2-rasm. Pedagog-tarbiyachilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasi (foizda)
Yuqoridagi jadvaldan shuni ko‘rishimiz mumkinki, hozirgi paytda pedagoglarning ko‘pchiligi zamonamizga mos keladigan pedagoglar deyishgan. Sababi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shart-sharoitlar yetarli bilim olish va malakasini oshirish bo‘yicha ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar mavjud. Deyarli barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari kompyuter va internet tamog’i bilan ta’minlangani tufayli zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati mavjud.
3-rasm Bolalarni savodga tayyorlashda zamonaviy multimedia texnologiyalarining samaradorligi (foizda)
Qatnashchilarning ko‘pchilik qismi savodga tayyorlash jarayonida pedogogik texnalogiyalarning samarali ekanligini ta’kidladilar. Sababi, multimedia texnologiyalari orqali savodga tayyorlash faoliyati qiziqarli va samarali tarzda bo‘ladi. Qatnashchilarning bir qismi tomonidan qoniqarsiz deyilishiga sabab, tarbiyachining bilim, ko’nikma, malakasi yetarlicha emasligi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallash ko‘nikmalarini shakllantirishga tegishli shart-sharoitlar yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga, aqliy sifatlariga, o‘quv dasturining o‘zlashtirilishidagi me’yorli bajarilishini ta’minlashga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘liqligini aytishdi. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish kerak. Bola har bir so‘z ma’nosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalay olishi kerak, degan fikrni bildirishdi.
Birinchi navbatda, mashg‘ulot jarayonida olingan bilimlarning bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq, tushunchalar mazmuni va hajmining to‘liqligi; o‘zlariga tushunarli o‘quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatlari; maktabgacha ta`lim yoshidagilarning narsa va hodisalar o‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatiga e'tobor berish kerak, degan javobni bildirishdi;
ikkinchidan, bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to‘liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligiga;
uchinchidan, bolaning atrof-dunyoga munosabati, bilimlarni egallash va maktabda o‘qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabga aqliy tayyorlikni shakllantirishda bo‘lajak o‘quvchi tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega, deb javob berishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |