Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi


Download 3.1 Mb.
bet7/166
Sana18.10.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1708384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   166
Bog'liq
3-son 1-15 maqola new (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlari borasida olib borilgan tadqiqot ishining asosiy xulosa va natijalari quyidagilardan iborat:

  1. Inklyuziv ta’lim bolalarga yo‘naltirilgan metodologiyani ishlab chiqishga intiladi, u barcha alohida ehtiyojli bolalar turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega ekanligini tan oladi va ularni o‘qitishda moslashuvchan yondashuvni ishlab chiqishga intiladi.

  2. Inklyuziv ta’lim joriy etayotgan o‘zgarishlar natijasida o‘qitish yanada samaraliroq bo‘ladi, unda barcha bolalar (nafaqat alohida ehtiyojli bolalar) foyda ko‘radi.

  3. Oddiy yoki iqtidorli bolalar bilan alohida ehtiyojli bolalar bir sinfda bo‘lishi boshqa bolalarning muvaffaqiyatli o‘rganishiga tahdid soladigan yoki xavf tug‘diradigan fakt hisoblanmaydi, aksincha, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratib beradi.

  4. Alohida ehtiyojli bolalarning sinfda o‘quv jarayonini buzishi haqidagi tushuncha asossiz hisoblanadi. Agar ularga inklyuziv muhit yaratib berilsa, bolalar hech qanday qiyinchiliklarsiz va qarshiliklarsiz dars mashg‘ulotlarida qatnashishadi.

  5. Oddiy va iqtidorli bolalar ta’lim sifatini oshirish va sinfda ishlashning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish orqali ta’limga inklyuziv yondashuvdan foydalanishlari mumkin. Bu bolalarning ta’lim sifatini oshirib beradi.

  6. Inklyuziv sinfda oddiy yoki iqtidorli bolalar nogiron sinfdoshlarini hurmat qilish va qadrlashni, nogironlik yoki iqtidor chegarasidan tashqarida nima borligini ko‘rish va ijtimoiy stigmalarni farqlashni o‘rganadilar.

Shu maqsadda qo‘yidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:

  1. Alohida ehtiyojli bo‘lgan ba’zi bolalar yangi ta’lim texnologiyalariga muhtoj. Ehtiyojli bo‘lgan ba’zi bolalar uchun ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘qituvchilarni metodik ta’minot bilan ta’minlash.

  2. Axborot texnologiyalaridan foydalanish alohida ehtiyojli ba’zi bolalarga qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli ular uchun maxsus yozma yoki audio yo‘riqnomalar tayyorlash.

  3. Maxsus taʼlim oʻqitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali inklyuziv taʼlim bolaga yoʻnaltirilgan va moslashtirilgan, yoʻriqnomali, barchaga moʻljallangan oʻquv dasturi asosida oʻqitishni tashkil etish.

  4. Bolalar va oʻqituvchilar oʻrtasida bir-birlaridan oʻrganish va muammolarni birgalikda hal etish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Shuni ham aytish kerakki, inklyuziv maktablarning mavjudligi nafaqat nogiron o‘quvchilarga, balki odatda rivojlanayotgan bolalarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nogiron tengdoshlariga ta’lim olishda faol ishtirok etishiga yordam berish ijtimoiy faoliyat hisoblanib, bu holatda oddiy bolalar o‘zlari sezmagan tarzda eng muhim hayotiy saboqlarni olishadi. Bu ijobiy tajriba ijtimoiy ongning o‘sishidan, odamlar o‘rtasida farqlar yo‘qligini anglashdan, o‘z-o‘zini anglash va o‘zini-o‘zi qadrlashni rivojlantirishdan, o‘z tamoyillarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, eng muhimi, u samimiy g‘amxo‘rlik va do‘stlik hisoblanadi.1919
YUNESKOning fikriga ko‘ra, "inklyuziya barcha o‘quvchilarning ehtiyojlarini xilma-xilligini aniqlash va ularga javob berish, ta’lim, madaniyat va jamoalarda ko‘proq ishtirok etish va ta’limdagi chetlab qo‘yishni kamaytirish orqali ko‘riladi". Boshqacha qilib aytganda, bu farq va xilma-xillikka asoslangan holda ta’lim berish usulidir.
O‘zbekistonning oltita mintaqasida - Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida – tegishli o‘quv dasturlari doirasida sifatli maktabgacha ta’limga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Mintaqaviy murabbiylar 2159 nafar maktabgacha pedagoglarga shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim uslublarini o‘zlashtirishga yordam berdilar. Ushbu uslubiyot o‘rgatilgan 53 maktabgacha ta’lim resurs muassasalarida qamrov bir yil davomida 2841 kishiga ortdi. Bundan tashqari, maqsadli tayyorgarlikdan o‘tgan pedagoglar 106 ta qo‘shni bolalar bog‘chalarida ustozlik qilib kelmoqdalar.2020
Ta’lim tizimi yuqorida aytib o‘tilgan farqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Har bir jamoaning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha turdagi o‘g‘il va qiz bolalar uchun mos dasturlar bilan ta’lim berish zarur.
Bu taʼlim bir tomonlama boʻlmasligi kerak. Imkoniyati cheklangan bolada oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish, koʻnikma va qobiliyatini rivojlantirish, yoshligidan oʻrganishni ragʻbatlantirishda oila ishtiroki muhim.
Zamonaviy umumiy ta’lim dasturi inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar va shartlarni, ya’ni har bir o‘quvchining individualligini qabul qilishni va har bir bolaning alohida ehtiyojlarini qondirishni o‘z ichiga olishi kerak, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Tajribalardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, O‘zbekistonning inklyuziv ta’limi hozirgi holatda yuqori darajada emas, lekin shu yo‘nalishda borilsa, albatta, yuqori darajada bo‘ladi. Buning uchun bolalarni ijtimoiy va ma’naviy qo‘llab- quvvatlash susaytirilmaslik lozim.






Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling