3 -jadval
Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimi afzalliklari
1
|
Bolalarni tarbiyalash usuli bo‘yicha ota-onalar o‘qitib boriladi, muntazam ravishda ota-onalar majlisi o‘tkaziladi.
|
2
|
Boģchalarda bola hech qachon jazolanmaydi va unga "yo‘q" deyilmaydi.
|
3
|
Tarbiyachilarning asosiy vazifasi bolani gapga quloq soladigan, kattalar gapini bo‘lmaydigan va hushxulq etib tarbiyalashdir.
|
4
|
Maktabgacha ta'limning maqsadi bolalarni o‘z fikrini mustaqil bayon etish hamda qaror qabul qilishga o‘rgatish.
|
Yaponiya tarbiyachilari bolalarni tarbiyalashda ularning o‘zaro munosabatlarini hisobga oladi. Yaponiya tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, katta guruhlarda har birining o‘z stoli, o‘rni, shaxsiy nomi bo‘ladi. Guruh nomi bolalar tomonidan har bir guruh a’zosining fikrini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu bolalarni o‘z fikrini mustaqil bayon etish hamda qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga o‘qish va yozish ko‘nikmalari o‘rgatiladi va mashg‘ulot jarayonida har bir bola teng ko‘riladi. Agar musobaqalar o‘tkazilsa, unda hamma yoki guruh g‘alaba qozonadi, lekin hech qanday holatda ma'lum bir bola emas.Ta'lim bilimlari, ko‘nikmalarini o‘zlashtirish olti yoshdan boshlanadi.
Yuqorida keltirilgan Buyuk Britaniya va Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimi va maktabgacha yoshdagi bolalarni savodga o‘rgatish tajribalarini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribasini tahlil etish, respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishga imkon yaratadi. Insonning qobiliyatlari haqiqatan ham ulkan va ularning aksariyati maktabgacha ta'limda shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanchalik yangi bilimlarni qabul qilsa va o‘zlashtirsa, o‘zida ma’lum qobiliyatlarni rivojlantirsa, kelajakda nafaqat maktabda, universitetda, balki hayotda ham o‘qishi osonroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |