Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Download 3.1 Mb.
|
3-son 1-15 maqola new (2)
TADQIQOT MUHOKAMASI
Savodxonlik - bu murakkab analitik va sintetik faoliyat bo‘lib, u aqliy jarayonlarning rivojlanish darajasini va bolaning ularni boshqarish qobiliyatini talab qiladi. Psixologik va lingvistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola hayotining oltinchi yoki yettinchi yili bolaning eng yuqori til qobiliyati, uning "lingvistik qobiliyati" (Chukovskiy, Elkonin, Zeitlin ) davri hisoblanadi.124 Savodxonlik odatda o'qish va yozish qobiliyati sifatida ta'riflanadi. Lekin bu ko'rinadigan darajada oddiy emas. O'qish va yozish qobiliyatlari turli madaniyatlar va kontekstlarda farqlanadi va ular ham doimo o'zgarib turadi. O’qish va yozishni bilish – hozirgi voqealardan xabardor bo’lish, samarali muloqot qilish va dunyomizni shakllantirayotgan muammolarni tushunish demakdir. Ma'lumki, o‘qish va yozish qobiliyati zamonaviy inson uchun zarur va muhim, chunki bilim o‘z-o‘zini egallash va rivojlantirish uchun yetakchi omildir125. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: - axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi126 Multimedia - bu matn, ovoz effektlari, yorug'lik, jonlantirilgan figuralar, harakatsiz tasvirlar, videolar va interaktiv kontent shakllarining uyg'unligi bo'lishi mumkin bo'lgan ommaviy axborot vositalarining bir turi. Multimedia bolalarning mustaqilligi, qaror qabul qilish va oldingi bilimlarini mustahkamlash, tanqidiy savodxonlik va o'quvchilarda o'ziga xos son va til tushunchalarini kuchaytiradi. Multimedia talabalarga o'quv jarayonlarida yordam berishda juda muhim rol o'ynaydi. Multimedia texnologiyalarining turlari: Interaktiv doska; Interaktiv ovoz berish tizimi; Har xil ta'lim dasturlari; multimedia ekrani; Tarmoq ta'lim dasturlari; Simulyatsiya texnologiyalari; diagnostika komplekslari. 127 Yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darsni rejalashtirish orqali o'qituvchi quyidagi didaktik talablarga javob berishi kerak: - o'quv jarayonida axborot texnologiyalarini qo'llashning pedagogik maqsadini aniq belgilash; – o'quv materiallarini oshkor qilish mantig'i va muayyan o'quv ma'lumotlarini taqdim etishning o'z vaqtida bajarilishi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalaridan darsda qayerda va qachon foydalanishini aniqlang; - tanlangan axborot texnologiyalari vositasini o'qitishning boshqa texnik vositalari bilan muvofiq o'quv materiallarining, sinfning va yangi axborotni tushuntirishning xususiyatini hisobga oling; - faoliyat bilan o'rganilayotgan materialning asosiy, tugunli masalalarini tahlil qilish va muhokama qilish;128 Nutq o‘stirish va savodga tayyorlash mini muhitiga M. Montessori va boshqalarning nutq o‘stirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli uslublarini qo‘yish mumkin. Hozir maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qishga o‘rgatish to‘g‘risida munozaralar o‘tkazishyapti. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi metodik jihatdan ishni to‘g‘ri tashkil etishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin faoliyati orqali bolalar harflar bilan o‘ynashadi, o‘qishga o‘rganishadi, so‘zlar yozilgan turli tuman kartochkalardan, yirik bosma shriftlar, chiroyli rasmlardan foydalanishadi. M.Montessorining shiori – «Menga o‘zim bajarishim uchun yordam ber, men o‘zim bajaraman». Tarbiyachi doim mehribon, sabr-toqatli, bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishi, o‘zining shaxsiy namunasi bilan nima qilish va qanday qilish lozimligini ko‘rsatishi lozim. U bu yerda ustoz emas, balki voqealarning qatnashchisi sifatida ishtirok etadi: faqat bolalarni qiziqtira olishi lozim. O‘zaro bir-birini tushunish, anglash va muhabbat tuyg‘usi asosida muloqot olib boriladi. Tabassum, imo-ishora bilan kichkintoyni qo’llab-quvvatlab turadi, ko‘proq uni maqtaydi. Tarbiyachining ichki dunyosi bilan kichkintoyning ichki tuyg‘usi o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud, tarbiyachining madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, bolaning madaniyat darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunday jarayon davrida tarbiyachi ham, bola ham shakllanadi, bu esa hamma uchun hissiy qulaylik yaratadi, shuningdek, ota-onalarni ham ijod qilishga yo‘naltiradi. Ijodiy rivojlantiruvchi muhitning samarasi kichkintoyning umumiy taraqqiyotiga, ijodiy tafakkuriga, mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitgagina bog‘liq emas, balki tarbiyachining bola bilan bo‘ladigan muloqotiga, vaziyatga, beriladigan topshiriqlarga, ularni berish usullariga ham bog‘liq. Taniqli psixolog D.Elkonin o‘qishning boshlang‘ich bosqichini so‘zning tovush shaklining grafik tuzilishi (model) bo‘yicha qayta yaratish jarayoni, deb hisoblaydi. O‘qishni o‘rganayotgan bola harflar yoki ularning ismlari bilan emas, balki nutqning tovush tomoni bilan ishlaydi. So‘zning tovush shaklini to‘g‘ri takrorlamay turib, uni tushunib bo‘lmaydi. Shu sababli, D. Elkonin juda muhim xulosaga keladi - katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘qish va yozishni o‘rgatishga tayyorlash kerak, degan fikrni bildirgan.129 Shuningdek, bolalarni savodga tayyorlash bo‘yicha Ushinskiyning “Rus tilining dastlabki o‘qitish” nomli maqolasida zarur metodik ko‘rsatmalar berilgan. Uning fikricha o‘qitishning uch vazifasi bor: 1. Bolalarning nutqini o‘stirish. 2. Bolalarni o‘z tilidan foydalanishga o‘rgatish. 3. Tilning mashqini o‘zlashtirish. Bu vazifalar bir vaqtda bajariladi. Bola ona tilini o‘zlashtirganda tovush va birikmalarni bilibgina qolmasdan tushunchalar, fikrlar va tuyg‘ular badiiy obrazlarni ham o‘zlashtiriladi.130 Mashhur rus o‘qituvchisi P.V. Tyulenev tomonidan erta bolalik rivojlanishi to‘g‘risida tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Tadqiqot natijasida, bola o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanmasligiga bolalarni tarbiyalashning eskirgan usullari aybdor, degan xulosaga keldi. Uning xulosasiga ko‘ra, aksariyat bolalar ma'lumotlarni eshitgandan ko‘ra ko‘rib uni his qilsa ko‘proq ma'lumot qabul qiladi degan fikrga kelgan.131 Bu esa ta'lim-tarbiya jarayonlarida pedagogik texnologiyalar qo‘llashni taqazo etmoqda. Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling