Qo‘qon universiteti xabarnomasi kokand university herald s on maxsus maqolalar volume special issues


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/207
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1701755
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   207
Bog'liq
10-3-PB (1)

O‘quv seminarlari tashkil etish. Tadqiqot davomida 
pedagoglardan eng ko‘p bildirilgan javob ayni o‘quv seminarlari 
orqali ularni tadqiqot mavzusi doirasidagi yangi bilimlar 
o‘rgatilishini nazarda tutishgan. Shu o‘rinda o‘quv seminrlari 
bilan birga ish jarayonidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini, 
har bir pedagog o‘zining o‘zlashtirgan bilimlarini hamkasblari 
bilan birga muhokama qilishi, o‘quv seminarlaridan so‘ng 
pedagog o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil tarzda loyiha 
shaklida tayyorlay olishi va uni hamkasblari bilan fikr almashgan 
holda ko‘rib chiqishi Seminarlarni natijasi samaraliroq bo‘lishiga 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Yangi o‘quv qo‘llanmalar yaratish, chop etish va 
tarqatish. Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lgan navbatdagi 
xulosa STEAM texnologiyasini pedagoglarga tanishtirishda 
zarur bo‘lgan materiallar (kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, tarqatmali 
materiallar, video va audio shaklidagi elektron resurslar) ining 
yetishmasligi bo‘lgan. Muammoga yechim sifatida ushbu 
texnologiyani dastlab xorij tajribasida bo‘lgan resurslarini 
o‘rganib chiqish, natijalarini o‘rganish ososida ularni milliy ta’lim 
tizimimizda qo‘llash yo‘riqnomasini ishlab chiqish. Tadqiqotning 
keying natijasi esa STEAM texnologiyasining bolalarga o‘rgatish 
bo‘yicha qulay bo‘lgan elektron programa shaklidagi 
materiallarini o‘zbek tilida yetishmasligi bo‘lgan . Muamoni 
yechim sifatida STEAM texnologiyasi asosida bolalarni aqliy va 
jismoniy rivojlanishiga qaratilgan elektron o‘yinlar, elektron 
mashg‘ulotlar elektron platformalar bazasini yaratishda 
kadrlarni rag‘batlantirish kerakligini aniqlangan .
Xorij tajribasini kuzatish va o‘rganish. STEAM Amerika 
ta’lim tizimida yaratilgan texnologiya hisoblanadi va bugungi 
kunda dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida shu texnologiya 
asosida ta’lim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bizni Maktabgacha ta’lim 
tizimimizda STEAMni qo‘llashda ta’limda yuqori ko‘rsatkichlarga 
erishayotgan davlatlar: Amerika, Angliya, Fransiya, Yaponiya, 
Finlandiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, 
Isroil davlatlari ta’lim tizimlarini chuquroq o‘rganish, ularni dars 
va mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etuvchi davlat dasturlarini 
ko‘rib chiqish va biz uchun yangilik bo‘lgan metodlarni 
o‘zlashtirish maqsadga muofiq hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling