atrof-olam haqida yanada koʻproq maʼlumotlarni olsa boʻladigan jarayon; ruhiy (psixik) jarayonlarni shakllantiradi: xotira, diqqat, tasavvur, nutq va h.k.; bolalarga quvonch bagʻishlaydi, turli hissiyot va kechinmalarni uygʻotadi, bolalar uchun atrofimizdagi voqelikni anglash va ijodiy aks ettirishning qiziq va qulay shakli hisoblanadi; ijtimoiy xulq-atvorning dastlabki koʻnikmalarini egallashga imkon beradi; boshqa bolalar bilan muloqotda boʻlish, ular bilan turli munosabatlarga kirishish, umumiy oʻyin rejalarini amalga oshirish uchun kelishish va birlashish, oʻyindagi sheriklarining manfaatlarini hisobga olish; bolalarga jamiyatdagi oʻz oʻrnini tushunish va oʻziga boʻlgan ishonchsizlikni kamaytirishga yordam beradi. Demak, o’yin texnologiyalaridan foydalanishda to’g’ri yo’naltirilgan javoblar shu usullar bilan olib boriladi va kerakli natijalarga erishiladi. Oxirida natijalarda berilishi kerak. 1-diagramma Maktabagcha yoshdagi bolalarda o’yin texnologiyasidan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish (foizda) O’yin texnologiyalaridan sport o’yinlarining yozgi sog’lomlashtirish oyi tajriba-sinov ob’ekti qilib olindi. Tadqiqot 1oy davomida ikki guruh ishtirokida amalga oshirildi. Bular nazorat va tadqiqot guruhlari. Tadqiqot davomida ikki guruhda ham 7 tadan 14 ta tarbiyalanuvchi ishtirok etdi. Tadqiqot mashqlarini o’z tarkibiga kiritmagan an’anaviy (BO’SM dasturi asosida) va shu mashqlar bilan qo’llaniladigan mashg’ulotlar samaradorligi ikki guruhda ham tadqiqotdan oldin va tadqiqot yakunida tekshirish o’tkazish asosida aniqlanadi. Quyidagi o’yinlar bilan shug’ullanishni boshlagan 3-7 yoshli o’g’il va qiz bolalarda, 10 metrga yugurish, 20 metrga yugurish, archasimon yugurish, joydan turib va yugurib kelib gorizontal sakrashlar. Dastlabki o’rgatish bosqichida 3-7 yoshli bolalar jismoniy sifatlarni maxsus mashqlar yordamida samarali o’zlashtirish imkoniyati. O’quv mashg’ulotlari jarayonida umumiy va maxsus jismoniy sifatlar hamda texnik-taktik malakalarning shakllanishi samaradorligini nazorat qilish yuqori malakali sportchilar tayyorlash borasida muhim amaliy ahamiyatga egadir. Ayniqsa, ushbu nazoratning mavqyeyi sport tayyorgarligining dastlabki o’rgatish bosqichida juda kattadir. Chunki, sport bilan endigina shug’ullanishni boshlagan bolalar o’zlarining funksional va jismoniy jihatlaridan ahm katta nagruzkalarga tayyor bo’lmaydi. Shuning uchun qo’llanilayotgan jismoniy va texnik-taktik mashqlar shu bolalarning imkoniyatiga qarab me’yorlangan bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda, fiziologiya qonuniyatlaridan ma’lumki, agar ushbu mashqlar yuklamasi (nagruzkasi) hajmi, shiddati, murakkabligi jihatlari haddan tashqari yuqori bo’lsa, yosh organizm bu nagruzkaga bardosh bera olmaydi. Natijada charchash, zo’riqish va hattoki kasallik holatlari ro’y berishi mumkin. Agar bordiyu yuklamalar hajmi va shiddati juda kam bo’lsa. Unda taraqqiyot, ya’ni rivojlanish bo’lmasligi ehtimoldan holi emas. Demak, o’quv-mashg’ulot jarayonida doimiy va muntazam pedagogik nazorat tashkil qilinishi kerak. Shu bilan bir qatorda amaldagi o’quv-mashg’ulot dasturi o’z tarkibiga aksariyat an’anaviy-standart mashqlarni kiritgan. Bunday mashqlar, ko’pincha bolalarni psixologik nazardan tezkroq charchatadi. Bolalarda mashg’ulotlarga nisbatan qiziqish so’nadi. Binobarin, mashg’ulotlarda maxsus mashqlarni qo’llash kutilgan samarani berishi tahmin qilinadi. Aynan shu masalani isbotlash maqsadida biz dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan 3-7 yoshli voleybolchi bolalarda pedagogik tadqiqot o’tkazdik. Tadqiqot ikki guruh nazorat va tadqiqot guruhlari ishtirokida 1 oy muddat davomida amalga oshirildi. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling