Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Imkoniyati cheklangan shaxs – bu shaxsiy ehtiyojlarini va 
ijtimoiy hayot yetishmovchiliklarini qisman yoki to‘liq o‘zi mustaqil
ta’minlay olmaydigan istalgan shaxs. Nogironlik qabul qilingan 
tasnifnomaga ko‘ra organizmdagi domiy buzilishlarga olib
keluvchi, hayot faoliyatining cheklanishiga sabab bo‘luvchi, 
alohida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj tug‘diruvchi ijtimoiy 
zaiflik sifatida talqin etiladi . 
Bugungi kunda bizning yurtimizda ham bunday shaxslar 
soni ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yurtimizda ham imkoniyati 
cheklangan shaxslarga juda ko‘p shart-sharoitlar yaratilmoqda va 
ularning sog‘lom shaxslardan ajralib qolmasliklari uchun qo‘llab-
disabilities. Chico: ICHPER - SD Journal. California State University. 
Avramidis, E., & Norwich, B. (2002). Teachers’ attitudes towards 
integration/inclusion: A review of the literature. European Journal 
of Special Needs Education, 17(2), 129–147. Beamer, J. A., & Yun, J. 
(2014). Physical educators’ beliefs and self-reported behaviors 
toward including students with autism spectrum disorder. 
Adapted Physical Activity Quarterly, 31(4), 362–376. Blanco, G. R. 
(2009). Conceptual framework of inclusive education. 
 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
74
quvvatlanishi ta’minlanmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar har 
xil kasallik turi bo‘yicha, ya’ni: 
1. Eshitish (eshitishi zaif, kar). 
2. Ko‘rish (ko‘rish qobiliyati zaif, ko‘r); 
3. Nutq (turli darajada), aql; 
4. Kechikkan psixoverbal rivojlanish (ZPR) 
5. Mushak-sklet tizimi; 
6. Hissiy-irodaviy soha turlariga bo‘linadi.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning 
ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, 
korreksiyalanadi, bilinmaydigan holga keltiriladi, boshqalari esa 
kompensatsiyalanadi. Masalan, eshitishda nuqsoni bor bolalar ko 
‘pincha nutq faoliyatida muammolari borligi bilan tengdoshlaridan 
ajralib turadi. Chunki bolaning nutqi eshitish orqali rivojlanadi, bola 
nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘g‘ri tashkil etilgan 
logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish 
mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik 
kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik 
shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa 
ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan 
darajagacha tuzatish mumkin. 
Maxsus pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi 
alohida yordamga muhtoj bolalar bo‘lishi kuzatiladiki, ulardagi 
nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham bo‘lmaydi, masalan, 
tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari, shular jumlasidandir. 
Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish 
analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni 
kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif 
bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl 
shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi 
bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyatida muammosi bo‘lgan bolalar 
esa imo-ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan 
anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida 
undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi:
– surdopedagogika (lotincha surdus – kar, gung so‘zidan 
olingan) eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi 
bilan shug‘ullanadigan fan;
– tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko‘r, so‘qir so‘zidan 
olingan) – ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan 
shug’ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos – 
kam, fren – aql), so‘zlaridan olingan, – aqliy tomondan zaif 
bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
− logopediya (yunoncha logos – so‘z, padeo – tarbiya 
so‘zlaridan olingan) – og‘ir nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, 
bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan.
Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga 
muvofiq alohida yordamga muhtoj bolalarning differensial va 
integratsiyalashgan, inklyuziv ta’limi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 
jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Butunjahon bolalariga xos 
bo‘lgan bolalar huquqi to‘g’risidagi Konvensiya, O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda 
kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy 
hujjatlarda ko‘rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy 
yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor alohida yordamga muhtoj 
bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topish 
huquqlariga egadirlar . 
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun bugungi kunda 
inklyuziv ta’lim muhiti juda katta ahamiyatga ega. Inklyuziv ta’lim 
o‘zi nima? Biz shu savolga to‘xtalib o‘tamiz. Inklyuziv ta’lim bu 
bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar ularning 
barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdir.
Rivojlanayotgan davlatlar qatorida bizning yurtimizda ham 
inklyuziv ta’lim muhiti yaratilmoqda, bunga yurtboshimiz 
tomonidan ko‘plab qaror, farmoyishlar qabul qilinmoqda va 
amaliyotga joriy etilmoqda. 2020-2025-yillarda xalq ta’limi 
tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi alohida ta’lim 
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini 
tashkil etish, ularning ta’lim olish huquqini kafolatlash va 
ta’minlash 
maqsadida 
ishlab 
chiqilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasida inklyuziv ta’limni rivojlantirishning maqsadlari
vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi 
bosqichlarini belgilaydi hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish uchun asos bo‘ladi . 
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim 
muhitini yaratish biz uchun sezilarli darajada o‘z foydasini 
ko‘rsatadi. Bunda imkoniyati cheklangan bolalar odatdagi 
rivojlanayotgan ko‘nikmalarni tengdoshlaridan ko‘rib, qachon va 
qanday ishlatishni o‘rganadilar va ular odatda rivojlanayotgan 
tengdoshlari bilan do‘stlashish imkoniyatiga ega. Ularga o‘zlariga 
va o‘zlaridan farq qiladigan boshqalarga ijobiy munosabatlarni 
rivojlantirish imkoniyatlari beriladi.
Inklyuziya nimani anglatadi? Inklyuziya chaqaloqlar va 
nogiron bolalarni odatdagi ta’lim sharoitlariga va oilaviy bolalarni 
parvarish qilish uylari va markazga asoslangan dasturlarga 
birlashtirishdir. Bundan tashqari, nogiron bolalarni bir xil ta’lim 
dasturlariga joylashtirish va ularning ota-onalari nogiron bo‘lmasa, 
ishtirok etish uchun tanlaydi. Inklyuziya odatdagi ta’lim sharoitida 
maxsus ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini taqdim etadi. 
Inklyuziya - bu tarbiyachilar va oilalarga yetarli darajada qo‘llab-
quvvatlash va o‘qitish dasturi. Bu ota-onalarning chaqaloqlari, 
bolalari va kattalar uchun tashvishlari va ustuvorliklarini hal 
qilishdir.
Inklyuziv ta’limning afzalliklari:

Har bir inson inklyuziv amaliyotdan foyda ko‘radi; 

Inklyuziv ta’lim orqali bola mustaqilroq va o‘ziga 
ishonadigan bo‘lib yetishadi; 

Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ichidagi 
qo‘rquvlari kamayadi; 

Bolalar tegishli ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rganadilar.
Shuningdek, ular g‘amxo‘rlik va rahm-shafqatni ifoda etish 
qobiliyatidan xabardor bo‘lishadi. Bu ta’lim muhitidan faqatgina 
bola emas bolaning ota-onalari ham foyda ko‘rishadi. Chunki 
bunungi kunda imkoniyati cheklangan bolasi bor ota-onani 
birinchi tashvishlantirgan masala bolasining tengdoshlaridan 
ajralib qolayotganligi va ta’lim olishi qiyin bo‘layotganligidir. 
Hozirgi kunda ota-ona bolasi ta’lim olayotgan tashkilotga borib 
bemalol ta’lim muhitini ko‘rishi va yordamlashishi mumkin. Ota-
onalar va boshqa oila a’zolari bilan qo‘shilishdan foyda ko‘rishadi, 
shuningdek ular o‘zlari va farzandlari uchun turli xil ijtimoiy 
vaziyatlarni kengaytiradilar. Ular o‘z jamoalaridagi katta oilalar 
guruhi bilan aloqada bo‘lib, qo‘rquvlari kamayadi. 
Inklyuziv ta’limning vazifalari:
– ta’lim muassasasida ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan 
imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari 
uchun zarur psixologik – pedagogik, korreksion sharoitlar 
yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim 
dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy 
rivojlantirish, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
– jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom 
bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini 
qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati 
cheklangan bolalar va o‘smirlarning oilalardan ajralmagan holda 
yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;
– jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga 
muqobil munosabatni shakllantirishdir. 
Respublika miqyosida alohida ta’limga muhtoj bolalarni 
inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari:
1. Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi.
2. Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili.
3. Bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili.
4. Markazlashtirilmagan bo‘lish tamoyili.
5. Inklyuziv ta’limda kompleks yondashish tamoyili.
6. Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. 
7. Malakaviylik tamoyili . 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling