Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


 
www.herald.uz
 
28
ko‘maklashadi hamda AEBlar katta bo‘lgani sari nuqsonlarini 
unutib, bor imkoniyatlaridan foydalanadi va rivojlanishga intiladi. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
Yuqorida keltirilgan dalillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston 
ta’lim tizimining pedagogik amaliyotiga inklyuziv ta’limning joriy 
etilishi uning dolzarbligiga shubha tug‘dirmaydi hamda 
insonparvarlashtirish va demokratlashtirishning xalqaro 
g‘oyalariga mos keladi. Shu munosabat bilan “Maktabgacha 
yoshdagi bolalar inklyuziv ta’limini takomillashtirish” ilmiy 
tadqiqot mavzusi dolzarb hisoblanadi. 
Ushbu ta’lim tizimi borasida bir qator olimlar ilmiy 
izlanishlar olib borganlar. Jumladan, Psixolog L.S.Vigotskiy 
imkoniyati cheklangan bola normal rivojlanayotgan bolalar 
davrasidan chiqarilmaydigan ta’lim tizimini yaratish zarurligini 
ta’kidlagan edi. Uning fikricha, maxsus maktab o‘zining barcha 
afzalliklaridan qat’i nazar, asosan bir kamchilik bilan ajralib 
turadiki, u o‘z tarbiyalanuvchisi - ko‘r, kar yoki aqli zaif bolani tor 
jamoaga kiritadi, hamma narsa bolaning nuqsoniga 
moslashtirilgan, uning e’tiborini o‘z nuqsoniga qaratadigan va 
uni haqiqiy hayotga kiritmaydigan berk dunyoni yaratadi.
Qisqa qilib aytganda, maxsus maktab bolani alohida 
ajratilgan olamdan chiqarish o‘rniga, unda o‘z qobig‘iga yanada 
kuchliroq o‘ralishga eltuvchi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Shu 
tufayli ham L.S.Vigotskiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani 
tarbiyalashning asosiy vazifalari uni hayotga olib kirish va uning 
nuqsoni o‘rnini boshqa biron-bir yo‘l bilan to‘ldirishdan iborat, 
deb hisoblagan. Shunday qilib, L.S.Vigotskiy birlashtirilgan ta’lim 
g‘oyasini birinchilardan bo‘lib asoslagan. Keyinchalik uning 
g‘oyasi G‘arbiy Yevropa va AQSh maktablarining ish amaliyotida 
ro‘yobga chiqarildi.
4
Lin Ang, Lasse Lipponen va Sirene Lim May Yin 
tomonidan so‘nggi o‘n yil ichida rivojlangan Singapurning erta 
bolalik davridagi g‘amxo‘rlik va ta’lim muhitini tanqidiy aks 
ettirib, ta’limni inklyuzivlik yani ijtimoiy tenglik yo‘li sifatida 
tasavvur qilish va chinakam inklyuziv jamiyat qurish, yosh 
bolalar hamda oilalarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun 
siyosat va amaliyotda erta bolalikning rolini yanada rivojlantirish 
uchun tanqidiy tahlillar olib borilgan.
5
W. Catherine Cheung, 
Michaelene M. Ostrosky, 
Paddy C. Favazza, 
Melissa Stalega, 
Hsiu-Wen Yanglar
maktabgacha yoshdagi nuqsonli bolalarning yirik va mayda 
motorika ko‘nikmalarini o‘rganish va bolalarning sog‘lom 
rivojlanayotgan tengdoshlari bilan jismoniy mashg‘ulotlarda 
qatnashish imkoniyatlarini qanday tashkil etish va yaratish 
ko‘nikmalarini maktabgacha ta’lim mutaxassislariga samarali 
usullar yordamida amalga oshirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan.
6
Francis R. Ackah-Jnr, Hyacinth Udah kabi Avstraliya 
olimlari esa inklyuziyani bolalar ta’limiga qancha erta olib kirilsa, 
buning samarasi yuqori bo‘lishi hamda pedagoglarning inklyuziv 
kompetentligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib 
brogan.
7
Italiya olimlari Dario Ianes, Heidrun Demo, Silvia 
Dell’Anna 
tomonidan 
nogironlikning 
individual-tibbiy 
modelining maktab amaliyotiga doimiy ta’siri, imkoniyati 
cheklangan bolalarni sog‘lom bolalarga qo‘shish uchun 
imkoniyatlar va qo‘shimcha resurslarni qo‘llab-quvvatlash kabi 
masalalar atroflicha o‘rganilgan.
8
V. D. Eremeyeva va T. P. Xrizmanlarning fikriga ko‘ra, 
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda, 
ularning psixik funksiyalari faol rivojlanishda davom 
4
http://www.hozir.org/1-ijtimoiy-pedagogika-uning-predmeti-va-vaz-
ifalari-ijtimoiy-pe.html?page=76
5 Sage journals. November 23, 2020. Critical reflections of early 
childhood care and education in Singapore to build an inclusive 
society Lynn Ang, Lasse Lipponen, Sirene Lim May Yin 
https://doi.org/10.1177/1478210320971103
 
6 Early Childhood Education Journal https://doi.org/10.1007/s10643-
021-01295-x  
7 “Implementing Inclusive Education In Early Childhood Settings: The 
Interplay and Impact of Exclusion, Teacher Qualities, and 
Professional Development in Ghana/Journal of Educational 
Research & Practice 2021, 2021.11.1.08 
etayotganligini hisobga olib, individual tarzda va kichik 
guruhlarga bo‘lib interfaol o‘yin metodlaridan foydalanish 
tavsiya qilinadi. Chunki o‘yin, o‘yinchoqlar, ertak va ijodiy 
faoliyatning boshqa turlari bolalardagi individuallikni juda faol 
rivojlantiradi. Bu yoshdagi bolalarni o‘qitishda sinf-dars 
shaklidan emas, balki interaktiv o‘yin metodlaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
9
O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim mavzusiga katta eʼtibor 
qaratgan, nogironligi bo‘lgan va АEBlarni umumtaʼlim – inklyuziv 
taʼlim jarayoniga kiritish uslublarini tatbiq etgan, “Inklyuziv va 
maxsus taʼlim” uslubiy qo‘llanmasi va inklyuziv taʼlim 
konsepsiyasi muallifi p.f.n. professor R. Sh. Shomaxmudova 
ilmiy tadqiqotlarida xorijiy tajribalarga tayangan holda 
integratsiya va inklyuziv taʼlim strategiyasini jahon miqyosida 
nazariy va amaliy qo‘llab-quvvatlanishini ochib bergan.
10
N. Sh. Abdullayevaning maktabgacha ta’limni kreativ 
yondashuv 
asosida 
takomillashtirishga 
bag‘ishlangan 
dissertatsiyasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun 
o‘quv dasturlarida bolalarning yoshi, psixologik va intellektual 
jihatlarini inobatga olish, ta’limni individuallashtirish va 
differensiyalashga asoslangan texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya 
jarayonida yetarli darajada foydalanish, bolalarning ijodiy 
qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishga 
qaratilgan metodik ta’minotni ishlab chiqish va amalda joriy 
etish zaruriyatini asoslab berdi.
11
G. M. Nazirova “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lgan yoshga doir jihatlari va ehtiyojlarini 
hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, bu 
yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati – o‘yin. To‘g‘ri tashkil 
etilgan o‘yinda esa bolaning jismoniy, aqliy va shaxsiy 
sifatlarining rivojlanishi, o‘quv faoliyatiga tayyorlik shakllanishi 
va maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy muvaffaqiyatini 
ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi”
12
, - deya fikr bildirgan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling