Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet166/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

XULOSA VA TAKLIFLAR 
O‘yinlar texnologiyasida syujet - o‘yin faoliyatida asosiy 
komponent bo‘lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va 
personajlar munosabatini o‘z ichiga oladi. Syujetli-rolli o‘yinlar o‘z 
mazmun va mohiyatiga ko‘ra jamoa o‘yini bo‘lib hisoblansada, 
yakka holda o‘ynalmaydi, degan fikrni keltirib chig‘armasligi kerak. 
Syujetli-rolli 
o‘yinlar 
bolaning 
aqliy, 
ahloqiy, 
jismoniy 
rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va 
malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi. 
Bolalarni o‘yinlar orqali ijodiy fikrlash qobiliyatlarini 
shakllantirishda ularning o‘ynayotgan o‘yinchoqlari ham katta 
ahamiyat kasb etadi. Bu borada birinchi prezidentimiz jonkuyarlik 
bilan shunday degan edi:-“ ... har qaysi go‘dak ilk bor olamni o‘z 
atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan, o‘yinchoqlar orqali 
anglashini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning inson tarbiyasidagi 
o‘rni beqiyos ekani ayon bo‘ladi. O‘yinchoqlar obrazi bolaning 
murg‘ak tasavvuriga bamisoli toshga o‘yilgan naqshdek 
muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go‘dakning 
ulg‘ayib, kasb tanlashi, kelajakda 6 qanday yo‘ldan borishi, o‘zining 
hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech 
shubhasiz, uning bolalikda qanday o‘yinchoqlar bilan oshno bo‘lib 
o‘sgani bilan belgilanadi.” 4, 43-b.
Bu fikr bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan o‘yinchoqlarni 
ham tanlashga e’tiborni qaratishimiz lozimligini yana bir bor 
isbotlaydi. Xulosa: Demak, maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
tarbiyalanuvchilarida ijodiy fikrlash qibiliyatini shakllantirishda 
o‘yinli mashg‘ulotlarni tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi. 
Chunki o‘yin bolalarning kelajakdagi o‘quv va mehnat faoliyati
kishilarga, atrof tabiiy muhitga munosabatining qay darajada 
shakllanib borishini belgilaydigan eng asosiy texnologiya 
hisoblanadi. O‘yin faoliyati asosida bolaning bilish faoliyati 
rivojlanadi, u ijodiy, mustaqil fikrlashga o‘rganadi, qobiliyatlari 
shakllanadi va albatta uzluksiz ta’lim tizimidagi yaratilgan shart-
sharoitlar asosida o‘qib, o‘rganib, istiqbolda el-yurtga nafi 
tegadigan inson bo‘lib voyaga yetadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling