Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
ADABIYOTLAR TAHLILI Pedagogning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishni tadqiq qilish masalalari bir qator olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur mualliflar kasbiy faoliyatni layoqatlilik, ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda olib borganda tarbiyachining kasbiy – 1 N.B.Parmanova.The technology of the development of educators based on competent approach. Journal of innovations in pedagogy and psychology, 2020, special issue 2, pp. 346-350 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ- 4623-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27- fevraldagi PQ-4623-son 3 Suleymanova Ra'no Dusbekovna Kasbiy kompetentlikni shakllantirish https://azkurs.org/kasbiy-kompetentlikni-shakllantirish.html individual hodisa sifatidagi pedagogik madaniyatini tavsiflaydi, degan fikrni olg’a surganlar 3 . O‘z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning o‘z faoliyatini amalga oshirishiga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi 4 . Psixologik-pedagogik adabiyotlarda, ko‘pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida «kompetentlik» degan tushuncha keyingi paytlarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetensiyaviy yondashuv xorijiy adabiyotlarda o‘tgan asrning 60-yillarida shakllana boshlagan edi. G‘arb mamlakatlarida shakllangan an’anaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentligi, ta’lim tizimi esa – bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi. Xorijiy mamlakatlarda an’anaga muvofiq ishchining bilim va malakalarining o‘ziga xos xususiyati hisoblangan mutaxassislik (malakaviy) standartlari ishlab chiqiladi. Pedagogikada kompetentli yondashish mutlaqo yangi hodisa emas, balki uning irmoqlari uzluksiz rivojlanib boruvchi ta’lim jarayonlarida mavjud bo‘lib, ular bosqichma-bosqich shakllangan. «Mahorat», «malaka» va «salohiyat» masalalari, shu bilan birgalikda , bir qator faoliyatning birikuvi M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner, V.V.Krayevskiy, G.P.Shyedrovidskiy, V.V.Davidov va boshqa pedagogika sohasi olimlarining ilmiy asarlari asosini tashkil etgan. D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik – ishda kerak bo‘lgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yig’indisidir», deb ta’kidlaydilar. I.V.Grishina kasbiy kompetensiyaga shaxsning o‘z professional faoliyatini qanchalik darajada egallaganligi, deb baho beradi va quyidagicha ta’riflaydi: • “Faoliyatga bo‘lgan munosabat, unga zarurat va qiziqish, intilishlar, qadriyat faoliyatidan maqsad, o‘zining ijtimoiy o‘rnini tasavvur qilish; • shaxsiy o‘ziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqei, kasbiy bilim, mahorat va ko‘nikmalar, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish; • shu asosda o‘zining kasbiy jihatdan shakllanishi va o‘sishini boshqara bilish demakdir.” 5 Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayonlarini axborotlashtirish, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlar respublikamiz 4 I.T.Mamasaidov Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda metodik keyslarda foydalanishni o’rni Analytical Journal of Education and Development Special Issue | 2022 "Challenges and Solutions of Modern Linguistics" 5 Suleymanova Ra'no Dusbekovna Kasbiy kompetentlikni shakllantirish https://azkurs.org/kasbiy-kompetentlikni- shakllantirish.html Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling