Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10-3-PB (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy kompetentlik
- Individual kompetentlik
TADQIQOT METODOLOGIYASI Kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi , hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g’ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. A.K.Markova eng ko‘p tarbiyachi mehnatining kasbiy kompetentligi asoslarini qidirgan pedagog olim. A.K.Markova fikri bo‘yicha, tarbiyachi o‘z faoliyatini yetarlicha yuqori hamda talabalarni o‘qitish va tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirsa, tarbiyachining mehnati kompetentlikka aylanadi. Ushbu asoslar bilan birga tarbiyachining kasbiy kompetentligini to‘rtga bo‘lib o‘rganadi: maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik – bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib borishidir. Maxsus kasbiy kompetentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat. 16 Ijtimoiy kompetentlik – bu qo‘shimcha faoliyat olib borish, hamkorlikda bajarish yo‘llarini bilish; Shaxsiy kompetentlik – o‘zini rivojlantirish va ko‘rsatish yo‘llarini bilish (mutaxassis o‘zining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, ma’lumotlar bilan o‘z ustida ishlash). Individual kompetentlik – bu o‘zini boshqarish yo‘llarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga tarbiyachining bilimlari yangiliklar bilan boyigan bo‘lishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yuqori darajada bo‘lishi lozim. Kasbiy kompetensiya tuzilishi va mazmuni ikki asosiy tarkibiy qismdan iborat. 12 Лутфуллаев П. “Хорижий олий таълим муассасаларида сифат ва рақобатбардошликни таъминлаш йўллари”: Пед. фанл.бўйича фалсафа доктори(PhD) ... дисс. автореф. – Т.: 2018. – 22 б. 13 Рисқулова К. Ж. “Бўлажак инглиз тили ўқитувчилари социолингвистик компетентлигини шакллантириш тизими”. Пед.ф.д. (DSc) дисс. автор. — Тошкент: 2017. — Б. 14 14 Илхамова И. Н. “Нофилологик таълим йўналишидаги талабаларнинг ижтимоий-маданий компетентлиги контекстида нутқ кўникмаларини такомиллаштириш”. Пед.ф.д. (PhD) дисс. автор. -Тошкент: 2019. — Б. 10 15 A. Xoliqov pedagogik mahorat 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 21-oktyabridagi 396-sonli buyrug‘iga asosan 5140800 - “Pedagogika va psixologiya ta’lim yo^alishi^ning talabalari (o4quvchilari) uchun darslik sifatida tasdiqlangan. (Guvohnoma Jfe 396-19) Toshkent «Iqtisod-moliya» 2011 16 Suleymanova Ra'no Dusbekovna “Kasbiy kompetentlikni shakllantirish” https://azkurs.org/kasbiy-kompetentlikni- shakllantirish.html |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling