Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Interviewning 5-savoli: “Tadqiqot mavzusi STEAMni qanday maqbul usul orqali MTTda ta’lim va tarbiya jarayoni shakli sifatida qo‘llashimiz mumkin?”
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADQIQOT MUHOKAMASI
Interviewning 5-savoli: “Tadqiqot mavzusi STEAMni qanday maqbul usul orqali MTTda ta’lim va tarbiya jarayoni shakli sifatida qo‘llashimiz mumkin?”
7-rasm. STEAM ni qo‘llashni maqbul usuli. Berilgan javoblar yana umumlashtirgan holda ko‘rsatib o‘tilmoqda va tadqiqotning muhokma qismida tadqiqot qatnashchilaridan olingan javoblar batafsil bayon qilingan. TADQIQOT MUHOKAMASI STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O‘quvchi o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida maktabgacha ta’lim milliy madaniyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning xazinasi, bolalarda milliy, ijodiy, mustaqil tafakkurni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, ifodalovchi hamda boshqa fanlarni mukammal, puxta o‘zlashtirilishiga asos bo‘luvchi bo‘g‘in sifatida qaralib, innovatsion ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu esa MTT metodik faoliyatini tashkil etishda pedagog-tarbiyachilarning tinimsiz izlanishi, o‘z faoliyatini uzluksiz takomillashtirib borishiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Yangilanayotgan O‘zbekistonda ham, maktabgacha ta’lim tizimiga doir islohotlar doirasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham “o‘qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bolani kichik yoshdan ta’lim olishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining faoliyatini tashkil etishda metodik jihatdan isloh qilish, xalqaro ta’lim standartlari asosida pedagog –tarbiyachi faoliyatini metodik jihatdan rivojlantirish, faoliyatni sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. Chunki ana shundagina bolalarning xalqaro dasturlarda ishtirokini ta’minlash, o‘z ovoziga ega bo‘lishiga zamin yaratiladi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida MTT pedagog xodimlarining faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga erishish bir qator yondoshuvlarni taklif etadi. Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Isroil, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida pedagog tarbiyachilar bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Kelajakda bugungi bolalarning 65 foizi hozirda hali kashf etilmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va bilimlarga muhtoj bo‘ladi92. STEAM ta’lim taraqqiyotiga e’tibor qaratar ekanmiz AQSh Mehnat statistikasi byurosi bergan statistik ma’lumotlariga binoan quyidagi ma’lumotlarni kuzatishimiz mumkin: STEM ish o‘rinlari 8,8% o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2017 va 2029 yillar oralig‘ida STEAM bo‘yicha ish o‘rinlari soni 8 foizga o‘sadi, bu STEAM sohasi bo‘lmagan ishlarga qaraganda yuqoriroq natijani ifodalaydi va - hisoblash, muhandislik ilg‘or ishlab chiqarishdagi pozitsiyalarda yetakchilik qiladi. Xususan, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bandligi 22 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2019-2029 yillardagi ish o‘rinlari istiqboliga kelsak, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda bandlik 22% o‘sishi kutilmoqda. Pyu tadqiqot markazining 2018 yilgi maqolasida bergan bayonotida aytilishicha STEM kasblarida bandlik 1990 yildan beri 79% o‘sdi - 9,7 milliondan 17,3 milliongacha. Amerika Qo‘shma Shtatlarning ta’lim komissiyasini xabar berishicha STEAM ishlari bo‘yicha o‘rtacha soatlik ish haqi 38,85 dollarni tashkil qiladi. AQShdagi boshqa barcha turdagi ish o‘rinlari uchun o‘rtacha daromad bilan solishtirganda - 19,30 dollar - STEAM bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga nisbatan ko‘proq haq to‘lanishini kuzatishimiz mumkin. 2020 yilda STEM kasblarining oʻrtacha yillik ish haqi 89 780 dollarni tashkil etdi. Bu STEM bo‘lmagan kasblarga qaraganda ikki baravar ko‘p, bu yerda o‘rtacha yillik ish haqi 40,020 dollarni tashkil etdi. Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi PISAga natijalariga ko‘ra, AQSH matematika boʻyicha 64 mamlakat ichida 30-oʻrinni, fan boʻyicha 11-oʻrinni egalladi. Girlswhocode.org tomonidan xabar qilingan va Milliy Qizlar hamkorlik loyihasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda o‘rta maktab o‘quvchilarining 74 foizi muhandislik, fan va matematika fanlariga qiziqish bildirmoqda va 14,4% talabalar kompyuter fanini mutaxassislik sifatida tanlaydi. 2019-yilda Emerson tomonidan oʻtkazilgan STEAM haqida o‘tkazilgan soʻrovnomada AQSh da 3 nafar ayoldan 2 nafari STEAM asosidagi sohalarda faoliyat olib borishga qiziqish bildirishgan. Computerscience.org orqali berilgan ma’lumotlarda aytilishicha Hozirgi kunda Ayollar informatika fani bakalavrlarining atigi 18% ni tashkil qiladi. Mehnat statistikasi byurosi prognozlariga ko‘ra, 2026 yilga kelib, kompyuter fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari 19 foizga o‘sadi93. Demak statistik ma’lumotlar STEAM texnologiyasini bugungi iqtisodiyot va mehnat bozoriga ham ta’sir o‘tkazganligini ko‘rsatadi. STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishda tanqidchi sifatida kerakli texnologiya hisoblanadi va bu jarayon o‘yinlar orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari - uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, ular fikrlarni to‘plashadi va fikr almashadilar. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni “ishga tushirib”, suv osti va havo tuzilmalarini “rivojlantirib”, sinovdan o‘tkazish orqali, har safar ular yangi natijalarga erishishadi. Yaxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. STEAM texnologiyasidan MTT ta’lim tizimida kengroq foydalanish orqali biz bolalarni ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiramiz, ijodkor bolalar esa kelajak bunyodkorlari hisoblanishadi. Agar ijodiy va innovatsion yechimlar hech qachon ishlab chiqilmaganda, dunyo bir joyda turardi. Ijod muammoni hal qilishda mutlaqo yangi va eng muhimi, samarali yondashuvni o‘z ichiga olishi kerak. Har bir faoliyat sohasi ijodiy g‘oyalarni yaratish va amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘ziga xos cheklovlarga ega. Xuddi shunday, odamlarning ijodiy fikrlash qobiliyati va ehtiyojlari ham har xil. Biz esa bu borada o‘z imkoniyatlarimizni to‘liq ishga solmayapmiz. Shuning uchun, maxsus texnologiyalar va texnikalar yordamida o‘zida mavjud yashirin ijodiy qobiliyatlarni kashf qilish mumkin bo‘lgan ijodiy treninglar foydali bo‘lishi mumkin va bolalarni kelajagiga ta’sir qiladi. Demak STEAM ni joriy etish orqali biz nafaqat ta’lim tarbiya jarayoni balkim bolalarning aqliy, jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini ham zamonaviy metodlar asosida shakllantirishimiz mumkin. Tadqiqot maqsadi ham Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarining mashg‘ulotlar jarayonida nafaqat STEAM balki zamonaviy texnologiyalar, metod va baholash tizimlarini qo‘lash uchun yetarli bo‘lgan zarur shart sharoit va imkoniyat borligini aniqlashdan iborat hisoblanadi. Tadqiqot davomida foydalanilgan So‘rovnoma va Interview metodlarida aniqlangan natijalarning tahlil qiladigan bo‘lsak ushbu texnologiyani Ta’lim tizimimizda yuqori ko‘rasatkich bilan omalashmaganligini So‘rovnoma jarayonida olingan javoblar orqali bilib olishimiz mumkin. Texnologiya haqida ma’lumotga egamisiz deb berilgan savolgan bildirilgan fikrlar yangilikning pedogogik jamoalar orasida muhokamaga olingani lekin batafsil tushunchalarning berilmaganligini ko‘rsatib bergan. Pedogogik kadrlarning texnologiyadan foydalanishda tajribaga ega ekanligini aniqlovchi savollardan esa ularning to‘laqonli ma’lumotga ega emasliklarini, lekin aksariyat pedogoglarda qiziqish uyg‘onganligini ko‘rishimiz mumkin. Mashg‘ulot jarayonlarida texnologiyadan foydalanib kelayotgan tarbiyachilar esa o‘z tajribalarining o‘rtoqlashishga hissa qo‘sha olishlarini bildirishgan. Keyingi tahlil esa nafaqat pedogogik jamoa balki boshqa soha vakillari va ota-onalarning fikrlarini ham umumlashtirgan holda STEAM texnologiyasidan foydalanish kelajakda bolalarning mustahkam bilim va yuqori aqliy qobiliyatlarga ega bo‘lishlarida yordam beradi degan fikrni keltirib chiqardi. Kompyuter dasturlash sohasida faoliyat yurutuvchi xodimlar dizayn malakasiga ega emasliklarini va ularda bu malaka shakllanishi uchun zarur bolgan bilimlar avval yetarlicha o‘zlashtirilmaganligini bildirishgan bo‘lsa, muhandislik sohasi vakillari ham huddi shunday javobni qayd etishgan, biz STEAM ni joriy etish orqali yuqori natijalarni qayd etishimiz va o‘z sohamiz bilan birga bizga kerak bo‘lgan qo‘shimcha bilimlarni ham bolalarga ularning yosh davrlaridan berib borishimiz mumkin degan fikrlarni aytib o‘tishgan. STEAMni joriy etishda zarur bo‘lgan resurslarning yetarli emasligi tadqiqot jarayonining navbatdagi o‘rganilgan muamosi hisoblanadi, aksariyat so‘rovnoma qatnashchilarining bergan javoblari fikrimizni isbotlab bergan . Aksariyat MTT rahbarlari bu muamoning yechimi sifatida ota-onalar bilan hamkorlik va MTT faoliyati uchun ajratiluvchi mablag‘larni maqsadli sarf etish haqidagi takliflarini bildirishgan. STEAM asosida olib boriluvchi integratsion mashg‘ulotlar davomida tabiiy xom ashyolardan foydalanish, bolalarni jonli tabiyat bilan tanishtirish bilan birga ularda jonli tabiat va tabiiy mahsulotlar haqidagi bilimlarini boyitishga ham yordam berishimiz mumkin. Zamonaviy texnologiyalarni olib kirish va ulardan foydalanishda ta’lim muassasasida zarur shart sharoit yaratish asosan direktorning amaldagi vazifasi hisoblanganligi uchun “o‘z ta’lim muassasangizda yetarli sharoit yaratib berolasizmi?”, Savoliga aksariyat direktorlar ijobiy javob qayd etishgan va jarayonni muofiqlashtirishda yuqoridagi takliflarni ham bildirib o‘tishgan. Javoblarni umumlashtiradigan bo‘lsak tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlar MTT tashkilotlari pedagoglarining zamonaviy metod va texnologiyalardan foydalangan holda mashg‘ulotlar jarayonini tashkil etishlarida eng avvalo ularning bilim, tajriba va malakalarini shakllantirishimiz kerakligini ko‘rsatgan. Bu o‘rinda pedagoglar uchun: Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling