Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 


 
www.herald.uz
 
73
ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN ISHLASHDA 
OTA-ONA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI HAMKORLIGI 
Mamajonova Nozila
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  24-may 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 10
DOI: https://doi.org/10.54613/001210 
Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim tashkiloti va 
ota-onalar hamkorligi, imkoniyati cheklangan bolalar bilan mashg‘ulot olib borishning turli 
usul va metodlari keltirilgan. Alohida ta’lim olishga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan ishlashda 
ota-ona va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kelgusidagi vazifa va majburiyatlari tahlil 
etilib, xorij tajribasining o‘ziga xos usullari o‘rganilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
Imkoniyati cheklangan bolalar, xulq-
atvor, maktabgacha talim tashkiloti
ota-ona hamkorligi, ijtimoiylashuv.
 
 
 
 
 
KIRISH
Bilamizki, bugungi kunda har bir insonning, xususan 
imkoniyati cheklangan bolalarning ham ta’lim olish huquqi davlat 
tomonidan kafolatlangan. Oramizda shunday insonlar borki, 
ularning jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin maʼnaviyati yuksak, 
ruhiyati esa juda kuchli va matonatli. Afsuski, nogironligi bo‘lgan 
shaxslar ko‘pincha ishlash, taʼlim darajasini oshirish va jamiyat 
hayotida to‘laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. 
Hozirgi paytda ularning soni jahon miqyosida juda ko‘payib 
bormoqda. Aksariyat hollarda ular kamsitish va “qo‘li kaltalik”dan 
aziyat chekadilar. Albatta, ularni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash borasidagi eng katta masʼuliyatli ish davlat zimmasiga 
yuklatiladi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan BMTning 
Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi 2009-yil 27-
fevralda imzolangan, biroq uni ratifikatsiya qilish masalasi hal 
etilmagan edi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 1-dekabrdagi 
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmonida ushbu masala ilgari surilib, imkoniyati 
cheklangan 
shaxslar 
huquqlarini 
xalqaro 
normalarga 
muvofiqlashtirish, alohida qonun qabul qilish lozimligi 
taʼkidlangan.
1
Qayd etish lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-
yil 22-fevral kungi BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-
sessiyasidagi nutqida imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z 
qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha mintaqaviy 
kengash tuzish taklifi bildirilgan va O‘zbekistonda alohida 
ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy 
eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlangan edi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling