Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

 
 


 
www.herald.uz
 
27
ISSN: 2181-1695 
OAK: 01-08/1819/6 
www.herald.uz
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR INKLYUZIV TA’LIMINI 
TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI 
Absamatova Iroda
 
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi 
 
MAQOLA HAQIDA 
ANNOTATSIYA 
 
Qabul qilindi:  23-may, 2022-yil
Tasdiqlandi:  26-may, 2022-yil 
Jurnal soni:  3 
Maqola raqami: 4
DOI: https://doi.org/10.54613/001204 
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari inklyuziv ta’limini rivojlantirish bo‘yicha jahon 
tajribalari: texnologiyalar, metodlar, ilmiy adabiyotlar o‘rganilgan. Shuningdek, alohida 
ta’limga muhtoj maktabgacha yoshdagi bolalarning zaruriy ehtiyojlarini qondirish masalalari 
ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi inklyuzivligini bosqichma-bosqich 
takomillashtirishda ota-onalar, mutaxassislarning uzviy hamkorligini ta’minlash hamda 
pedagoglarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha xorijiy tajribalar va yurtimizdagi 
mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda zarur tavsiyalar berilgan. Olib borilgan 
tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, ilmiy tahlillar, amaliy tavsiyalar va umumlashgan xulosalar 
bayon etilgan. 
KALIT SO‘ZLAR
 
inklyuziv ta’lim, individual yondashuv, 
kognitiv rivojlanish, integratsiya, kasbiy 
rivojlanish, deinstitutizatsiyalash, ta’lim 
siyosati, alohida ehtiyoj, segregatsiya, 
huquqiy tenglik.
 
 
 
 
 
KIRISH
Har bir davlatning istiqboli ta’lim darajasi va sifati bilan 
belgilanadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida bolalarni ilk 
yoshdanoq sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish va ularni 
jamiyatga ijtimoiylashtirish 
masalalariga katta 
e’tibor 
qaratilmoqda.
Bugungi 
kunda 
maktabgacha 
ta’lim 
tizimiga 
inkyuziyaning kirib kelishi ta’lim jarayonidagi tub o‘zgarishlarga 
sabab bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shubhasiz, Alohida 
ehtiyojli bola (AEB)larga ta’lim-tarbiya berish muammosi 
zamonaviy o‘zbek jamiyatidagi eng dolzarb masalalardan biridir. 
Ularning barcha tengdoshlari bilan bir qatorda umumiy 
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya olishiga davlatimiz 
tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. 
Inklyuziya tushunchasi zamonaviy ta’lim tizimiga Madlen 
Uillning ta’lim siyosatidagi ishlari asosida kiritilgan.
1
Inklyuziv 
ta’lim tajribasini qo‘llagan dastlabki rivojlangan davlatlardan biri 
Italiyadir. Italiyada inklyuziv ta’lim siyosati 1970-yillardan buyon 
qo‘llaniladi. Shu kunga qadar nogiron va boshqa maxsus ta’limga 
ehtiyoji bo‘lgan bolalarni individuallashtirish va shaxsiylashtirish 
huquqini kafolatlaydigan qonunchilik amalda bo‘lib kelmoqda.
2
Shu jumladan, dunyo miqyosidagi yetakchi davlatlarda ham 
inklyuziya o‘z samarasini bermoqda.
O‘zbekistonda ham jismoniy va ruhiy rivojlanishida 
imkoniyati cheklangan bolalarning teng huquqli sharoitda 
yashashi, barcha tengdoshlari qatori ijtimoiy jamiyatda faoliyat 
yuritishi, o‘zlarining imkoniyat va qobiliyatini rivojlantirishlariga 
ko‘maklashish maqsadida xalqaro miqyosda keng targ‘ibot va 
tashviqot ishlari amaliyotga joriy qilinib, inklyuziv taʼlim siyosati 
bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning daslabki 
yillarida (1992-yil 9-dekabr) BMTning «Bolalar huquqlari 
to‘g‘risidagi Konvensiya»si ratifikatsiya qilinib, O‘zbekiston 
Konstitutsiyasida alohida o‘rin egallashi inklyuziyaga qo‘yilgan 
ilk qadamlardan biri bo‘ldi. Shundan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi, 
Respublika ta’lim markazi va UNESCO xalqaro tashkiloti bilan 
hamkorlikda rivojlanishda turli nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan 
ishlash borasida islohotlar amalga oshirila boshlandi. 2007-
yilda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul 
qilindi. Bu muhim hujjat ijtimoiy himoyaga muhtoj va alohida 
ehtiyojli bolalarning huquqlarini kafolatlashda qonuniy 
asoslardan biri bo‘ldi. 2009-yilda esa hukumatimiz “Nogironligi 
bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani imzoladi. 
Shu asosda ularning mehnat qilish, sog‘ligini saqlash, ta’lim olish 
1
“Maxsus va inklyuziv ta’lim” R. Sh. Shomahmudova, 2018-yil 52-bet 
2 Inclusive education in Italy: Historical steps, positive developments, 
and challenges. Dario Ianes ,Heidrun demo, Silvia Dell'Anna 
va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish huquqlari 
ta’minlandi.
Taʼlim sohasida olib borilayotgan katta islohotlarning 
amaliy qadamlaridan yana biri Prezidentimiz tomonidan 
Maktabgacha 
ta’lim 
vazirligining 
tashkil 
etilganligidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 
yangi taʼlim vazirligining asosiy vazifalari orasida O‘zbekistonda 
o‘zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 
tashkilot (MTT)lari tarmog‘ini yaratish hisobiga bolalarning 
maktabgacha taʼlim bilan to‘liq qamrab olinishini bosqichma-
bosqich taʼminlash hamda bolalarni tarbiyalashning muqobil 
shakllarini amaliyotga tatbiq qilishga e’tibor qaratildi. Shu bilan 
bir qatorda, maktabgacha yoshdagi AEBlarning ta’lim-tarbiya 
olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi quyidagi 
qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi:
2018-yil 
30-sentabrdagi 
“Maktabgacha 
ta’limni 
boshqarish 
tizimini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori; 
2019-yil 
8-maydagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori; 
2019-yil 
13-maydagi 
MTT 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq 
Qo‘shma turdagi MTTlarida uch yoshdan katta bolalarga 
mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar tashkil qilindi va ularga 
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning 
toifasiga qarab kiritilishi tasdiqlandi.
Quyidagi statistik ma’lumotlar ham masalaning nechog‘lik 
dolzarbligini ifodalaydi: 2020-yil holatiga ko‘ra, mamlakatimiz 
bo‘yicha rasmiy tarzda 101 ming nafar 16 yoshgacha bo‘lgan 
imkoniyati cheklangan bolalar ro‘yxatga olingan. 101 ming 
imkoniyati cheklangan bolaning 80 ming nafari bemalol 
maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki maktabga bora oladi. 
Taʼkidlash lozimki, nogironligi boʻlgan bolalarning aksariyat 
qismi, yaʼni 65 ming 869 nafari oʻz oilasida ota va onalar 
qaramogʻida parvarishlanmoqda.
3
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining inklyuziv ta’limini 
takomillashtirish o‘quv jarayoni davomida bolalarga g‘amxo‘rlik 
qilish, shuningdek, bilimlar, muhim hayotiy ko‘nikmalar, 
jumladan bolalarning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlarini 
rivojlantirish, ularning rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatishni 
ta’minlaydi. Erta yoshdan inklyuziyani ta’lim tashkilotlarida 
qo‘llash bolalarda mehr-oqibat hissini shakllantirishga 
Prospects (2020) 49:249–263 https://doi.org/10.1007/s11125-020-
09509-7
3 Ulugʻbek Vafoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP 
fraksiyasi aʼzosi https://inlnk.ru/oeKV6g

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling