Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet200/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 
2-rasm. Bolalar matematik tasavvurini shakllantirishda 
matematik tushunchalarining tarkibiy elementlari (Ilk 
qadam davlat dasturi)
11
 
 
Mashqlar, albatta, uncha katta bo‘lmagan sonlardan 
boshlanadi 
va 
asta-sekin 
murakkablashtirib 
boriladi. 
Tarbiyalanuvchilarda keyinchalik ko‘rgazmali materiallarsiz 
sanash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
12
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhidagi 
tarbiyalanuvchilarda narsalarning kattaligi va shakli haqidagi 
tasavvurlarni tarkib toptirish bilan batafsil tanishamiz. 
Maktabga tayyorlov guruhida o‘quv yili boshida bolalarda 
buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligini aniqlash ko‘nikmasi 
mustahkamlanadi. Shundan keyin ular shartli o‘lchovlar 
yordamida buyumlarning uzunligi, kengligi va balandligini 
o‘lchash hamda taqqoslashga o‘rgatiladi. Bolalarga, avvalo, 
o‘lchashning ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish, o‘lchash 
usullarini ko‘rsatish, amal qilish lozim bo‘lgan qoidalarni aytish 
kerak. Mashg‘ulotlarni sochiluvchi jismlarning hajmlarini 
o‘lchashdan boshlash maqsadga muvofiq. Bunday mashg‘ulot 
jarayonlarining afzalligi shundan iboratki, sochiluvchi jismlarni 
o‘lchash 
jarayoni 
masofalarni 
o‘lchashga 
nisbatan 
qiziqarliroqdir. Bundan tashqari sochiluvchi jismlar hajmini 
o‘lchash suyuqlik hajmini o‘lchashga qaraganda kam 
mashaqqatlidir.
13
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhidagi 
tarbiyalanuvchilarda elementar matematik tasavvurlar va 
geometrik shakllar haqidagi tushunchalar ancha shakllangan va 
rivojlangan bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar maktabga borgunlariga 
qadar quyidagi geometrik shakllarni bilishlari kerak bo‘ladi: 
to‘g‘ri to‘rtburchak, doira, uchburchak, to‘rtburchak, shar, oval, 
kub, slindr, kvadrat. Tarbiyalanuvchilar yuqorida keltirilgan 
shakllarning fazoviy holati, qanday joylashishi, o‘lchamlaridan 
qat’iy nazar ko‘rib turgan narsa buyumlar orasidan shakllarni 
farqlay olishi kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlar jarayonida shu 
maqsadlarni ko‘zlagan holatda har xil qiziqarli o‘yinlar o‘rgatiladi 
va tushuntirib boriladi. Ular elementar matematik bilimlarga 
12 Kalendarova Z.K. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki 
matematik tasavvurlarni shakllantirish” // Pedagogika. – Toshkent, 
2019. -№3. 
13 Bikbaeva N.U., Ibragimova.Z.I., Qosimova X.I. maktabgacha tarbiya 
yoshidagi 
bolalarda 
elementar 
matematik 
tasavvurlarni 
shakllantirish. – t.: oʼqituvchi, 1995 y 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling