Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
TADQIQOT MUHOKAMASI 
So‘nggi yillarda jamiyatning nogiron kishiga, ya’ni 
imkoniyati cheklangan shaxsga munosabati tubdan o‘zgara 
boshladi, ular jamiyatning teng huquqli va munosib a’zosi, deb tan 
olindi. Lekin bugungi kunda imkoniyati cheklangan shaxslarning
qo‘shimcha muammolari bor. Odatda oilada imkoniyati 
cheklangan bola tug‘ilishi bilan ota-ona tashvishga tushadi va 
moddiy, maishiy, moliyaviy muammolari ko‘payadi.
Ushbu 
vaziyatda 
ko‘pincha 
bola 
tengdoshlariga 
qo‘shilmaslik oqibatida o‘z qobig‘iga o‘ralib qolib ketadi. Masalan, 
bir oilada imkoniyati cheklangan bola tug‘ilsa, kamdan kam 
holatlarda ota-ona uni qo‘rqmasdan ta’lim tashkilotlariga qo‘sha 
oladi. Boshqa tarafini oladigan bo‘lsak, ota-ona ko‘pincha 
bolasining 
imkoniyati 
cheklanganidan 
uyaladi. 
Bunday 
vaziyatlarda ko‘pincha ota-onalar bolaga o‘zim ta’lim va tarbiya 
beraman deb ta’lim tashkilotlariga bermaydi va odamlarning 
ko‘ziga ko‘rsatmaydi, bola o‘zi bilan o‘zi qolib ketishi natijasida 
sezilarli darajada yomon oqibatlar kuzatiladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga imkoniyati cheklangan 
bola kelganida uni guruh muhitiga moslashtirish tarbiyachi uchun 
juda muhim va murakkab ish. Bunda tarbiyachi, albatta, psixolog 
bilan hamkorlikda bolaning aynan nimadan qiynalishi va nimalarga 
qiziqishini kuzatish orqali bilib olishi kerak. Bunda ota-ona 
hamkorligi ham tarbiyachi va psixolog hamkorligiga birlashgan 
holatda bo‘ladi.
Tarbiyachi ota-onalar bilan tez-tez uchrashuvlar uyushtirib, 
munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib tursa, imkoniyati 
cheklangan bolalar bilan ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har 
bir mashg‘ulot bola uchun ahamiyatli hisoblanadi. Bu esa ota-
onaga farzandining nimaga qodir ekanini anglashda yaqindan 
yordam beradi. Bolasining tengdoshlari qatoridan ajralib 
qolmayotganini, ta’lim olayotganini tushunib etadi. Bolasining o‘zi 
ko‘rmagan xususiyatlarini anglashida hamkorlik qay darajada 
muhim ekanligini his qiladi va farzandi oldida uning kelajagiga 
zamin yaratib berish mas’uliyati yanada oshadi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan 
o‘tkaziladigan har bir munozara bolalarning ijtimoiylashuviga, 
maktab bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda sog‘lom muhit 
yaratishga imkon beradi. Uchrashuvlar maktabgacha ta’lim 
tashkiloti uslubchisi, guruh tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari 
hamda ularning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilishi bola 
rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordamlashadi. 
L.S.Vigotskiyning fikricha, nuqsonli bolani tarbiyalash 
boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish va uning hayotga 
integratsiyasini ta’minlash, deb hisoblaydi va buning uchun 
shunday ta’lim tizimini yaratish kerakki, maxsus yordamga muhtoj 
bola o‘qish jarayonida har tomonlama rivojlansin. Ushbu fikrga 
ko‘ra imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalashda pedagoglar 
uchun keng targ‘ibot ishlarini olib borish, jumladan qabul qilingan 
qaror, farmoyishlarni o‘z o‘rnida ularga yetkazish va mutaxassislar 
bilan muntazam ravishda hamkorlik ishlarini amalga oshirishi 
lozim.
Yuqorida o‘rganganlarimiz asosida erta yoshdagi imkoniyati 
cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratish biz 
uchun katta yutuqlar beradi. Inklyuziv muhitning foydali taraflari 
shundaki, tarbiyachi, mutaxassis va ota-onalar birgalikda 
ishlashadi, shunda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim 
tizimini o‘z vaqtida bilib olish va tengdoshlaridan ajralib qolish 
muammosi bo‘lmaydi. Bola barcha o‘quv dasturlari va tadbirlarga 
kirish huquqiga ega bo‘ladi hamda o‘zi ham ishtirok etadi.
Qo‘llab-quvvatlash orqali bola tengdoshlari qatorida 
yutuqlarga erishadi, ijtimoiylashadi. Imkoniyati cheklangan bolalar 
bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligida guruhlarda
inklyuziv ta’lim muhitining yaratilishi juda katta foyda beradi. 
Imkoniyati cheklangan bola uchun inklyuziv ta’lim yana nimalar 
beradi:

Imkoniyati cheklangan bola o‘z imkoniyatini o‘zi uchun 
kashf etadi; 

Dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;

O‘qishga bo‘lgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi;

O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi; 

Sezilmagan imkoniyatlari ochiladi; 

Yotsirash, yakkalanish kabi jihatlari yo‘qoladi. 
Endi inklyuziv ta’lim muhitini maktabgacha ta’lim tashkiloti 
guruhlarida yaratish orqali sog‘lom bolalar zarar ko‘rmaydimi, 
degan savol tug‘ilishi mumkin. Biz bu savolga, albatta, yo‘q degan 
javobni qat’iy ayta olamiz.
Chunki inklyuziv ta’lim sog‘lom bolalar hayotiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Inklyuziv ta’lim orqali sog‘lom bolalar o‘zlariga 
o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his 
qiladilar, tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi, ularni qo‘llab-
quvvatlash, yordam berishga intilish, ya’ni insonparvarlik hissi 
tarbiyalanadi.
Bolalarda atrofdagi imkoniyati cheklangan bolalarga 
nisbatan pozitiv munosabat va hurmat tarbiyalanadi. Yordamga 
muhtoj insonlarga e’tiborsizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar va 
boshqalarning dardini o‘ziniki singari qabul qiladilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling