Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet170/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
94
olimlaridan: 
N.Аzizxodjaeva, 
U.Begimqulov, R.D 
Jo‘raev, 
F.Zakirova, Sh.Qurbonov, N.Muslimov, B.Ma’murov, Sh.Mardonov, 
Q.Olimovlar tomonidan olib borilgan.
6
Tadqiqotchi D.Ermakov kompetentlikni quyidagi qator 
belgilar bilan xarakterlanadigan yaxlit shaxsiy ta’lim berish 
imkoniyati sifatida baxolaydi:

bilimlar operativligi va mobilligi, har bir aniq vaziyatni uning 
turli jihatlarini hisobga olgan holda qo‘llash va birlashtirish 
qobiliyati; 

kommunikativlik qobiliyati, faoliyat doirasida boshqa 
shaxslar bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ya olishi; 

o‘zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyati
muayyan faoliyatga oid bo‘lgan yangi qirralarni o‘zlashtirishga 
intilish. 
Keltirilgan qobiliyat, sifat va fazilatlarning mavjudligi 
shaxsning pedagog sifatida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olish 
mezoni darajasida ekanligi ta’kidlanadi.
7
Jumladan, M.A.Choshanov “Komponentlik – bu nafaqat 
bilimlarga ega bo‘lish, balki ushbu bilimlarni muntazam rivojlantirib 
borish, aniq vaziyatlarda qo‘llay olishga intilish, ya’ni, operativ va 
mobil bilimlarga ega bo‘lish, tanqidiy fikrlash, qulay samarali qaror 
qabul qilish hamda yolg’onni rad etish qobiliyatiga ega bo‘lishdir, 
deb ta’kidlaydi
8

Masalan, E.A.Texanova bo‘lajak pedagogning kasbiy 
komponentligini tahlil qilar ekan uning bilimi, kasbiy va hayotiy 
tajribasi, qiziqishlaridan foydalangan holda kasbiy pedagogik 
faoliyatda uchraydigan real vaziyatlarda yuzaga keladigan 
muammolarni hal qila olish qobiliyatini ochib beradi.
9
N.Muslimov o‘z ilmiy izlanishlarida oliy ta’limni mazmunan 
modernizatsiyalashda asosiy vazifa sifatida ta’lim muassasalarida 
sog’lom ijodiy muhitni yaratish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilg’or 
innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish 
orqali o‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, talaba yoshlarning 
dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada qilish qobiliyatlarini 
rivojlantirishni nazarda tutadi.
10
B.Xodjaev esa ta’limni modernizatsiyalash – bu davlatning 
ta’lim sohasidagi siyosati asosini tashkil etib, ijtimoiy va umumxalq 
vazifasi sifatida u yaxlit ta’lim jarayonining barcha tarkibiy 
qismlariga o‘zgartirishlar, yangiliklar kiritilishidir. Modernizatsiya 
jarayoni davlat va jamiyat, ta’lim oluvchilar va tarbiyachilar, ota-
onalar hamda keng jamoatchilik qiziqishi va ehtiyojlarini hisobga 
olgan holda amalga oshiriladi, deb izohlaydi
11
.
P.Lutfullaev o‘zining ilmiy izlanishlarida xorijiy oliy ta’lim 
muassasalarida sifat va raqobatbardoshlilikni ta’minlash yo‘llari 
xususida to‘xtalar ekan, globallashuvni oliy ta’limda to‘xtovsiz 
o‘zgarish va rivojlanishning mahsuli sifatida ta’kidlaydi. 
Darhaqiqat, mazkur yondashuvlar o‘z mohiyati va ta’sir doirasiga 
ko‘ra oliy ta’lim tizimidagi akademik va tashkiliy strategiyalarni 
sifat menejmenti nuqtai nazaridan takomillashtirish, ta’limga 
kompetentli yondashuvni rivojlantirish, shuningdek kadrlar 
tayyorlash 
va 
malakasini 
oshirish 
tizimida 
sifat 
va 
raqobatbardoshlikni oshirishga, innovatsion menejmentni joriy 
etishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, kasbiy kompetentlik tushunchasi odatda 
muayyan faoliyat doirasida aniq muammolarni hal etish va 
vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
6 Азизходжаева Н.Н. “Педагогик технологиялар ва педагогик 
маҳорат”. - Т: 2003. -104 б.; Бегимкулов У.Ш. “Педагогик таълим 
жараёнларини ахборотлаштиришни ташкил этиш ва бошқариш 
назарияси ва амалиёти”. Пед. фан. док. ... дисс. -Т.: 2007. - 305 б.; 
Джўраев Р.Х. 
7 Ермаков Д. Компетентность в решении проблем. // Народное 
образование, №9/2005. -С. 89 
8 Маркова 
А.К. 
Психология 
профессионализма. 

М.: 
Международный гуманитарный фонд «Знание», 1996. -С.218. 
9
Дружилов 
С.А. 
Профессиональная 
компетентность 
и 
профессионализм педагога: психологический подход. // Сибирь. 
Философия. Образование. Научно-публицистический альманах: 
Со РАО, ИПК, Новокузнецк, 2005. -С.90. 
10 Муслимов Н.А. ва бошқалар. “Касб таълими ўқитувчиларининг 
касбий компетентлигини шакллантириш технологияси”. / 
Монография. – Т.: “Фан ва технология” нашриёти, 2013. 
11 4 Ходжаев Б. “Умумтаълим мактаби ўқувчиларида тадрижий 
тафаккурни ривожлантиришнинг модернизациялашган дидактик 
таъминоти”: Пед. фан. док. … дисс. – Т.: 2016. – 169 б 
malakalar, shuningdek zaruriy tayyorgarlik darajasini ifodalovchi 
ijtimoiy-kasbiy mavqeni xarakterlaydi
12
,- deb aytib o‘tadi. 
K.J.Risqulovaning fikriga ko‘ra, “Kompetensiya” u yoki bu 
kasb egasiga zarur bo‘lgan kasbiy qonuniyatlar, tamoyillar, 
talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek, 
shaxsiy deontologik me’yorlar yig’indisini anglatadi. Kompetentlik 
esa – shaxs amaliy faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, kompetensiya 
me’yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik 
asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir.
Kompetentlikning asosiy mezoni samarali faoliyat, 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bilan belgilanadi”.
13
Ilxamova I.N. ijtimoiy-madaniy kompetensiya xalqaro 
tilshunoslik, 
ijtimoiy-lingvistik 
va 
madaniyatshunoslik 
kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi, - deb hisoblaydi. Nazariy 
jihatidan, kompetentsiya – bu ma’lum bir sohada samarali ishlash 
uchun zarur bo‘lgan va o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo‘lgan 
shaxsning turli layoqatlari va xususiyatlarining yig’indisidir
14
, deb 
fikr bildirgan. 
I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning 
bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: Pedagogik mahorat 
deganda tarbiyachining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbi 
malaka va ko‘nikmalarini mukammal egallashi
15
, o‘z kasbiga 
qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi, hayotga axloqiy-estetik 
munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy 
irodasi tushuniladi”,- deb ta’kidlagan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling